{"id":5030,"date":"2021-10-21T14:01:48","date_gmt":"2021-10-21T11:01:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5030"},"modified":"2021-10-21T14:01:50","modified_gmt":"2021-10-21T11:01:50","slug":"avstraliya-zoogeografik-oblasti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avstraliya-zoogeografik-oblasti\/","title":{"rendered":"AVSTRALIYA ZOOGEOGRAFIK OBLASTI"},"content":{"rendered":"\n<p>AVSTRALIYA ZOOGEOGRAFIK OBLASTI \u2014 quruklikdagi zoogeografik oblastlardan biri. Avstraliya zoogeografik oblasti Avstraliya qit&#8217;asi, Tasmaniya, Timor, yangi Gvineya, Bismark va Solomon arxipelaglari hamda boshqa birqancha orollarni o&#8217;z ichiga oladi. Avstraliya bilan yangi Gvineya qadimdan qo&#8217;shni qitalardan ajralib qolganligi, ayrim orollar esa hech qachon qit&#8217;alar bilan qo&#8217;shilmaganligi sababli bu oblast faunasi birinchidan, uncha boy emas, ikkinchidan, juda ko&#8217;p endemik va qadimgi turlarga ega. Avstraliya zoogeografik oblastida odamlar olib kelib, keyin yovvoyilashib ketgan Dingo iti, cho&#8217;chqa va quyonlarni istisno qilganda yuksak sut emizuvchilar (yo&#8217;ldoshlilar) faqat ba&#8217;zi bir kemiruvchilar va qo&#8217;lqanotlilardan iborat. Qo&#8217;lqanotlilar uzoqqa ucha olishi tufayli, kemiruvchilar esa shox-shabbalar bilan birga dengiz orqali oqib kelib qolgan bo&#8217;lishi mumkin. Avstraliya zoogeografik oblasti orol holati tufayli uning faunasi tarkibida bir teshiklilar (tuxumqo&#8217;yuvchilar) kabi relikt hayvonlar guruhi saqlanib qolgan. Bir teshiklilardan o&#8217;rdakburun, exidna va proexidna endemik turlar hisoblanadi. Bu yerda faqat xaltalilar faunasi xilma-xil bo&#8217;lib, 162 to&#8217;rni o&#8217;z ichiga oladi. Xaltalilarning turlari boshqa zoogeografik oblastlardagi sut emizuvchilarning turli biologik tiplariga mos keladi. Masalan, xaltali bo&#8217;ri va xaltali suvsar yirtqichlarga, xaltali chumolixo&#8217;r va xaltali krot hasharotxo&#8217;rlarga, xaltali olmaxon va koala olmaxon tipidagi kemiruvchilarga, kenguru esa tuyoklilarga yaqin turadi. Avstraliya zoogeografik oblastida 660 tur qushlardan 450 dan ortiqrog&#8217;i endemik hisoblanadi. Bu oblastda Avstraliya tuyaqushlaridan kazuarlarning 3 turi va emu (bir tur), liradumlilar (2 turi), jannat qushlarining 100 dan ortiq turi tarqalgan. Avstraliya zoogeografik oblasti faunasida ayniqsa to&#8217;tiqushlar xilma-xil bo&#8217;ladi, ular orasida nakadu, rozema, to&#8217;lqinsimon patli to&#8217;tilar ko&#8217;pchilikka ma&#8217;lum. Asalxo&#8217;rlar Avstraliya zoogeografik oblasti uchun xarakterli bo&#8217;lib, 200 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvchilar faunasi 400 turga yaqin bo&#8217;lib, ular asosan kaltakesaklar (240 tur), ilonlar (140 tur), toshbaqalar (10 tur) va timsoxlardan (3 tur) iborat. Sudralib yuruvchilardan yo&#8217;g&#8217;ondumli gekkonlar, plashchli kaltakesak, baliqlardan ikki xil nafas oluvchi tseratod Avstraliya zoogeografik oblasti uchun xosdir. Suvda ham, quruklikda ham yashovchilar orasida dumlilar umuman uchramaydi, dumsizlar esa 60 dan ortiqroq to&#8217;rni o&#8217;z ichiga oladi. Umurtqasiz hayvonlardan eng yirik yomgir chuvalchanglari \u2014 skolesidlar (3,5 metrgacha), bichikchi chumolilar, asalxo&#8217;r chumolilar, termitlar ko&#8217;proq uchraydi. Ad.: Voronov A. T., Biogeografiya s osnovami ekologii, M., 1984; Kobishev A. M., Kubantsev B. S, Geografiya jivotnix s osnovami zoologii, M., 1988.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AVSTRALIYA ZOOGEOGRAFIK OBLASTI \u2014 quruklikdagi zoogeografik oblastlardan biri. Avstraliya zoogeografik oblasti Avstraliya qit&#8217;asi, Tasmaniya, Timor, yangi Gvineya, Bismark va Solomon arxipelaglari hamda boshqa birqancha orollarni o&#8217;z ichiga oladi. Avstraliya bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avstraliya-zoogeografik-oblasti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5030","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5030","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5030"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5030\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5031,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5030\/revisions\/5031"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5030"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5030"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5030"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}