{"id":5201,"date":"2021-10-22T11:30:21","date_gmt":"2021-10-22T08:30:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5201"},"modified":"2021-10-22T11:30:22","modified_gmt":"2021-10-22T08:30:22","slug":"avtomobil-sanoati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avtomobil-sanoati\/","title":{"rendered":"AVTOMOBIL SANOATI"},"content":{"rendered":"\n<p>AVTOMOBIL SANOATI &#8212; mashinasozlikning bir tarmog&#8217;i; avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar ishlab chiqaradi, shuningdek Motosikllar, motorollerlar, mopedlar, velosipedlar ishlab chiqarish korxonalari ham Avtomobil sanoati tarkibiga kiradi. Avtomobil sanoati 19-asr oxirida Frantsiya, Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniyada vujudga keldi. 20-asr davomida bu sanoat yuqoridagi mamlakatlardan tashqari. Yaponiya, Italiya, Rossiya, Kanada, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda ham rivoj topgan. Dunyoda har yili o&#8217;rta hisobda 46-53 million avtomobil ishlab chiqariladi, shulardan yuk avtomobillari 9-10 million, avtobuslar 1,4\u20141,7 million, kelganlari yengil avtomobillar. Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda AQShning &#171;Jeneral Motors&#187;(3,4), &#171;Ford&#187; (4,0), &#171;Kraysler&#187; (1,4) avtomobil monopoliyalari jahonda ishlab chiqarilgan jami yengil avtomobillarning 23,6%ni ishlab chiqaradi, Yaponiyaning &#171;Toyota&#187; (3,6), &#171;Xonda&#187; (1,9), &#171;Nissan&#187; (2,1) monopoliyalari, Germaniyaning &#171;Folksvagen&#187; (2,0), &#171;Opel&#187; (1,7), Frantsiyaning &#171;Reno&#187; (1,6), Italiyaning &#171;Fiat&#187; (1,9) kompaniyalari yengil avtomobillar ishlab chiqarishda yetakchilik qiladi. 20-asrning 80 yillaridan boshlab avtomobil kontsernlari avtomobil sotish bozorlarida kattaroq joy egallash, mahsulot tannarxini kamaytirish va sifatini yuqori darajaga ko&#8217;tarish maqsadida xalqaro kontsernlarga birlasha boshlashdi. Masalan, &#171;Ford&#187; kontserni o&#8217;ziga Yaponiyaning &#171;Mazda&#187;, Angliyaning &#171;Yaguar&#187;, Shvetsiyaning &#171;Volvo&#187; kontsernlarining yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan bo&#8217;limlarini kiritdi. &#171;Folksvagen&#187; Ispaniyaning &#171;Seat&#187;, Germaniyaning &#171;Audi&#187;, Chexiyaning &#171;Shkoda&#187; kontsernlari bilan birlashdi. Bu jarayon hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. O&#8217;zbekistonda Avtomobil sanoati 90-yillar boshidan paydo bo&#8217;ldi. 1992 yil O&#8217;zbekiston Respublikasida Janubiy Koreyaning &#171;DEU&#187; korporatsiyasi bilan Asaka shahrida yillik loyiha quvvati 200 ming dona yengil avtomobillar (&#171;Damas&#187;, &#171;Tiko&#187;, &#171;Neksiya&#187;) ishlab chiqaradigan &#171;O&#8217;zDEU-Avto&#187;, qo&#8217;shma korxonasi barpo etildi. Asaka avtomobil zavodida &#171;Damas&#187; mikroavtobuslarini seriyali ishlab chiqarish 1996 yil martdan yo&#8217;lga qo&#8217;yildi, 1996 yil 19 iyulda zavodining rasmiy ochilishi va xalqaro taqdimoti o&#8217;tkazildi. 1996-99 yillarda &#171;O&#8217;zDEUavto&#187; qo&#8217;shma korxonasida 200 mingdan ortiq avtomobil, 1999 yilda jami 60 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarildi (&#171;Neksiya&#187; \u2014 28259, &#171;Tiko&#187; \u2014 16380, &#171;Damas&#187; \u2014 13663 dona). Chet elga 14 mingdan ortiq avtomobil eksport qilindi. Shuningdek 1995 yil &#171;O&#8217;zavtosanoat&#187; uyushmasi va Turkiyaning &#171;Koch xolding&#187; kompaniyasi o&#8217;rtasida imzolangan shartnomaga ko&#8217;ra, Samarqand shahrida yillik loyiha quvvati 5 ming donadan ziyod avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqarishga mo&#8217;ljallangan, umumiy qiymati 65 million AQSh dollariga teng &#171;SamKochavto&#187; qo&#8217;shma korxonasini bunyod etildi. O&#8217;rta Osiyoda avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqaradigan mazkur yagona korxonani ishga tushirishga mo&#8217;ljallangan rasmiy taqdimot marosimi 1999 yil 16 martda bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Hozircha bu zavodda tayyorlanayotgan mashinalar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarning 25% O&#8217;zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida avtomobil qismlarini ishlab chiqarish tobora kengaytiriladi. Asaka avtomobil zavodida ham dastlabki butlovchi va ehtiyot qismlarning 15% mahalliy korxonalarda tayyorlangan bo&#8217;lsa, 1999 yilga kelib bu ko&#8217;rsatkich 55%ga yetdi. Respublika avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish maqsadida o&#8217;nlab qo&#8217;shma korxonalar tashkil etildi. Ular Janubiy koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar: &#171;O&#8217;zKoramKo&#187;, &#171;O&#8217;z-tong Xong&#187;, &#171;O&#8217;z-Dong Yang&#187;, &#171;O&#8217;z-don-Gju Peint Kompani&#187;, &#171;O&#8217;z-Sam Yang&#187; va boshqalar. 1998 yilda &#171;O&#8217;zavtosanoat&#187; uyushmasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkilotlariga a&#8217;zo etib qabul qilindi. Avtozavodlarning ko&#8217;plab dilerlari respublika ichida ham, undan tashqarida ham faol ishlamoqdalar. &#171;O&#8217;zavtotexxizmat&#187; aktsiyadorlik jamiyati va &#171;O&#8217;zbek-Lada&#187; shular jumlasidandir. Avtomobillarning yangi modellarini yaratish maqsadida katta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda. 2000 yil boshida sifatni standartlash bo&#8217;yicha xalqaro tashkilot (\u0406\u0455obmtning tashkiloti; 1946 yilda tuzilgan) &#171;O&#8217;zDEUavto&#187; kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga xalqaro sifat talablariga muvofiqlik sertifikatini berdi. Baxtiyor Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AVTOMOBIL SANOATI &#8212; mashinasozlikning bir tarmog&#8217;i; avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar ishlab chiqaradi, shuningdek Motosikllar, motorollerlar, mopedlar, velosipedlar ishlab chiqarish korxonalari ham Avtomobil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avtomobil-sanoati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5201","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5201","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5201"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5201\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5202,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5201\/revisions\/5202"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5201"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5201"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5201"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}