{"id":5203,"date":"2021-10-22T11:33:15","date_gmt":"2021-10-22T08:33:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5203"},"modified":"2021-10-22T11:33:16","modified_gmt":"2021-10-22T08:33:16","slug":"avtomobil-sporti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avtomobil-sporti\/","title":{"rendered":"AVTOMOBIL SPORTI"},"content":{"rendered":"\n<p>AVTOMOBIL SPORTI, avtomobil poygasi \u2014 sport avtomobillari va seriyali avtomobillarda o&#8217;tkaziladigan poyga, sport turi. Birinchi avtomobil poygasi 1894 yil 18 noyabrda Frantsiyada Parij Ruan-Parij yo&#8217;nalishi bo&#8217;yicha 1200 km masofada o&#8217;tkazilgan. Qoidaga muvofiq tezlik cheklangan (soatiga 12,5 kilometr) edi. Poyga aylanma shosselar, to&#8217;g&#8217;ri shosselar, avtodrom, Ippodrom, Velodrom, stadionlarda o&#8217;tkaziladi. Belgilangan masofada rekord qo&#8217;yish uchun maxsus poygalar ham o&#8217;tkaziladi. Poygada qatnashadigan avtomobillarning xalqaro tasnifi (asosiy mezon \u2014 avtomobil rusumi va dvigatelning ish hajmi) va texnika talablari vaqt-vaqti bilan o&#8217;zgarib turadi. Chet elda xahon chempionligi uchun aylanma shosselarda o&#8217;tkaziladigan avtomobil poygalari va Yevropa chempionligi uchun o&#8217;tkaziladigan avtoralli asosiy musobaqalar hisoblanadi. Xalqaro avtomobil federatsiyasi (1904 yil) tashkil etilgan. Jahon birinchiligi 1925 yildan o&#8217;tkazib kelinadi. 1965 yil noyabrda amerikalik poygachi Kreg Bridlav reaktiv dvigatelli avtomobilda soatiga 966, 554 kilometr tezlikda yo&#8217;l bosib mutlaq rekord qo&#8217;ydi. Avtomobil sporti bo&#8217;yicha sobiq Ittifoq birinchiligida Riga shahrida O&#8217;zbekiston jamoasi 1978 yilda birinchi marta qatnashdi. O&#8217;zbekiston sportchilaridan Murodjon Qayumov eng yaxshi natija ko&#8217;rsatdi. 1996 yil O&#8217;zbekistonda birinchi marta Pskent shahri yaqinidagi &#171;Ujniy&#187; avtopoligonda tezlik rekordi o&#8217;rnatildi. V. E. Aleksandrov 100 km masofada o&#8217;rtacha 118 kilometr\/soat tezlikka erishdi. 1997 yil shu joyda birinchi marta O&#8217;zbekiston chempionati o&#8217;tkazildi. O&#8217;zbekistonda Avtomobil sportining 264 ta sektsiyasi bo&#8217;lib, 22395 kishi sportning shu turi bilan shug&#8217;ullanadi. 116 947 kishi ommaviy sport razryadiga ega, 41 nafar sport ustaligiga nomzod, 10 nafar sport ustasi bor (1997). Karimjon Mahkamjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AVTOMOBIL SPORTI, avtomobil poygasi \u2014 sport avtomobillari va seriyali avtomobillarda o&#8217;tkaziladigan poyga, sport turi. Birinchi avtomobil poygasi 1894 yil 18 noyabrda Frantsiyada Parij Ruan-Parij yo&#8217;nalishi bo&#8217;yicha 1200 km masofada o&#8217;tkazilgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/avtomobil-sporti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5203","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5203","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5203"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5203\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5204,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5203\/revisions\/5204"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5203"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5203"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5203"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}