{"id":5402,"date":"2021-10-23T14:34:45","date_gmt":"2021-10-23T11:34:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5402"},"modified":"2021-10-23T14:34:47","modified_gmt":"2021-10-23T11:34:47","slug":"agroiqlimshunoslik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/agroiqlimshunoslik\/","title":{"rendered":"AGROIQLIMSHUNOSLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>AGROIQLIMSHUNOSLIK \u2013 qishloq xo\u2019jaligi meteorologiyasining iqlim sharoitlarini qishloq xo\u2019jaligi ob&#8217;yektlari va jarayonlari bilan bog&#8217;lanishda o&#8217;rganadigan sohasi. Tuproq unumdorligi, quruqlikdagi suv resurslari va o&#8217;simlik dunyosi ko&#8217;p jihatdan iqlimga bog&#8217;liq. Agroiqlimshunoslikning asosiy vazifalari: iqlimni qishloq xo\u2019jaligi ishlab chiqarishi omili sifatida o&#8217;rganish, iqlimni qishloq xo\u2019jaligi nuqtai nazaridan baholash, hududni agroiqlimiy rayonlashtirish, qishloq xo\u2019jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish maqsadlarida turli iqlim sharoitlarida agrotexnika tadbirlari o&#8217;tkazishni asoslash va boshqalar. Iqlimning o&#8217;simlik va hayvonot uchun zarur bo&#8217;lgan yorug&#8217;lik, issiqlik va namlik kabi birinchi darajali omillari \u2014 shamol, bulut, tuproq va atmosfera qurg&#8217;oqchiligi, to&#8217;zonlar kabi ikkinchi darajali omillar bilan birgalikda o&#8217;rganiladi. Asosiy iqlim omillarini ekinlarning o&#8217;sishi, rivoji, hosildorligiga ta&#8217;sirini o&#8217;rganish amaliy ahamiyatga ega. O&#8217;simlik va iqlim omillari o&#8217;rtasidagi miqdoriy bog&#8217;lanishlar agroiqlimiy ko&#8217;rsatkichlar (o&#8217;simlikning vegetatsiya davrida issiqlikka bo&#8217;lgan ehtiyojini ifodalovchi samarador harorat yig&#8217;indisi, mo&#8217;ljallangan hosilni yetishtirish uchun zarur nam miqdori va boshqalar) deb ataladi. Sug&#8217;oriladigan zonalar uchun qishloq xo\u2019jaligi o&#8217;simliklarining issiqlik, yog&#8217;ingarchilik, tuproq nam zaxirasi bilan ta&#8217;minlanganligi, ayrim hududlarning fizik-geografik xususiyatlarini e&#8217;tiborga olib sovuqsiz davr davomiyligi, qorasovuqlarning takrorlanishi va shu kabilarni hisoblash usullari ishlab chiqilgan. Agroiqlimshunoslik tadqiqotlari ekinlarning nav xususiyatlarini hisobga olgan holda iqlim jihatlaridan oqilona joylashtirishga imkon beradi. O&#8217;zbekistonda agroiqlimiy tadqiqotlar V. A. Bugaev nomidagi O&#8217;rta Osiyo Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutida olib boriladi. Agroiqlimshunoslik sohasidagi tadqiqotlar asosida Jahon agroiqlimiy atlasi (1972) nashr etilgan, O&#8217;zbekistonning agroiqlimiy rayonlashtirish xaritasi tuzilgan (1982). Ad.: Babushkin L. N., Agroklimaticheskoe rayonirovanie xlopkovoy zoni Sredney Azii, L., 1960; Chirkov Yu. I., Osnovi agrometeorologii, L., 1988. Fotih Mo&#8217;minov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AGROIQLIMSHUNOSLIK \u2013 qishloq xo\u2019jaligi meteorologiyasining iqlim sharoitlarini qishloq xo\u2019jaligi ob&#8217;yektlari va jarayonlari bilan bog&#8217;lanishda o&#8217;rganadigan sohasi. Tuproq unumdorligi, quruqlikdagi suv resurslari va o&#8217;simlik dunyosi ko&#8217;p jihatdan iqlimga bog&#8217;liq. Agroiqlimshunoslikning asosiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/agroiqlimshunoslik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5402","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5402","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5402"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5402\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5403,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5402\/revisions\/5403"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5402"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5402"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5402"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}