{"id":55408,"date":"2023-03-17T14:42:56","date_gmt":"2023-03-17T11:42:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55408"},"modified":"2023-03-17T14:42:57","modified_gmt":"2023-03-17T11:42:57","slug":"folkner-faulkner-uilyam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/folkner-faulkner-uilyam\/","title":{"rendered":"FOLKNER (FAULKNER) UILYAM"},"content":{"rendered":"\n<p>FOLKNER (FAULKNER) UILYAM (1897.25.9, Nyuolbani \u2014 1962.6.7, Oksford, Missisipi shtati) \u2014 amerikalik yozuvchi. 20-asr jahon adabiyoti klassiklaridan. 1-jahon urushi yillari (1914\u2014 18)da Kanada aviatsiyasida xizmat qilgan, lekin harbiy harakatlarda qatnashmagan. Missisipi universitetida o&#8217;qigan (1919). 1920 yil universitetni tashlab, Nyu-Yorkka ketgan. U yerdagi kitob do&#8217;konida sotuvchilik qilgan. Bir oz vaqtdan so&#8217;ng Oksfordga qaytib, un-tda pochtachi bo&#8217;lib ishlagan. 1925 yil Nyuorleanga kelgan. Shundan keyin Folknerning &#171;askar mukofoti&#187; (1926) va &#171;chivinlar&#187; (1927) romani chop etilgan, biroq, bu asarlar muvaffaqiyat qozonmagan. Folkner umidsizlanmay, &#171;Sartoris&#187; (1929) romanini yozgan. Asar voqealari Amerika Janubda joylashgan xayoliy Yoknapatora shahrida kechadi. Ushbu roman tanqidchilar e&#8217;tiborini tortgan bo&#8217;lishiga karamay, Folkner &#171;Shovqin va g&#8217;azab&#187; (1929) romanidan keyingina tan olingan. &#171;O&#8217;lim to&#8217;shagida&#187; (1930) romani 59 ta ichki monologdan iborat. &#171;Ibodatxona&#187; (1931) asari Gangster tomonidan zo&#8217;rlangan ayolning fohishaxonadan boshpana topishi haqida hikoya qiladi. Roman tez orada mashhur bo&#8217;lib ketgan. &#171;Avgust yog&#8217;dusi&#187; (1932) romanida irqchilik va puritanlik printsiplarining salbiy oqibatlari ochib tashlangan. &#171;Avessalom, Avessalom&#187; (1936) romanida Jan.da plantatorlarning &#171;yangi dinastiya&#187; sini yaratish uchun bo&#8217;lgan harakatlarning oqibatsizligi ko&#8217;rsatilgan. Folkner &#171;Qishloqcha&#187; (1940), &#171;Shahar&#187; (1957), &#171;Qo&#8217;rg&#8217;oncha&#187; trilogiyasi, &#171;bu, o&#8217;n uchlar&#187; (1931), &#171;Kel, Muso&#187; (1942) hikoya va novellalar to&#8217;plamlari muallifi. &#171;Tanlangan asarlar&#187; to&#8217;plami chop etilgach, Folkner asarlariga qiziqish birmuncha oshgan. 1962 yilda so&#8217;nggi romani \u2014 &#171;Olibqocharlar&#187;ni yoza boshlagan. Ammo asar tugallanmagan. Nobel mukofoti laureati (1949).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FOLKNER (FAULKNER) UILYAM (1897.25.9, Nyuolbani \u2014 1962.6.7, Oksford, Missisipi shtati) \u2014 amerikalik yozuvchi. 20-asr jahon adabiyoti klassiklaridan. 1-jahon urushi yillari (1914\u2014 18)da Kanada aviatsiyasida xizmat qilgan, lekin harbiy harakatlarda qatnashmagan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/folkner-faulkner-uilyam\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55408","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55408","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55408"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55408\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55414,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55408\/revisions\/55414"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55408"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55408"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55408"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}