{"id":55412,"date":"2023-03-17T14:46:04","date_gmt":"2023-03-17T11:46:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55412"},"modified":"2023-03-17T14:46:06","modified_gmt":"2023-03-17T11:46:06","slug":"foton-aktsiyadorlik-jamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/foton-aktsiyadorlik-jamiyati\/","title":{"rendered":"&#171;FOTON&#187; AKTSIYADORLIK JAMIYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;FOTON&#187; AKTSIYADORLIK JAMIYATI \u2014 radioelektronika sanoatining yirik korxonasi. &#171;O&#8217;zeltexsanoat&#187; uyushmasi tarkibiga kiradi. Toshkent shahrida joylashgan. Radioelektronika asbob-uskunalari va turli radioelektronika mahsulotlari ishlab chiqarishda qo&#8217;llaniladigan elektron texnika mahsulotlari, shu jumladan televizorlar, xotirali kassa apparatlari va boshqa xalq iste&#8217;moli tovarlari ishlab chiqaradi, ularning ishlanmalarini yaratadi, 1941 yilda Fryazino shahridan (Moskva viloyati) evakuatsiya qilingan &#171;radiolampa&#187; elektrovakuum asboblari zavodi negizida tashkil etilgan. Urush yillarida zavod mudofaa mahsulotlari ishlab chiqargan. 1966 yildan Toshkent elektron texnika zavodi deb nomlangan. 1976 yilda korxona va uning filiallari negizida &#171;Foton&#187; ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 1995 yildan ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati. Korxonada o&#8217;tgan asrning 50-80-yillarida mudofaa sanoati ahamiyatidagi qabul qilgich-kuchaytirgich lampalari, generator lampalari, gazotronlar, kenotronlar \u2014 yuqori voltli to&#8217;g&#8217;rilagichlar, qotishmalar texnologiyasi bo&#8217;yicha yarimo&#8217;tkazgichli priborlar, bipolyar texnologiyalar asosida qattiq jinsli integral mikrosxemalar (15 tipdan ko&#8217;proq) ishlab chiqarildi. 90-yillar boshidan korxonada ishlab chiqarish yo&#8217;nalishlari qayta tashkil qilindi. 1994 yilda Ukraina (&#171;Vesna&#187;) va 1997 yilda Yaponiya (Sony) firmalari bilan hamkorlikda oqqora va rangli televizorlar, 1995 yildan xotirali kassa apparatlarini ishlab chiqarish o&#8217;zlashtirildi. Mahsulotlari, ayniqsa, yarimo&#8217;tkazgichli priborlar &#171;FotonR&#187; savdo uyi orqali Rossiyaga eksport qilinadi. Umumiy ishlab chiqarish hajmida eksport hissasi 55%ni tashkil etadi (2003). Ma&#8217;ruf Saidumarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;FOTON&#187; AKTSIYADORLIK JAMIYATI \u2014 radioelektronika sanoatining yirik korxonasi. &#171;O&#8217;zeltexsanoat&#187; uyushmasi tarkibiga kiradi. Toshkent shahrida joylashgan. Radioelektronika asbob-uskunalari va turli radioelektronika mahsulotlari ishlab chiqarishda qo&#8217;llaniladigan elektron texnika mahsulotlari, shu jumladan televizorlar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/foton-aktsiyadorlik-jamiyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55412","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55412","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55412"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55412\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55425,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55412\/revisions\/55425"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55412"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55412"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55412"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}