{"id":55461,"date":"2023-03-17T15:13:32","date_gmt":"2023-03-17T12:13:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55461"},"modified":"2023-03-17T15:13:33","modified_gmt":"2023-03-17T12:13:33","slug":"frans-france-anatol","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/frans-france-anatol\/","title":{"rendered":"FRANS (FRANCE) ANATOL"},"content":{"rendered":"\n<p>FRANS (FRANCE) ANATOL (taxallusi; asl ism-sharifi Anatol Fransua Tibo) (1844.16.4, Parij \u2014 1924.12.10, Sansirsyurluar) \u2014 frantsuz yozuvchisi. Frantsiya akademiyasi a&#8217;zosi (1896). Adabiy faoliyati bibliografik kataloglarga bitiklar, entsiklopediyalarga maqola va taqrizlar yozish bilan boshlangan. 60-yillarda &#171;Parnas&#187; adabiy guruhi bilan yaqinlashgan va bu hol uning ilk kitobi \u2014 &#171;A. de Vini&#187; (1868) da, shuningdek, &#171;Oltin dostonlar&#187; (1873) to&#8217;plami va &#171;Korinf to&#8217;yi&#187; (1876) dramatik dostonida o&#8217;z aksini topgan. Shundan keyin Frans she&#8217;riyatdan uzoklashib, 1879 yilda Ch. Darvin va I.Ten singari tabiiy fan namoyandalari ta&#8217;sirida &#171;Iokasta&#187; va &#171;Qiltiriq mushuk&#187; qissalarini yozgan. Osori atiqalar shaydosi \u2014 keksa filolog olimning kundaligi tarzida yozilgan &#171;Silvester Bonnarning jinoyati&#187; (1881) romani Fransga shon-shuhrat keltirgan. Yozuvchi &#171;Tais&#187; (1890) romanida falsafiy va axloqiy qarashlarini ifodalash uchun ilk xristianlik davriga murojaat etgan. Frans 90-yillarda yaratgan bir necha romanlari (&#171;salamandra&#187; 1892; &#171;Janob Jerom Kuanyarning mulohazalari&#187;, 1893 va boshqalar)da donishmand va daydi abbat Kuanyar hamda boshqa qahramonlar obrazi orqali nafaqat 18-asrdagi Frantsiya qirolligi, balki 3 respublikadagi voqelikka ham o&#8217;z munosabatini ifodalagan. Fransning Kuanyarga bag&#8217;ishlangan barcha asarlari falsafiy roman janrida yozilgan bo&#8217;lib, ularda syujet va voqea emas, balki falsafiy mushohadalar katta mavqega ega. Fransning &#171;Qizil gul&#187; (1894) romanida hissiyotga asoslangan muhabbatning mo&#8217;rt bulishi haqidagi fikr badiiy mujassamlangan. 80-90-yillarda Fransning &#171;Valtasar&#187; (1889), &#171;Sadaf quticha&#187; (1892), &#171;Avliyo Klaraning qudug&#8217;i&#187; (1895), &#171;Klio&#187; (1900) kabi kichik hikoya to&#8217;plamlari nashr etilgan. Frans 20-asr boshlarida sotsialistlarga yaqinlashib, 1905 yil rus inqilobini yaxshi qarshi olgan. Hatto rus xalqi va Rossiyaga qo&#8217;shib olingan xalqlar do&#8217;stligi jamiyatini tuzib, unga raislik qilgan (1905 yil Fevral). 1905-07 yil rus inqilobining mag&#8217;lubiyatga uchrashi esa uning ruhiyati va dunyoqarashiga katta ta&#8217;sir qilgan. U hatto tarixda olg&#8217;a harakat yo&#8217;q, tarix bosib o&#8217;tilgan yo&#8217;lning takrorlanishidan iborat, shuning uchui insoniyat tarixiy taraqqiyotning bir nuqtasida depsinib turadi, degan xulosaga kelgan. Fransning &#171;Pingvinlar oroli&#187; (1908), &#171;xudolar xohishi&#187; (1912), &#171;farishtalar isyoni&#187; (1914) romanlaridagi satirik ruh qisman yozuvchi dunyoqarashidagi ana shu pessimistik holat bilan izohlanadi. Frans umrining so&#8217;nggi yillarida bolalik va o&#8217;smirlik yillariga bag\u2019ishlangan &#171;Kichkina Pyotr&#187; (1919), &#171;gulga burkangan hayot&#187; (1922) singari xotiralari bilan birga falsafiy mazmun bilan yo&#8217;g&#8217;rilgan &#171;Gul tagidagi suhbatlar&#187; (1917) asarini yozgan. 2 jildli &#171;Janna D&#8217; Ark hayoti&#187; (1908) tarixiy tadqiqoti, &#171;Sokov qizga uylangan kishi hangomasi&#187; (1912) singari pesalar muallifi. &#171;Janob Jerom Kuanyarning mulohazalari&#187; asaridan olingan &#171;bashariyat tarixi&#187; hikoyasi Oybek tomonidan o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureate (1921). As: Sobranie sochineniy, t. 1-4, M., 1983\u2014 84. Ad.: Lixodzievskiy S, Anatol Frans, T., 1962; Frid Ya., Anatol Frans i ego vremya, M., 1975.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FRANS (FRANCE) ANATOL (taxallusi; asl ism-sharifi Anatol Fransua Tibo) (1844.16.4, Parij \u2014 1924.12.10, Sansirsyurluar) \u2014 frantsuz yozuvchisi. Frantsiya akademiyasi a&#8217;zosi (1896). Adabiy faoliyati bibliografik kataloglarga bitiklar, entsiklopediyalarga maqola va taqrizlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/frans-france-anatol\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55461","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55461","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55461"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55461\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55469,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55461\/revisions\/55469"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55461"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55461"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55461"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}