{"id":5548,"date":"2021-10-24T10:00:34","date_gmt":"2021-10-24T07:00:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5548"},"modified":"2021-10-24T10:00:35","modified_gmt":"2021-10-24T07:00:35","slug":"advokat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/advokat\/","title":{"rendered":"ADVOKAT"},"content":{"rendered":"\n<p>ADVOKAT (lotincha advocatus, advocare \u2014 yordamga chaqirish) \u2014 yuridik yordam ko&#8217;rsatuvchi shaxs. Jinoyat ishlari bo&#8217;yicha surishtiruv, tergov harakatlari yuritilganda va sud majlisida, fuqaroviy ishlar sudda, xo&#8217;jalik nizolari xo&#8217;jalik sudlarida yoki ma&#8217;muriy huquqbuzarlik to&#8217;g&#8217;risidagi ishlar sudya yoxud vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ko&#8217;rilganda ishtirok etadi, qonunda belgilangan vakolatga ega bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekiston Respublikasi &#171;Advokatura to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi Qonunida (1996 yil 27 dekabr) ko&#8217;rsatilishicha, oliy yuridik ma&#8217;lumotli va belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shug&#8217;ullanish huquqini beruvchi lisenziya olgan O&#8217;zbekiston Respublikasi fuqarosi O&#8217;zbekiston Respublikasida Advokat bo&#8217;lishi mumkin. O&#8217;zbekiston Respublikasi &#171;Advokatlik faoliyatining kafolatlari va avdokatlarning ijtimoiy himoyasi to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi Qonunida (1998 yil 25 dekabr) Advokatlik faoliyati bilan shug&#8217;ullanish huquqi, faoliyatining asosiy printsiplari, Advokat qasamyodi, vakolatlari, mustaqilligini ta&#8217;minlash, daxlsizligi, O&#8217;zbekiston Respublikasilik faoliyatiga aralashishga yo&#8217;l qo&#8217;yilmasligi va uning himoyalanishini ta&#8217;minlash, Advokatning ijtimoiy himoyasi choralari va boshqalar belgilab berilgan. Advokat jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko&#8217;rsatish maqsadida: huquqiy masalalar bo&#8217;yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonun hujjatlari yuzasidan og&#8217;zaki va yozma ma&#8217;lumotlar beradi; huquqqa oid arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi; fuqarolik ishlari hamda ma&#8217;muriy huquqbuzarlik to&#8217;g&#8217;risidagi ishlar bo&#8217;yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi; jinoiy ishlar bo&#8217;yicha surishtiruvda, dastlabki tergovda va sudda himoyachi; jabrlanuvchi, fuqaroviy da&#8217;vogar, fuqaroviy javobgarning vakili; agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari o&#8217;zaro mos kelmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi tarafida ishtirok etish uchun qaror yoki ajrim bilan advokat sifatida qatnashadi (Qonunning 5-modda l-qismi va O&#8217;zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksi (JPK) 49-, 55-, 59-.60-, 62-moddalari). Advokat jinoyat ishi bo&#8217;yicha o&#8217;z vazifasini amalga oshirish munosabati bilan bilgan ma&#8217;lumotlarni oshkor qilishga haqli emas (O&#8217;zbekiston Respublikasi JPK 53-modda 3-qismi). Advokatura to&#8217;g&#8217;risidagi qonunda &#171;Advokat himoyachilik yoki vakillik vazifasini bajarayotganda o&#8217;ziga ma&#8217;lum bo&#8217;lib qolgan tafsilotlar yuzasidan guvoh sifatida so&#8217;roq qilinishi mumkin emas&#187;ligi qatiy belgilangan (10-modda 2-qism). Advokat tadbirkorlik faoliyatiga va xo&#8217;jalik nizolari to&#8217;g&#8217;risidagi ishlar bo&#8217;yicha yuridik xizmat, qonun hujjatlarida man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham ko&#8217;rsatishi mumkin. Advokat kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog&#8217;ida quyidagi huquqlarga ega: tegishli masalalarni hal etishga vakolatli bo&#8217;lgan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning topshirig&#8217;iga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish; sudlarda, shuningdek ma&#8217;muriy huquqbuzarlik to&#8217;g&#8217;risidagi ishlarni ko&#8217;rib chiqayotgan organlarda dalil sifatida foydalanishi mumkin bo&#8217;lgan faktlar to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlarni to&#8217;plash; yuridik yordam ko&#8217;rsatilishi munosabati bilan davlat organlaridan hamda jamoat birlashmalaridan zarur bo&#8217;lgan ma&#8217;lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni so&#8217;rash va olish; unga vakolat bergan yoki uning himoyasida ish yuritayotgan sudga va boshqa davlat organlariga to&#8217;plangan materiallarni taqtsim etish; mansabdor shaxslarga iltimosnoma va shikoyat berish hamda ulardan yozma tarzda dalil-isbotli javob olish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish. Jinoiy ishni ko&#8217;rib chiqishda qatnashishga tayinlangan Advokat fuqaroning to&#8217;lovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam ko&#8217;rsatishdan bosh tortishga haqli emas. Advokat davlat xizmatida turishi ham mumkin emas. Qonunning 9-moddasida u Advokatlik sirini saqlashi shartligi alohida ta&#8217;kidlangan. Advokat o&#8217;z kasbiy vazifalarini bajarayotganida unga biror-bir shaklda ta&#8217;sir o&#8217;tkazishga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi, Advokatlik dalillari (ashyolari), hujjatlari undan olib qo&#8217;yilishi yoki ko&#8217;zdan kechirilishi, shuningdek, o&#8217;zi yuridik yordam ko&#8217;rsatayotgan shaxslar bilan uchrashish huquqi cheklanishi, uning ish yuzasidan huquqiy nazari xususida surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek, sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas. Advokatlik faoliyati bilan shug&#8217;ullanuvchi shaxslar hamda xususiy Advokatlik amaliyoti bilan shug&#8217;ullanuvchi ayrim shaxslar mustaqil, ko&#8217;ngilli kasbiy birlashmalarini o&#8217;z ichiga olgan, advokatura nomi bilan ataluvchi huquq muassasasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko&#8217;rsatadi. &#171;Advokatura to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi O&#8217;zbekiston Respublikasi qonunida advokatning yordamchisi bo&#8217;lishi mumkinligi ko&#8217;rsatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ADVOKAT (lotincha advocatus, advocare \u2014 yordamga chaqirish) \u2014 yuridik yordam ko&#8217;rsatuvchi shaxs. Jinoyat ishlari bo&#8217;yicha surishtiruv, tergov harakatlari yuritilganda va sud majlisida, fuqaroviy ishlar sudda, xo&#8217;jalik nizolari xo&#8217;jalik sudlarida yoki &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/advokat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5548","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5548","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5548"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5548\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5549,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5548\/revisions\/5549"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5548"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5548"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5548"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}