{"id":55562,"date":"2023-03-24T14:57:45","date_gmt":"2023-03-24T11:57:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55562"},"modified":"2023-03-24T14:57:46","modified_gmt":"2023-03-24T11:57:46","slug":"fotodavriylik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fotodavriylik\/","title":{"rendered":"FOTODAVRIYLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>FOTODAVRIYLIK \u2014o&#8217;simliklar va hayvonlarda kechakunduzning yorug&#8217; (kun uzunligi) va qorong&#8217;i (tun uzunligi) davrlari nisbatlariga, ularning uzunqisqaligiga javob reaktsiyasi; o&#8217;simliklarning o&#8217;sishi va rivojlanishi jarayonlari o&#8217;zgarishlarida namoyon bo&#8217;ladi. Fotodavriylik ekologik omil sifatida turning yashash imkoniyatini belgilaydi. Ontogenezning tashqi sharoitlardagi mavsumiy o&#8217;zgarishlariga moslashishi bilan bog&#8217;liq holda evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan. Kun uzunligi o&#8217;simliklarda yilning davri(mavsum) ko&#8217;rsatkichi va gullashga o&#8217;tish yoki noqulay mavsumga tayyorgarlik uchun tashki signal bo&#8217;lib xizmat qiladi. O&#8217;simlikning fotodavrga reaktsiyasini barglardagi maxsus pigment \u2014 fotoxrom (F730) nazorat qiladi. Fotodavriylik o&#8217;simliklarning gullash jarayonida yorqin ko&#8217;rinadi. Yorug&#8217;lik va qorong&#8217;ulikdan ta&#8217;sirlanish tarzida o&#8217;simlik bargida gullashga rag&#8217;bat beradigan gormonlar kompleksi hosil bo&#8217;ladi. Gullashni uyg&#8217;otadigan, ya&#8217;ni fotodavr bo&#8217;yicha o&#8217;simliklar uzun kun o&#8217;simliklari (boshokli galla ekinlari), qisqa kun o&#8217;simliklari (g&#8217;o&#8217;za, sholi, tariq, nasha, soya va boshqalar) hamda betaraf (neytral) o&#8217;simliklar (marjumak, no&#8217;xat va b.)ga bo&#8217;linadi. Uzun kun o&#8217;simliklari, asosan, mo&#187;tadil va qutb atrofi kengliklarida, qisqa kunliklari \u2014 subtropiklarga yaqin kengliklarda tarqalgan. Fotodavriylik o&#8217;simlikdagi boshqa morfologik (tuganaklar, piyozlar, ildizmevalar, poyalar paydo bo&#8217;lishi) va fiziologik (o&#8217;sish jadalligi va shakli, va tinim davri, xazonrezgilikning boshlanishi va b.) jarayonlarga ham jiddiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. O&#8217;simlik turlari u yoki bu fotodavriy guruhlarga mansubligi bo&#8217;yicha, navlar va liniyalar esa Fotodavriylik reaktsiyasining yuzaga chiqishi darajasi bo&#8217;yicha farklanadi. Bu hol navlarni rnlashtirishda, shuningdek, yorug&#8217;likda o&#8217;stirish va o&#8217;simliklarni himoyalangan erlarda o&#8217;stirishda hisobga olinadi. Hayvonlarda Fotodavriylik kuyikish davri muddatlari, kuzgi va bahorgi tullash, kishki uyquga ketish, tuxum qo&#8217;yish va b.ga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, genetik jihatdan biologik ritmlar bilan bog&#8217;liq. Fotodavriylik reaktsiyasidan foydalanib qishloq xo\u2019jalik hayvonlari rivojlanishini boshqarish mumkin (masalan, parrandachilikda kuzqish mavsumida kun uzunligini sun&#8217;iy uzaytirib tuxum qo&#8217;yish davrini cho&#8217;zish mumkin). Ad.: Skripchinskiy V.V., Fotoperiodizm \u2014 ego Proisxojdenie i evolyusiya, L., 1975. Abdukarim Zikiryoev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FOTODAVRIYLIK \u2014o&#8217;simliklar va hayvonlarda kechakunduzning yorug&#8217; (kun uzunligi) va qorong&#8217;i (tun uzunligi) davrlari nisbatlariga, ularning uzunqisqaligiga javob reaktsiyasi; o&#8217;simliklarning o&#8217;sishi va rivojlanishi jarayonlari o&#8217;zgarishlarida namoyon bo&#8217;ladi. Fotodavriylik ekologik omil sifatida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fotodavriylik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55562","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55562","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55562"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55562\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55563,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55562\/revisions\/55563"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55562"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55562"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55562"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}