{"id":55608,"date":"2023-03-24T16:15:35","date_gmt":"2023-03-24T13:15:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55608"},"modified":"2023-03-24T16:15:36","modified_gmt":"2023-03-24T13:15:36","slug":"xadicha-begim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xadicha-begim\/","title":{"rendered":"XADICHA BEGIM"},"content":{"rendered":"\n<p>XADICHA BEGIM (1451, Hirot ?) \u2014 Husayn Boyqaroning xotini. 1457\u2014 64 yillarda Abu Saidning xos kanizagi. 1469 yil Abu Sayd vafotidan so&#8217;ng Husayn Boyqaro nikohiga kirgan. Ma&#8217;lum fursatdan so&#8217;ng Haramda ulug&#8217;bekalik o&#8217;rnini egallagan. U Sulton Husayn Boyqarodan 2 o&#8217;g&#8217;il ko&#8217;rgan \u2014 kattasi Shohg&#8217;arib Mirzo (1471-99), kichigi \u2014 Muzaffar Husayn Mirzo (1473-1509). Xadicha begim kichik o&#8217;g&#8217;lini valiahd qilib tayinlashga erishish uchun bor kuchini ishga solgan. Biroq, odatga ko&#8217;ra, valiahdlik Badiuzzamonga tegishli bo&#8217;lgan. Ayni vaqtda Alisher Navoiy boshliq arkoni davlat valiaxdlikka Badiuzzamonning 11 yoshli o&#8217;g&#8217;li Muhammad Mo&#8217;min Mirzoni munosib hisoblagan. 1497 yilda otasi tomondan Muzaffar Husayn Mirzoning Astrobod hokimi etib tayinlanishi Husayn Boyqaro va Badiuzzamon o&#8217;rtasida ixtilofning kelib chiqishiga sabab bo&#8217;lgan. Muzaffar Husayn Mirzo qo&#8217;shini Astrobodni zabt etgan va Muhammad Mo&#8217;min Mirzoni asir olib, Hirotdagi Ixtiyoruddin qal&#8217;asiga qamagan. Xadicha begim vazir Nizomulmulk ishtirokida Muhammad Mo&#8217;min Mirzoni zudlik bilan qatl qilish haqidagi Farmonga muhr bostirib olgan, hukm o&#8217;sha tundayoq ijro etilgan. 1506 yil Husayn Boyqaro vafot etgach, Xadicha begimning saltanat ishlariga aralashuvi tufayli taxtga 2 Shahzoda \u2014 Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzo o&#8217;tirgan. Shayboniyxon Hirotni egallagach (1507), Xadicha begimni amiri Shoh Mansur baxshi ixtiyoriga topshirgan. Ad. Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, T., 1960; Fayziev T., Temuriy malikalar, T., 1994; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XADICHA BEGIM (1451, Hirot ?) \u2014 Husayn Boyqaroning xotini. 1457\u2014 64 yillarda Abu Saidning xos kanizagi. 1469 yil Abu Sayd vafotidan so&#8217;ng Husayn Boyqaro nikohiga kirgan. Ma&#8217;lum fursatdan so&#8217;ng Haramda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xadicha-begim\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-55608","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55608","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55608"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55608\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55609,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55608\/revisions\/55609"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55608"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55608"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55608"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}