{"id":55610,"date":"2023-03-24T16:24:07","date_gmt":"2023-03-24T13:24:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55610"},"modified":"2023-03-24T16:24:08","modified_gmt":"2023-03-24T13:24:08","slug":"xojaobod-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xojaobod-tumani\/","title":{"rendered":"XO&#8217;JAOBOD TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>XO&#8217;JAOBOD TUMANI \u2013 Andijon viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1973 yilda tuman tarkibidan Jalolquduq tumani, 1992 yilda Buloqboshi tumani ajralib chiqqan. Xo&#8217;jaobod tumani shimoli sharqdan Jalolquduq, shimoli g&#8217;arbdan Andijon, g&#8217;arbdan Buloqboshi tumanlari, Sharq, Janub, va Janubi g&#8217;arbdan Qirg&#8217;iziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,23 ming km2. Aholisi 82,1 ming kishidan ziyod (2004). Tumanda 4 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Birlashgan, Manak, Oltin Vodiy, Xo&#8217;jaobod), 1 shahar (Xo&#8217;jaobod) bor. Markazi \u2014 Xo&#8217;jaobod shahri. Tabiati. Tuman hududi Farg&#8217;ona vodiysining Janubiy Sharqiy qismida joylashgan. Janubda Pomir-Olay tizmalarining Chilustun va Qirtoshtog&#8217; tog&#8217;lari bor (eng baland joyi 1457 metr). Shimoliy g&#8217;arbiy kismi adirlardan iborat. Qolgan qismi pasttekislik. Foydali qazilmalardan neft va gaz, ohaktosh, shag&#8217;al, xarsangtoshlar bor. Iqlimi keskin kontinental. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 13,gradus. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 26,7\u00b0, eng yuqori temperatura 45\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -3,5\u00b0, eng past temperatura \u2014 26\u00b0. Yiliga 300-330 millimetr yog&#8217;in tushadi. Ekinzorlar Shahrixonsoy, Oqburasoy, Aravonsoy, Savoy va Janubiy Farg&#8217;ona kanallaridan sug&#8217;oriladi. 5 suv chiqarish inshooti bor. Tuproqlari, asosan, madaniy voha tuprog&#8217;i bo&#8217;lib, qadimdan dehqonchilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Adir etaklarida och yoki tipik bo&#8217;z tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan rang, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, shaytonkavush, oqquray, oqshuvoq, mingbosh, qizil biyurg&#8217;un, qamish va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tulki, yovvoyi mushuk, bo&#8217;rsiq, bo&#8217;ri, jayra, qo&#8217;shoyoq, ko&#8217;rsichqon, kalamush; qushlardan kaklik, bedana, kakku, chug&#8217;urchiq, zag&#8217;izg&#8217;on, may- na, zarg&#8217;aldoq, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, jiblajibon, kaptar, chittak, o&#8217;rdak, zog&#8217;cha, ko&#8217;kqarg&#8217;a, sassiqpopishak, qizilishton, qarqunoq, burgut, itolg&#8217;i, bo&#8217;ktargi va boshqalar; sudraluvchilardan kaltakesak, ilon ko&#8217;p. Suv havzaiarida har xil baliqlar (laqda, do&#8217;ngpeshona, karp, qora baliq, sazan va boshqalar) bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qirg&#8217;iz, uyg&#8217;ur, turk, ozarbayjon, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 gektar 357 kishi. Shahar aholisi 17 ming kishi, qishloq aholisi 65,1 ming kishi (2004). Xo&#8217;jaligi. Tuman da &#171;Xo&#8217;jaobodkonserva&#187;, &#171;X o&#8217;j a o b o d m e v a q u r i t i sh &#187; , &#171;X o&#8217;j a o b o d d o n &#187; , &#171;X o&#8217;j a o b o d p a x t a t o z a l a sh &#187; , &#171;Xo&#8217;jaobod tikuvtrikotaj&#187;, &#171;Xo&#8217;jaobodpolimeridish&#187; aktsiyadorlik jamiyatlari; O&#8217;zbekiston \u2014 Bolgariya &#171;Navigul&#187;, O&#8217;zbekiston \u2014 Xitoy &#171;Xo&#8217;jaobod DizinDu&#187; qo&#8217;shma korxonalari faoliyat ko&#8217;rsatadi. MTP, qurilish tashkilotlari mavjud. Tuman hududida neft va gaz olinadi. Zavrak GES bor. Toshkent \u2014 O&#8217;sh avtomobil yo&#8217;lining 36 kilometr tuman hududidan o&#8217;tgan. Tuman qishloq xo\u2019jalik, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan, chorvachilik ham rivojlangan. Tumanda 8 paxtachilik va donchilik, 2 bog&#8217;dorchilik xo&#8217;jaligi, bo&#8217;rdoqichilik fermasi, ko&#8217;chat etkazishga ixtisoslashgan &#171;ipakchilik&#187; shirkat xo&#8217;jaligi, asalarichilik xo&#8217;jaligi va parrandachilik fabrikasi bor. 192 fermer xo&#8217;jaligi (shu jumladan, o&#8217;rmonchilik, baliqchilik Fermer xo&#8217;jaliklari) faoliyat ko&#8217;rsatadi. 3,1 ming gektar yerga paxta, 2,6 ming gektar yerga bug\u2019doy, 115 gektar yerga kartoshka, 395 gektar yerga yem- xashak, 73 gektar yerga don uchun makkajo&#8217;xori, 149 gektar yerga sabzavot, 3 gekta yerga poliz ekinlari va boshqalar ekiladi (2004). Soy, kanal va ariqlardan tashkari tumanning 840 gektar yer maydoni buloq suvlari orqali ta&#8217;minlanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 1,2 ming qoramol, 1,8 ming qo&#8217;y, 16,9 mingdan ziyod parranda, 66 yilqi boqiladi. Xo&#8217;jaobod tumanida 32 umumiy ta&#8217;lim maktabi (22 ming o&#8217;quvchi), litsey, gimnaziya, 4 kasb-hunar kolleji, Mehribonlik uyi, 2 maxsus internat mavjud (2004). Markaziy kutubxona va uning 20 tarmog&#8217;i (259 mingdan ziyod kitob), Markaziy bolalar kutubxonasi, Markaziy va 7 qishloq madaniyat uylari, &#171;armug&#8217;on&#187; ashula va raqs dastasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. 5 kasalxona (550 o&#8217;rin), qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 15 qishloq vrachlik punkta, 11 felvdsher-akusherlik punkti, tez tibbiy yordam markazi va boshqa tibbiy muassasalarda 165 vrach (har 10 ming aholiga 19,7 kishi), 680 o&#8217;rta ma&#8217;lumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1998 yildan &#171;Xo&#8217;jaobod&#187; (avvalgi nomi &#171;shonli mehnat&#187;) tuman gazeta nashr qilinadi (adadi 3600 nusxa).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XO&#8217;JAOBOD TUMANI \u2013 Andijon viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1973 yilda tuman tarkibidan Jalolquduq tumani, 1992 yilda Buloqboshi tumani ajralib chiqqan. Xo&#8217;jaobod tumani shimoli sharqdan Jalolquduq, shimoli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xojaobod-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-55610","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55610","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55610"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55610\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55611,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55610\/revisions\/55611"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55610"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55610"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55610"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}