{"id":55614,"date":"2023-03-25T09:52:18","date_gmt":"2023-03-25T06:52:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55614"},"modified":"2023-03-25T09:52:20","modified_gmt":"2023-03-25T06:52:20","slug":"fors-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fors-tili\/","title":{"rendered":"FORS TILI"},"content":{"rendered":"\n<p>FORS TILI, forsiy \u2014 hind-yevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining Janubiy g&#8217;arbiy tarmog&#8217;iga mansub til; asosan, Eronda (Eron Islom Respublikasining rasmiy tili hamda millatlararo aloqa tili), shuningdek, Afg&#8217;oniston, Pokiston, Hindiston, Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, AQShda, Kavkazorti va O&#8217;rta Osiyo respublikalarida (&#171;eroniy&#187; deb ataladi) tarqalgan. So&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni, o&#8217;tgan asr oxirlaridagi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, 26 million kishidan ortiq. Fors tili tarixida 3 davr farqlanadi: qadimgi, o&#8217;rta va yangi. Hozirgi Fors tili tojik hamda Afg&#8217;onistondagi dari (forsi Kobuliy) tillari bilan birgalikda qadimgi fors (Axomaniylar sulolasi shohlarining miloddan avvalgi 6-4-asrlarga mansub mixxat yodgorliklaridan ma&#8217;lum), o&#8217;rta fors (milodiy 3-7-asrlar yodgorliklari) va mumtoz yangi fors (9\u2014 14-asrlar yodgorliklari) davrlarining genetik vorisi hisoblanadi. Fors tili o&#8217;rta asrlarda Ozarbayjon va Hindistonda ham adabiy til sifatida qo&#8217;llangan. Fors tilining ko&#8217;plab lahja va shevalari bo&#8217;lib, Tehron lahjasi ularning eng asosiysi va eng ko&#8217;p o&#8217;rganilganidir. Bu lahja hozirgi adabiy Fors tiliga asos bo&#8217;lgan. Fonetik xususiyatlari: 6 ta monoftong, 2 ta diftong, 22 ta undosh fonema mavjud. Chuqur til orqa va bo&#8217;g&#8217;iz undoshlari bor, urg&#8217;u, odatda, oxirgi bo&#8217;g&#8217;inga tushadi. Morfologik qurilishi analitik xususiyatga ega, kelishik va jins kabi grammatik kategoriyalar mavjud emas. Otlar son, aniklik va noaniklik kategoriyalariga, fe&#8217;llar shaxs, zamon, nisbat va mayl kategoriyalariga ega. Fe&#8217;l yagona tuslanish turiga ega va tuzilishiga ko&#8217;ra sodda va qo&#8217;shma fe&#8217;llarga ajraladi. Gapdagi so&#8217;zlar aloqasida izofali tuzilmalar keng kullanadi. Kesim, asosan, ran oxirida, ega esa ran boshida, aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Leksikasining asosini sof eroniy so&#8217;zlar tashkil etadi, lekin Arabcha o&#8217;zlashmalar ham juda ko&#8217;p (barcha leksikaning 50% igacha), shuningdek, turk, frantsuz, ingliz va b. tillardan kirgan so&#8217;zlar ham bor. Fors tili qadimgi yozuv an&#8217;analariga ega, unda boy adabiyot mavjud. Dastlabki yodgorliklari 9-asrning 1-yarmiga mansub. Yozuvi Arab alifbosi asosida, unga fors tiliga xos tovushlarni ifodalovchi 4 xarf qo&#8217;shilgan holda shakllantirilgan. Ad.: Rubinchik Yu. A., Sovremenniy persidskiy yazik, M., 1960; Peysikov L. S, Leksikologiya sovremennogo persidskogo yazika, M&#187; 1975. Anvar Ismoilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FORS TILI, forsiy \u2014 hind-yevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining Janubiy g&#8217;arbiy tarmog&#8217;iga mansub til; asosan, Eronda (Eron Islom Respublikasining rasmiy tili hamda millatlararo aloqa tili), shuningdek, Afg&#8217;oniston, Pokiston, Hindiston, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fors-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55614","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55614","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55614"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55614\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55615,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55614\/revisions\/55615"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55614"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55614"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55614"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}