{"id":55628,"date":"2023-03-25T10:19:06","date_gmt":"2023-03-25T07:19:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55628"},"modified":"2023-03-25T10:19:06","modified_gmt":"2023-03-25T07:19:06","slug":"fosforitlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fosforitlar\/","title":{"rendered":"FOSFORITLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>FOSFORITLAR \u2014 fosfatlar (asosan, apagit)ga to&#8217;yingan cho&#8217;kindi tog&#8217; jinslari. Fosforitlar tarkibida fosfat angidridi (R2O5)ning miqdori 18%dan kam bo&#8217;lmasligi kerak, ammo geologik qidiruv ishlari amaliyotida tarkibida 5-18% gacha R2O5 bo&#8217;lgan tog&#8217;jinslari ham Fosforitlarga kiritiladi. Sof Fosforitlarning rangi asosan oq bo&#8217;lib, juda kam uchraydi. Fosforitlar tarkibidagi rangli moddalarga ko&#8217;ra qora, kulrang, jigarrang, ba&#8217;zan ko&#8217;k, yashil, qizil, sariq, och kulrang bo&#8217;ladi. Fosforitlar tarkibida deyarli har doim organic moddalar, Sa, Mg, Fe karbonatlari, gil minerallari, pirit, temir gidrooksid, kvars, xaltsedon bo&#8217;ladi. Fosforitlarda uran, lantanoidlarning tseriy guruhiga mansub elementlari hamda ko&#8217;proq Y, Pb, Sr, oz mikdorda V, Sc, Zr, Se, Be aralashmalari to&#8217;planishi mumkin. Fosforitlar strukturasiga qarab yaxlit, donador, jelvaksimon (konkresion), shag&#8217;alsimon, konglomeratli turlarga bo&#8217;linadi. Yaxlit va donador Fosforitlar ko&#8217;p tarqalgan. Yaxlit (geosinklinal) Fosforitlar zich bir xil jinedan iborat bo&#8217;lib, tarkibidagi juda kichik dumaloq fosfat donalari va oolitlar fosfat, karbonat yoki silikat angidrid (SiO2) birikmalari yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlamlari qalin (10 metrdan ortiq), yuqori sifatli (28-36% R2O,), keng maydonda tarqalgan. Bunday Fosforitlar konlari Xubsugul (Mongoliya), Kunyana (Xitoy), Jorjina (Avstraliya) kembriy yotqiziqlarida mavjud. Donador (platforma) Fosforitlar \u2014 karbonat yoki terrigen cho&#8217;kindi tog&#8217;jinslari, tarkibidagi fosfat donalari hamda dengiz organizmlari qoldiqlari karbonat, silikat angidrid yoki gil yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlam qalinligi ko&#8217;pincha 2-3 metr (ba&#8217;zan 10 metrgacha), tarkibida 22\u2014 30% R2O5 bo&#8217;ladi. Bu tipdagi Fosforitlar Rossiyaning Yevropa qismi, shimoliy Afrika, O&#8217;rta Osiyoda bo&#8217;r va paleogen yotqiziqlarida keng tarkalgan. Fosforitlar paydo bo&#8217;lishi haqida turli biokimyoviy, kimyoviy va biogen nazariyalar mavjud bo&#8217;lib, biokimyoviy nazariya ko&#8217;pchilik tomonidan tan olingan. Fosforitlar kimyo, tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan fosfor, fosfor kislota va turli fosforli birikmalar olish manbasi hisoblanadi. Asosiy iste&#8217;molchi \u2014 qishloq xo\u2019jalik bo&#8217;lib, Fosforitlar 90% gacha fosforli o&#8217;g&#8217;itlar tayyorlashda ishlatiladi. Undan tashqari, Fosforitlardan yo&#8217;lyo&#8217;lakay sanoat masshtabida bir qancha noyob elementlar ajratib olinadi. Rossiya Federatsiyasi, Boltiqbo&#8217;yi, Sibir, Qozog&#8217;istonda yirik Fosforitlar konlari bor. O&#8217;zbekiston hududida Fosforitlar paleogen, bo&#8217;r, devon, silur va tokembriy yotqiziqlarida topilgal. Ular, asosan, Markaziy Qizilqumdagi Jeroysardara (R2O, zaxirasi 57,68 million tonna), shimoliy Yetimtog&#8217;va Karakata konlarida mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FOSFORITLAR \u2014 fosfatlar (asosan, apagit)ga to&#8217;yingan cho&#8217;kindi tog&#8217; jinslari. Fosforitlar tarkibida fosfat angidridi (R2O5)ning miqdori 18%dan kam bo&#8217;lmasligi kerak, ammo geologik qidiruv ishlari amaliyotida tarkibida 5-18% gacha R2O5 bo&#8217;lgan tog&#8217;jinslari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fosforitlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55628","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55628","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55628"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55628\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55629,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55628\/revisions\/55629"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55628"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55628"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55628"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}