{"id":55723,"date":"2023-03-27T09:06:49","date_gmt":"2023-03-27T06:06:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55723"},"modified":"2023-03-27T09:06:50","modified_gmt":"2023-03-27T06:06:50","slug":"gabon-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gabon-2\/","title":{"rendered":"GABON"},"content":{"rendered":"\n<p>GABON (Gabon), Gabon Respublikasi (Republique Gabonaise) \u2014 Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 267,7 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1,19 million kishi (1997). Poytaxti \u2014 Librevil shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 9 viloyat (provintsiya)ga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. Gabon \u2014 respublika. 1990 yil mayda qabul qilingan va 1997 yil aprelda tuzatishlar kiritilgan Konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident (1967 yildan Omar Bongo). U umumiy to&#8217;g&#8217;ri saylov huquqi asosida 7 yil muddatga saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat \u2014 ikki palatali parlament (millat Majlisi va Senat). Ijroiya hokimiyatni president bilan Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Vazirlar Kengashining a&#8217;zolari va bosh vazir prezident tomonidan tayinlanadi va uning olida mas&#8217;uldirlar. Tabiati. Gabon ekvatorial va subekvatorial o&#8217;rmonlar mintaqasida joylashgan. Gabonning ichki qismini janubiy Gvineya qirlari egallagan. Shayyu tog&#8217;laridagi Ibunji cho&#8217;qqisining balandligi 1580 metr. Undan shimoli- g&#8217;arbda xrustal tog&#8217;lari (Dana cho&#8217;qqisi 1000 metr) bor. Atlantika okeani sohilini eni 200 kilometrgacha bo&#8217;lgan pasttekislik egallagan. Foydali qazilmalardan marganes, uran, temir rudasi bor. Iqlimi issiq va sernam, ekvatorial va subekvatorial iqlim. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 22-24\u00b0, aprelda 25^27\u00b0. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in 1500-2000 millimetr, okean sohilida esa 2500-3000 millimetr. Daryolari ko\u2019p va sersuv. Eng katta daryosi Ogove. Gabon hududining 80% i qalin doimiy yashil o&#8217;rmonlar. Tuprog&#8217;i qizil-sariq laterit tuproq. O&#8217;rmonlarda qimmatbaho yog&#8217;och olinadigan qizil, sariq, eben, sandal, okume va boshqa daraxtlar o&#8217;sadi. Sohil mangra o&#8217;rmonlari b-n qoplangan. Hayvonlardan fil, buyvol, qoplon, kiyik, sirtlon, maymunlar, daryolarda begemot, timsoh va boshqalar yashaydi. Har xil qushlar, hasharotlar (jumladan tsese pashsha) ko&#8217;p. Milliy bog&#8217;lari: Vonga-Vong, Okanda. Aholisi asosan Fang, mpongve, mbete, Punu va boshqalar. Rasmiy til \u2014 frantsuz tili, ammo aholining ko&#8217;pchiligi Fang, banyabi yoki bakota tillarida so&#8217;zlashadi. Dindorlar \u2014 asosan xristianlar (70%). Aholining 20% an&#8217;anaviy dinlarga e&#8217;tiqod qiladi, 10% musulmonlar. Aholining 45,7% shaharlarda yashaydi. Tarixi. Gabonning qadimgi va o&#8217;rta asrlardagi tarixi kam o&#8217;rganilgan. Gabonga yevropaliklar kirib kelgan vaqtda (1485 yilda birinchi bo&#8217;lib Portugaliya dengizchilari paydo bo&#8217;lgan) bu yerda qabilaurug&#8217;chilik tuzumi yemirilayotgan edi. 16-asrdayoq Yevropa (Portugaliya, Frantsiya, Gollandiya, Angliya) va Amerika qul savdogarlari Gabonni Ekvatorial Afrikada qul ovlanadigan asosiy maydonga aylantirganlar. 1839 yildan frantsuzlar Gabon daryosining qirg&#8217;og&#8217;ida o&#8217;z qishloqlarini qurib, mamlakatni asta-sekin bosib ola boshladilar. Gabon xalqining mustamlakachilarga qarshi kurashi 1-jahon urushigacha davom etdi. Gabon dastlab Frantsiya Kongosining bir qismi edi. 1886 yildan alohida ma&#8217;muriy birlikka aylangan. 1903 yilda (1910-58 yillarda frantsuz Ekvatorial Afrikasi tarkibida) rasman Frantsiya mustamlakasi deb e&#8217;lon qilindi. 2-jahon urushidan so&#8217;ng Gabonning turli joylarida boshlangan milliy ozodlik kurashi uyushgan ommaviy harakatga aylandi. 40-50-yillarda dastlabki milliy partiyalar va kasaba uyushmalari tashkil topdi. 1958 yilda Gabon ichki muxtoriyat huquqiga ega bo&#8217;lib, Frantsiya Hamkorligi a&#8217;zoligiga qabul qilindi va shu yili respublika deb e&#8217;lon etildi. 1960 yil 15 iyulda Frantsiya hukumati Gabonga mustaqillik berishga majbur bo&#8217;ldi, 17 avgustda esa Gabon mustaqil davlat deb e&#8217;lon qilindi. Gabon 1960 yildan BMT a&#8217;zosi. 1992 yil 10 yanvarda O&#8217;zbekiston Respublikasining suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami \u2014 17 avgust\u2014 Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Gabon demokratik partiyasi, hukmron partiya, 1968 yilda tuzilgan; Gabon taraqqiyot partiyasi, muxolifatdagi partiya; Milliy tiklanish uchun harakat (morena), muxolifatdagi partiya, 1981 yilda tuzilgan. Gabon kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1969 yilda asos solingan. Xo&#8217;jaligi. Gabon tabiiy resurslarga boy bo&#8217;lishiga qaramay, iqtisodiy jihatdan orqada qolgan. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 52,8%, qishloq va o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi ulushi 11,4%. 1950 yil oxiridan konchilik sanoati rivojlana boshladi (asosan Frantsiya kapitali hisobiga). Qishloq xo\u2019jaligida mayda dehqon xo&#8217;jaligi ustun. Jamoa va xususiy yer egaligi mavjud. Eksport qilinadigan asosiy ekin mahsulotlari kofe va kakao. Qishloq xo\u2019jaligida yer yong&#8217;oq, qalampir, maniok, banan, makkajo&#8217;xori, sholi, yog&#8217;li palma va boshqalar yetishtiriladi. Chorvachilik sust rivojlangan. Atlantika okeanining Gabon sohiliga yaqin joylarida baliq va kit ovlanadi. Ovchilik (jumladan, fil suyagi tayyorlash), yovvoyi daraxt mevalarini terish aholining qo&#8217;shimcha mashg&#8217;ulotidir. Gabonning sohilidan va unga yondosh shelf qismidan neft va tabiiy gaz olinadi. Yiliga 914 million kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Gabon okume yog&#8217;ochi tayyorlashda dunyoda 1-o&#8217;rinda. Afrikada eng katta faner zavodi Port-Jantilda (yiliga 60 ming kub metr faner tayyorlaydi). Ishlab beruvchi sanoati qishloq xo\u2019jaligi mahsulotlari (sholi, kofe, palma yog&#8217;i va boshqalar)ni qayta ishlovchi korxonalardan iborat. Puent-Klerettda yiliga 600 ming tonna neftni qayta ishlovchi zavod mavjud. Pivo zavodi, tegirmon, kislorod-atsetilen zavodi, kema qurish korxonalari, to&#8217;qimachilik, tikuv fabrikasi bor. Temir yo\u2019l uzunligi \u2014 652 kilometr, avtomobil yo&#8217;llari uzunligi \u2014 10 ming kilometrga yaqin (2 ming kilometrga yaqini qattiq qoplamali). Kema yo&#8217;llarining umumiy uzunligi\u2014 1700 kilometr. Muhim dengiz portlari \u2014 PortJantil va Librevil. Bu shaharlarda xalqaro aeroportlar bor. Gabon chetga neft, marganes rudasi, uran kontsentrati, yog&#8217;och, yog&#8217;och mahsulotlari, kakao, kofe chiqaradi. Chetdan mashina va uskunalar, transport vositalari, oziq-ovqat, metall, metall buyumlar, gazlama va boshqalar keltiradi. Tashqi savdodagi mijozlari: Frantsiya, Germaniya, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya. Pul birligi \u2014 Afrika franki. Madaniyati. Gabon mustaqillikka erishgan paytda 14 yoshdan katta bo&#8217;lgan aholining 77% i savodsiz edi. 1959 yilda 6-16 yoshli bolalar uchun majburiy ta&#8217;lim haqida qonun qabul qilindi. Darslar frantsuz tilida o&#8217;qitiladi. O&#8217;qish muddati boshlang&#8217;ich maktablarda 6 yil, to&#8217;liqsiz o&#8217;rta maktab (kollej) larda 4 yil, to&#8217;liq o&#8217;rta maktab (litsey)larda 7 yil. Professional ta&#8217;lim boshlang&#8217;ich maktabni tugatganlarni qabul qiladigan 2 bosqichli (4 va 3 yillik) texnika litseylarida va 3 yillik texnika kollejlarida amalga oshiriladi. 1970 yil Librevilda Milliy universitet tashkil etilgan. Ilmiy muassasalari: tropik o&#8217;rmonchilik tadqiqot markazi, fan va texnika bo&#8217;yicha tadqiqot byurosi, geol. va konchilik tadqiqot byurosi, tropik qishloq xo\u2019jalik ilmiy tadqiqot instituti. Ilmiy tadqiqotlar Libreviddagi universitetda ham olib boriladi. Universitetda kutubxona mavjud. Gabonda &#171;Gabon-Maten&#187; (&#171;tonggi Gabon&#187;), Nasonalist&#187; (&#171;Millatchi&#187;), &#171;Yunon&#187; (&#171;Ittifoq&#187;), &#171;Patriot&#187; (&#171;Vatanparvar&#187;), &#171;Jurnal&#8217;ofisel de la Repyublik Gabonez&#187; (&#171;Gabon Respublikasining rasmiy gazetasi&#187;) kabi gazetalar va bir qancha jurnallar nashr etiladi. Gabon matbuot agentligi 1961 yilda tuzilgan. Gabon radioeshittirish va teleko&#8217;rsatuvi 1975 yil tashkil etilgan bo&#8217;lib, u hukumat ixtiyorida. Gabon xalqlarining an&#8217;anaviy turar joylari \u2014 to&#8217;g&#8217;ri burchakli, tomi ikki tomonga Nishab qilib palma shoxlaridan yopilgan yog&#8217;och uylardir. Librevil markazida zamonaviy me&#8217;morlik binolari (gubernator saroyi, frantsuz amaldorlari uyi, savdo do&#8217;konlari) qurilgan. Yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, fil suyagidan bezakli buyumlar ishlash, badiiy to&#8217;qish va kashtachilik rivojlangan. Yog&#8217;ochdan ishlangan haykalchalar va byustlar (Fang qabilasi), mis qoplab silliq ishlangan &#171;mbulungumu&#187; shakllari (bakota qabilasi) o&#8217;ziga xos milliy ko&#8217;rinishga ega. &#171;Yo&#8217;l bo&#8217;lsin, Kumba?&#187;degan birinchi to&#8217;la metrajli badiiy filmni frantsuz rejissyor A. Ferrani bilan gabonlik S. Oje 1971 yilda yaratdi. &#171;Tamtamlar tindi&#187; (1972), &#171;juz&#187; (1975) filmlarida ijtimoiy muammolar o&#8217;rtaga quyilgan. Gavor Dennis (Denesh) (1900.5.6, Budapesht \u2014 1979) \u2014 Venger fizigi, golografiya asoschisi. 1927 yildan Germaniyada, 1934 yildan Buyuk Britaniyada, 1967 yildan AQShda. Golografiyaning umumiy nazariyasini ishlab chiqqan (1948-51) va dastlabki gologrammalarni hosil qilgan, birinchi golografik mikroskopii yaratgan. Ilmiy ishlari elektronika, optika, axborotlar nazariyasi, aloqa nazariyasiga oid. Nobel mukofoti laureati (1971).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>GABON (Gabon), Gabon Respublikasi (Republique Gabonaise) \u2014 Markaziy Afrikadagi davlat. Maydoni 267,7 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1,19 million kishi (1997). Poytaxti \u2014 Librevil shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 9 viloyat (provintsiya)ga bo&#8217;linadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gabon-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-55723","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55723","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55723"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55723\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55724,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55723\/revisions\/55724"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55723"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55723"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55723"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}