{"id":55800,"date":"2023-03-27T14:47:42","date_gmt":"2023-03-27T11:47:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55800"},"modified":"2023-03-27T14:47:47","modified_gmt":"2023-03-27T11:47:47","slug":"gosht-sanoati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gosht-sanoati\/","title":{"rendered":"GO&#8217;SHT SANOATI"},"content":{"rendered":"\n<p>GO&#8217;SHT SANOATI &#8212; so&#8217;yilgan molni kompleks tarzda qayta ishlovchi sanoat tarmog&#8217;i, oziq-ovqat sanoatining muhim sohasi. Go&#8217;sht sanoati korxonalarida qoramol, qo&#8217;y-echki, parranda, quyon va boshqalar so&#8217;yilib, undan go&#8217;sht olinadi, go&#8217;sht konservasi, kolbasa mahsulotlari, yarim tayyor fabrikatlar (kotlet, chuchvara, pazandachilik mahsulotlari) tayyorlanadi; shuningdek chorvaga yem sifatida ishlatiladigan go&#8217;sht va suyak uni, qimmatbaho tibbiy preparatlar (insulin, geparin, lipokain va boshqalar), aminokislotalar, shuningdek, yelim, parranda pari va pati, jelatin ishlab chiqariladi. Go&#8217;sht sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning xili 400 dan oshadi. Ko&#8217;pgina mamlakatlarda go&#8217;sht va go&#8217;sht mahsulotlarini ishlab chiqarish asosan 20-asr o&#8217;rtalaridan sanoat miqyosida rivojlana boshladi. 30-40-yillarga kelib yirik go&#8217;sht kombinatlari qurildi. Ishlab chiqarishda zamonaviy mashina va apparatlarni qo&#8217;llash, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash natijasida Go&#8217;sht sanoatida mahsulot yetishtirish salmog&#8217;i oshib bordi. Masalan, AQSh da go&#8217;sht yetishtirish yaxshi taraqqiy etgan bo&#8217;lib, jami so&#8217;yilgan mollarning 95% ga yaqini sanoat usulida qayta ishlanadi. Shuningdek, Argentina, Urugvay, yangi Zelandiya, Avstraliya va boshqa davlatlarda ham bu borada katta yutuqlarga erishilgan. G&#8217;arbiy Yevropaning qator mamlakatlarida qoramol so&#8217;yish kommunal kushxonalarda, kolbasa mahsulotlari, konservalar va boshqalar go&#8217;sht mahsulotlari ishlab chiqarish esa maxsus korxonalarda, shuningdek magazinlar qoshidagi mayda qassobxonalarda amalga oshiriladi. Go&#8217;sht ishlab chiqaruvchi asosiy mamlakatlar \u2014 Yevropa, shimoliy Amerika mamlakatlari, Xitoy. Jahonda aholi jon boshiga go&#8217;sht iste&#8217;mol etishning o&#8217;rtacha yillik hajmi 35 kilogramm atrofida, uning eng kam darajasi Afrika mamlakatlari, Janubiy Amerika va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, yuqori darajasi esa asosiy go&#8217;sht ishlab chiqaruvchi mamlakatlarga to&#8217;g&#8217;ri keladi (yiliga o&#8217;rtacha 120-130 kilogramm). Keyingi davrda G&#8217;arbiy Yevropa va AQShda go&#8217;sht yetishtirishda parranda go&#8217;shtini ishlab chiqarish ko&#8217;payib bormoqda. Jahon bo&#8217;yicha yalpi go&#8217;sht ishlab chiqarish 225,9 million tonna (1999). O&#8217;zbekistonda ham sanoatning bu tarmog&#8217;i asosan 30-yillardan boshlab shakllandi. Bunga qadar aholini go&#8217;sht bilan mayda va tarqoq qassobxona hamda kushxonalar ta&#8217;minlab kelgan. Ot go&#8217;shtidan qazi, qoramol, qo&#8217;y go&#8217;shtidan uzoq muddat saqlanadigan quritilgan, qovurilgan go&#8217;sht mahsulotlari tayyorlangan. 1905 yilda toshkentlik boy Orifxo&#8217;ja Azizxo&#8217;jayev Turkiston o&#8217;lkasida dastlabki zavod tipidagi kushxonaga asos solgan. 1929 yilda bu kushxona negizida Toshkent go&#8217;sht kombinati tashkil etiladi. 1932 yilda Go&#8217;sht sanoati respublika xalq xo&#8217;jaligi rejasiga alohida sanoat tarmog&#8217;i sifatida kiritildi. O&#8217;sha yili Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Termiz, Qarshi, Qo&#8217;qon sh.laridagi 8 ta shahar qassobxonasi, Samarqand va Buxorodagi muzxona (muzlatkich)ni birlashtirgan &#171;O&#8217;zgo&#8217;shtsovitishsanoat&#187; tresti tashkil etildi. Keyinchalik bu trest tarkibiga Olmaliq, Chirchiq, Namangan, Yangiyo&#8217;l shaharlaridagi kushxonalar, Xo&#8217;jayli, Urganch mol so&#8217;yish punktlari va Toshkent muzxona kombinati ham kirdi. 1955-65 yillarda Buxoro, Xo&#8217;jayli, Urganch (hammasi 1956 yilda), Termiz (1960), Shaxrisabz (1965) go&#8217;sht kombinatlari qurildi. 1965 yilda Respublika go&#8217;sht va sut sanoati vazirligiing tashkil etilishi bilan. Go&#8217;sht sanoati korxonalari qurilishi jadallashdi. Chirchiq, Farg&#8217;ona, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Samarqand go&#8217;sht kombinatlarida yuqori quvvatga ega bo&#8217;lgan kolbasa tsexlari qurildi. 1949 yilda O&#8217;zbekistondagi 14 go&#8217;sht kombinatining smena quvvati 82 tonna go&#8217;shtni qayta ishlash, 17,2 tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish darajasida bo&#8217;lsa, 1979 yilda 18 go&#8217;sht kombinatining smena quvvati 438,5 tonna go&#8217;shtni qayta ishlash va 125,5 tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarishgacha ortdi. 1970\u2014 1995 yillarda Samarqand, Navoiy, Urganch, Jizzax va Namangan go&#8217;sht kombinatlari qurib ishga tushirildi, Buxoro, Farg&#8217;ona, Termiz, Xo&#8217;jayli, Qarshi, Shahrisabz go&#8217;sht kombinatlari qayta ta&#8217;mirlanib, quvvatlari oshirildi. Ko&#8217;pgina korxonalar yangi texnologiyalarni qo&#8217;llash asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini ko&#8217;paytirishga erishdilar. Respublika mustaqillikka erishgandan keyin boshqa sohalardagi singari go&#8217;sht sanoati sohasida ham chuqur tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi, tarmoqdagi korxonalarning ko&#8217;pchiligi davlat tasarrufidan chiqarilib, aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan go&#8217;sht va sut sanoati vazirligi tugatilib, 1993 yil 6 aprelda &#171;O&#8217;zgo&#8217;shtsutsanoat&#187; davlat-aktsiyadorlik uyushmasi tashkil etildi. 1991-2001 yillarda respublikadagi jamoa xo&#8217;jaliklari va tadbirkorlar tomonidan zamonaviy texnologiya uskunalari bilan jihozlangan go&#8217;sht va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaradigan ko&#8217;plab korxonalar qurildi. Tarmoqdagi eng yirik korxona Toshkent viloyati (O&#8217;rtaovul)dagi go&#8217;sht kombinatidir. Toshkent viloyatida bundan tashqari Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq go&#8217;sht kombinatlari va Yangiyo&#8217;l tajriba kolbasa zavodi ishlaydi. &#171;O&#8217;zbekbirlashuv&#187;ning &#171;O&#8217;zbekistan shirkat sanoati&#187; birlashmasi tarkibida ham kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaradigan o&#8217;nlab tsexlar faoliyat ko&#8217;rsatadi. Respublika Go&#8217;sht sanoatida Germaniya va Turkiya, Xitoy firmalari bilan hamkorlikda suyakni qayta ishlash, ichak maxsulotlari tayyorlash, yarim tayyor go&#8217;sht mahsulotlari ishlab chiqarish, go&#8217;shtni qadoqlash va o&#8217;rab iste&#8217;molga chiqarish bo&#8217;yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Hozirgi &#171;O&#8217;zgo&#8217;shtsutsanoat&#187; uyushmasi tarkibida 16 yirik go&#8217;sht korxonasi (kombinatlar) 45 go&#8217;sht yetishtirishga ixtisoslashgan xujaliklar, viloyat tumanlarida so&#8217;qimga boqiladigan va bo&#8217;rdoqichilik punktlari hamda 160 dan ortiq o&#8217;rta va kichik korxonalar bor. Respublika Go&#8217;sht sanoati o&#8217;zining mustaqil va yetarli xom ashyo bazasiga ega. Keyingi yillarda Respublikada chorva mollari bosh sonini saqlab qolgan holda, go&#8217;sht va go&#8217;sht mahsulotlari ishlab chiqarishni ko&#8217;paytirishga erishish yo&#8217;lidagi tadbirlar davom ettirilmoqda. 2000 yilda O&#8217;zbekiston Respublikasida 841,1 ming tonna go&#8217;sht yetishtirildi (tirik vaznda) va Go&#8217;sht sanoatida 121,6 ming tonna go&#8217;sht va go&#8217;sht mahsulotlari ishlab chiqarildi. Po&#8217;lat Tursunxo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>GO&#8217;SHT SANOATI &#8212; so&#8217;yilgan molni kompleks tarzda qayta ishlovchi sanoat tarmog&#8217;i, oziq-ovqat sanoatining muhim sohasi. Go&#8217;sht sanoati korxonalarida qoramol, qo&#8217;y-echki, parranda, quyon va boshqalar so&#8217;yilib, undan go&#8217;sht olinadi, go&#8217;sht konservasi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gosht-sanoati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-55800","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55800","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55800"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55800\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55801,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55800\/revisions\/55801"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55800"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55800"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55800"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}