{"id":55816,"date":"2023-03-29T13:35:28","date_gmt":"2023-03-29T10:35:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55816"},"modified":"2023-03-29T13:35:29","modified_gmt":"2023-03-29T10:35:29","slug":"gunnlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gunnlar\/","title":{"rendered":"GUNNLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>GUNNLAR, hunnlar (lotincha Hunni) \u2014 milodiy 2 \u2014 4-asrlarda turkiy hunlarning Uraloldi va Volga bo&#8217;yidagi o&#8217;g&#8217;ur (ugor) qabilalari bilan aralashuvidan tashkil topgan xalq. Milodiy 1-a.dahunlar Markaziy Mo&#8217;g&#8217;ulistondan Jung&#8217;oriyaga siqib chiqarilgan. Milodiy 155 -160 yillarda hunlarning katta qismi Uraloldi va Volga bo&#8217;yiga kelib mahalliy o&#8217;g&#8217;ur qabilalari bilan yagona qabila Ittifoqiga Birlashgan va shundan e&#8217;tiboran G&#8217;arb tarixiy manbalarida gunnlar deb atala boshlagan. Gunnlarning kelib chiqishi haqidagi ushbu qarash rus olimi K. A. Inostrantsev tomonidan olg&#8217;a surilib, u yagona turkiyzabon xalq \u2014 hunlarning g&#8217;arbiy tarmog&#8217;ini \u2014 Gunnlar, Sharqiy tarmog&#8217;ini \u2014 hunlar deb atashni taklif etgan. Bu fikrni ko&#8217;pchilik olimlar (S. V. Kiselyov, M. I. Artamonov, L. R. Kizlasov, N. Ya. Merpert, L. N. Gumilyov (Rossiya), Mak-Govern (Angliya), E. Pritsak (Chexiya) va boshqalar qo&#8217;llab-quvvatlashgan. M. Aji (Rossiya) Gunnlarni Dashti Qipchoq aholisi \u2014 qipchoqlar deb ataydi. 4-asrning 70-yillarida Gunnlarning g&#8217;arbga tomon ommaviy suratda siljishi boshlangan. Gunnlar alanlarni tobe etib, Balombir boshchiligida don daryosidan o&#8217;tganlar va yermanarix davlatini ag\u2019darib (375) ostgotlarning katta qismini bo&#8217;ysundirishgan hamda 376 yilda vestgopiarim frakiyaga chekinishga majbur qilishgan. Up y. Gunnlar bevosita Rim imperiyasi bilan yuzma-yuz kelishgan. Kuchli otliq qo&#8217;shinga ega bo&#8217;lgan ko&#8217;chmanchi Gunnlarning shiddat bilan olg&#8217;a yurishlari zamondoshlarida ulkan taassurot krldirgan. Bu yurishlar tafsiloti ammian Marsellin (4-asr) va Iordan (6-asr) asarlarida ancha batafsil yoritilgan. Ularning xabar berishlaricha, Gunnlarning hayoti ovchilik bilan o&#8217;tgan, ular imoratlar qurishmagan, o&#8217;qlarini paykoni uchun temir o&#8217;rniga suyakdan foydalanishgan, qabila boshliqlari (yo&#8217;lboshchilar) ning merosiy hokimiyatidan bexabar bo&#8217;lishgan. Aftidan ko&#8217;proq bu hol hunlar atrofiga uyushgan o&#8217;g&#8217;urlarga tegishli bo&#8217;lgan; Gunnlarga tobe hududlardan topilgan 2 \u2014 5-asrlarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Gunnlarda qadimdan o&#8217;ziga xos madaniyat mavjud ekanligidan darak beradi. Ov qiladigan yerlar va yaylovlarga bo&#8217;lgan ehtiyoj Gunnlarning Yevropaga bostirib kirishlarining asosiy sababi edi. G&#8217;arbiy Rim imperiyasi Gunnlardan germanlar va xalq harakatlariga qarshi kurashda ittifoqchi sifatida foydalandi (Gunnlarni Pollentsiya yaqinida 402 yilda Alarixni, 406 yil Etruriyada Radagaysni, 434 yil burgundlarni tor-mor etishda ishtirok etishlari va boshqalar). 395 \u2014 397 yillarda Gunnlar Suriya, Kappadokiya va Mesopotamiyani talon-toroj etishgan, 408 yil Frakiyaga, 415 yil Illiriyaga bostirib kirishgan. 420 yilga kelib Pannoniyada o&#8217;rnashib olganlar. Podsho Rugila (vafoti 434 yil)ning jiyani Attila davri Gunn qabilalar Ittifoqining hududiy jihatdan eng kengaygan va harbiy qudrati eng yuksalgan payti bo&#8217;lgan. 445 yil Attila taxtdoshi va amakivachchasi Bledani qatl etib, butun hokimiyatni o&#8217;z qo&#8217;liga olgan; 448 yilga kelib Sharqiy viloyatlarda akasirlar (M. I. Artamonov ularni Gunnlarning bir qismi deb hisoblaydi)ning separatik harakatlari barham topgan. Gunnlarning asosiy yer-mulklari va podshoning qarorgohi Pannoniyada joylashgan. Gunnlar 447 yil Attila yo&#8217;lboshchiligida Sharqiy Rim imperiyasiga yurish qilib, Konstantinopol ostonalarigacha etib borganlar. Vizantiya elchisi Prisk attila bilan sulh bitimi tuzish haqida kelishib olgan, unga ko&#8217;ra ilgaridan Vizantiya to&#8217;lab kelayotgan tovon miqdori oshirilgan. 451 yil Attila o&#8217;ziga tobe bo&#8217;lgan barcha qabilalarni to&#8217;plab Galliyatya bostirib kirgan, yo&#8217;lida duch kelgan Mes, Strasburg, Vorms, Mayns va boshqa shaharlarni esa vayron qilgan. Gunnlar Orleanni qamal qilishgan, 451 yil 15 iyunda Katalaun jangida ular G&#8217;arbiy Rim imperiyasi va uning ittifoqchilaridan tashkil topgan qo&#8217;shin bilan to&#8217;qnashgan; 452 yil Italiyaga bostirib kirgan Gunnlar Akvileya va Milanni talon-toroj etishgan. Rimni qamal qilishganda Rim papasi Lev (Leon) I Attila oldida tiz cho&#8217;kib, katta tovon evaziga sulh tuzilishiga erishgan. Shunday qilib yoyiq (Ural) daryosidan Reyn daryosigacha cho&#8217;zilgan ulkan hudud Gunllar saltanati qo&#8217;l ostiga kirgan. Attila davrida Gunnlardagi ijtimoiy tuzum ularning Uraloldida yashagan ajdodlarining tuzumidan ko&#8217;p jihatdan farq qilgan. Mulkiy tabaqalanish kuchaygan. Priskning ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra, attilaning qarorgohi yog&#8217;ochdan yasalgan ulkan saroydan iborat bo&#8217;lgan, Gunnlarda Patriarxal qulchilik keng tarqalgan. Yo&#8217;lboshchilar hokimiyati endilikda merosiy bo&#8217;lgan. Biroq Gunnlar Yevropa sharoitida ham ko&#8217;chmanchi hayot tarzini o&#8217;zgartirmaganlar. Ularning ijtimoiy-jamoa tuzumi harbiy demokratiya bosqichida bo&#8217;lgan. Tobe etilgan qabilalar Gunnlarga soliq to&#8217;lab, ularning harbiy yurishlarida ishtirok etishardi. Qadimdan Gunnlar yagona osmon ruhi \u2014 tangriga sajda qilib, tangrichilik diniga e&#8217;tiqod qilishgan. Ba&#8217;zi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga ko&#8217;ra, xristian dinining juda ko&#8217;p ramzlari (masalan, xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qo&#8217;ng&#8217;iroqlari va boshqalar) milodiy 4-asrda Gunnlar bilan kelgan. Gunnlar bolani beshikka belaganlar, ot go\u2019shtini yeb, sutini ichganlar. Attilaning vafotidan so&#8217;ng (453) o&#8217;g&#8217;illari o&#8217;rtasida taxt uchun boshlangan o&#8217;zaro nizo Gunnlarga tobe bo&#8217;lgan va Gunn qabilalar Ittifoqiga kiruvchi gepidlar va boshqa qadimgi german qabilalarining qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tarishlariga sabab bo&#8217;lgan. Nedao daryosi bo&#8217;yida (Pannoniyada) Gunnlar yengilgan, qabilalar Ittifoqi tarqab ketgan. Gunnlar Qora dengiz buylariga chekingan, lekin bu erdagi Ug&#8217;ur qabilalari ularni tinch qo&#8217;ymagach, yana g&#8217;arbga tomon yo&#8217;l olganlar. 469 yil Frakiya hududiga kirganlarida, Vizantiya tomonidan to&#8217;xtatilganlar. Gunnlarning G&#8217;arbiy Yevropaga qilgan yurishlari G&#8217;arbiy Rim imperiyasining tanazzulga uchrashiga, eski ijtimoiy tuzum \u2014 quldorlik tuzumining o&#8217;rniga yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishiga turtki bo&#8217;lgan. Gunnlar nomi garchi ba&#8217;zan o&#8217;rta asr mualliflari tomonidan ko&#8217;pgina ko&#8217;chmanchi qabilalarni majoziy ma&#8217;noda atash uchun qo&#8217;llangan bo&#8217;lsada, Gunnlar xalq sifatida barham topgan. Gunnlarning qolgan-qutganlari Volga bulg&#8217;orlari tazyiqi ostida shimolga siljib chuvash xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. Gunnlarning maxsus tarmog&#8217;ini aftidan Dog&#8217;iston Gunnlari (avarlar) tashkil etgan. 5-asrda ular dastlab, sosoniylarga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;targan armanlarni qo&#8217;llab-quvvatlashgan, keyinchalik esa Kavkaz Albaniyasilagi qo&#8217;zg&#8217;olonni bostirish uchun sosoniylarga yollanganlar. Darbandning shimolda, markazi Varachan shahri bo&#8217;lgan kichik podshohlik (7-asrda xazarlarga vassal bo&#8217;lgan) Gunnlar bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan deb taxmin etish mumkin. Yevropa xalqlari adabiyoti, san&#8217;ati (rassomlik, haykaltaroshlik, teatr) da Gunnlar bilan, xususan, Attila bilan bog&#8217;liq juda ko&#8217;plab asarlar yaratilgan. Ad.: Inostrantsev K. A., Xunnu i gunni, L., 1926; Gumilyov L. N., Xunnu. Sredinnaya Aziya v dr. vremena, M., 1960; Iordan, O proisxojdenii i deyaniyax getov, M., 1960. Faxriddin Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>GUNNLAR, hunnlar (lotincha Hunni) \u2014 milodiy 2 \u2014 4-asrlarda turkiy hunlarning Uraloldi va Volga bo&#8217;yidagi o&#8217;g&#8217;ur (ugor) qabilalari bilan aralashuvidan tashkil topgan xalq. Milodiy 1-a.dahunlar Markaziy Mo&#8217;g&#8217;ulistondan Jung&#8217;oriyaga siqib chiqarilgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gunnlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-55816","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55816","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55816"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55816\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55817,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55816\/revisions\/55817"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55816"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55816"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55816"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}