{"id":5805,"date":"2021-10-26T07:03:31","date_gmt":"2021-10-26T04:03:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5805"},"modified":"2021-10-26T07:03:32","modified_gmt":"2021-10-26T04:03:32","slug":"azizov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/azizov\/","title":{"rendered":"AZIZOV"},"content":{"rendered":"\n<p>AZIZOV Otaqo&#8217;zi (1910.21.9, Qirg&#8217;iziston, O&#8217;sh viloyati) \u2014 tilshunos. O&#8217;zbekistonda (1970) va Qoraqalpog&#8217;istonda (1980) xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi. Filologiya fanlari doktori (1961), professor (1965). Rossiya Federatsiyasi ta&#8217;lim akademiyasining chet el muxbir a&#8217;zosi (1968). O&#8217;rta Osiyo universitetini tugatgan (1932). Toshkent pedagogika institutida dotsent (1940-45), Toshkent qishloq xo&#8217;jaligi instituti (1945-48), Toshkent kechki pedagogika instituti (1948\u2014 52), ToshDU (1952-85) da rus tili kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari o&#8217;zbek tilshunosligi, leksikografiyasi, rus va o&#8217;zbek tillarining qiyosiy o&#8217;rganish masalalariga bag&#8217;ishlangan. Azizov darsliklar, ruscha-o&#8217;zbekcha va boshqa lug&#8217;atlar tuzgan.<\/p>\n\n\n\n<p>AZIZOV Turg&#8217;un Tursunovich (1934.30.11, Toshkent) \u2014 aktyor va rejissyor. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat san&#8217;at institutini tugatgach (1956), Hamza teatrida aktyor. Asosiy rollari: Ferdinand (&#171;Makr va muhabbat&#187;), Ilyos (&#171;Sarvqomat dilbarim&#187;), Eydzi (&#171;O&#8217;g&#8217;irlangan umr&#187;), Marktuysk (&#171;Oqpadar&#187;), Niyoz (&#171;Noma&#8217;lum kishi&#187;), Yo&#8217;lchi (&#171;Qutlug&#8217; qon&#187;), G&#8217;ofir (&#171;Boy ila xizmatchi&#187;), Edmund (&#171;Qirol Lir&#187;), Ulug&#8217;bek (&#171;Mirzo Ulug&#8217;bek&#187;), Amir Nasrullo (&#171;Nodirabegim&#187;), Otello (&#171;Otello&#187;) va boshqalar. Aktyorga katta shuhrat keltirgan roli &#171;O&#8217;limdan kuchli&#187; spektaklidagi Monserradir. Kinoda Amir Olimxon (&#171;Gang uzra tong&#187;), Bakir (&#171;Maftuningman&#187;), Amir Nasrullo (Nodirabegim&#187;), Ota Maqsumov (&#171;Uzoq-yaqin yillar&#187;), Mirzakarimboy (&#171;Parol \u2014 Regina mehmonxonasi&#187;), Dadaboy (&#171;Qo&#8217;qon voqeasi&#187;, telefilm) kabi obrazlar yaratdi. Liriko-dramatik va romantik plandagi rollarni zo&#8217;r ehtiros va jo&#8217;shqinlik bilan ijro etadi, qahramonlar xarakterini ochishda til boyligidan ustalik bilan foydalanadi, oz harakatda ko&#8217;p ma&#8217;no anglatishga, qahramonining his-tuyg&#8217;ulari, ichki kechinmalarini tabiiy ifodalashga intiladi. Rejissyor sifatida &#171;Mirzo Ulug&#8217;bek&#187;, &#171;Alisher Navoiy&#187;, &#171;Mehrobdan chayon&#187;, &#171;Chimildiq&#187;, &#171;Mashrab&#187; (hammasi M. Abdullayeva bilan hamkorlikda) kabi spektakllarni sahnalashtirdi. <\/p>\n\n\n\n<p>AZIZOV Yunus (1860-1924) &#8212; me&#8217;mor va ganchkor usta. Me&#8217;mor Boqievning shogirdi. Dastlab masjid, madrasa, hammomlarni qurishda qatnashgan. So&#8217;ngra Kattaqo&#8217;rg&#8217;ondagi Abdurahimboy madrasasi (1903), Jizzaxdagi madrasa, Samarqanddagi Xo&#8217;ja Yusuf masjidi va boshqa binolarni qurishga rahbarlik qilgan. Ganchkorlik sirlarini mukammal egallagan, 1921-24 yilalarda Tillakori madrasa va Minorai Kalonni ta&#8217;mirlashda qatnashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AZIZOV Otaqo&#8217;zi (1910.21.9, Qirg&#8217;iziston, O&#8217;sh viloyati) \u2014 tilshunos. O&#8217;zbekistonda (1970) va Qoraqalpog&#8217;istonda (1980) xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi. Filologiya fanlari doktori (1961), professor (1965). Rossiya Federatsiyasi ta&#8217;lim akademiyasining chet el muxbir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/azizov\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5805","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5805","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5805"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5805\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5806,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5805\/revisions\/5806"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5805"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5805"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5805"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}