{"id":58980,"date":"2023-04-03T09:47:16","date_gmt":"2023-04-03T06:47:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=58980"},"modified":"2023-04-03T09:47:17","modified_gmt":"2023-04-03T06:47:17","slug":"bozor-iqtisodiyoti-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bozor-iqtisodiyoti-2\/","title":{"rendered":"BOZOR IQTISODIYOTI"},"content":{"rendered":"\n<p>BOZOR IQTISODIYOTI &#8212; iqtisodiy xatti-harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga muvofiqlashuvidir. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, ijtimoiy mo&#8217;ljalga ega bo&#8217;lgan iqtisoddir. Bozor iqtisodiyoti g&#8217;oyat ko&#8217;p qirrali va murakkab iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotining quyidagi subyektlari mavjud: a) iqtisodiy mustaqillikka ega bo&#8217;lgan mulk egasi yoki iste\u2019molchi kishilar yoxud guruhlar. Bularga, odatda, yollanib ishlovchilar, yer egalari, kapital sohiblari, ishlab chiqarish vositasi egalari kiradi. Ular tadbirkorlik qilmaydi. O&#8217;z xo&#8217;jaliklar. Ular foyda olish yo&#8217;lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga soladilar; d) davlat, aniqrog&#8217;i, davlatning barcha mahkama-yu tashkilotlari. Ular ham ishlab chiqarish, ham iste\u2019mol bilan shug&#8217;ullanadilar. Bozor va unda ishtirok etadiganlarni nazorat qiladilar. Bozor iqtisodiyotining muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm, ya\u2019ni mulk shakllari va xo\u2018jalikyuritish usullarining turlituman bo&#8217;lishidir. Bozor iqtisodiyotida ayrim mulkning hukmron bo&#8217;lishiga yo\u2018l qo&#8217;yihnaydi. Xo&#8217;jalik yuritish usullari ham turlicha bo&#8217;ladi: yakka tartibda, jamoaga uyushgan tartibda, sherikchilik paychilik yoki aksiyadorlik asosida, o\u2018z mablag\u2018iga yoki qarzga olingan mablag&#8217;ga tayanib xo&#8217;jalik yuritish, yer va boshqa vositalarni ijaraga olish va ishlatish kabilar bilan birgalikda boradi. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning mulk obyekti bo\u2018lishi, mulkdorlarning esa mustaqillikka ega bo&#8217;lishidir. Har bir korxona, tashkilot, ayrim fuqaro o\u2018z ixtiyoriga ko ra, qonun doirasida o&#8217;ziga maqul bo&#8217;lgan ish bilan shug&#8217;ullanadi. Bozor iqtisodiyoti erkin bo&#8217;lganidan, u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Biroq u o&#8217;zining tartibga soluvchisiga ega. Ularning eng muhimi bozor narxidir. Narx oshib, tovarlar jadal sotilsa, foyda ko&#8217;payadi, ularni ishlab chiqarish kerak bo&#8217;ladi. Tovarlar narxi pasayib, yaxshi o&#8217;tmasa, demak, ishlab chiqarishni qisqartirish yoki undan tamomila voz kechish kerak bo\u2018ladi. Bozor munosabatlarining har bir subyekti &#8212; korxonami, davlatmi, alohida kishimi, buning ahamiyati yo\u2018q, o\u2018z manfaatini ko&#8217;zlab faoliyat ko&#8217;rsatadi. Ammo ko\u2018r-ko\u2018rona, xohlagan ishini qilolmaydi, chunki u bozor bilan hisoblashishga majbur, aks holda, uning ishi yurishmaydi, xonavayron bo&#8217;ladi. Bozor iqtisodiyoti shunday iqtisodiy munosabatlar va ular ishlab chiqarish faoliyatini rag\u2019batlantiruvchi kuchni yuzaga chiqaradi. Ular har qanday iqtisodiyot kabi iqtisodiy qonunlar ta\u2019sirida rivojlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOZOR IQTISODIYOTI &#8212; iqtisodiy xatti-harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir-biriga muvofiqlashuvidir. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, ijtimoiy mo&#8217;ljalga ega &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bozor-iqtisodiyoti-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[261],"tags":[],"class_list":["post-58980","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfiga-oid-iqtisodiy-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/58980","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=58980"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/58980\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":58988,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/58980\/revisions\/58988"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=58980"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=58980"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=58980"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}