{"id":5911,"date":"2021-10-26T20:05:18","date_gmt":"2021-10-26T17:05:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5911"},"modified":"2021-10-26T20:05:21","modified_gmt":"2021-10-26T17:05:21","slug":"azotfiksatsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/azotfiksatsiya\/","title":{"rendered":"AZOTFIKSATSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>AZOTFIKSATSIYA, azot to&#8217;plash \u2014 mikroorganizmlarning molekulyar azotni o&#8217;zlashtirib, undan azotli birikmalar hosil qilish jarayoni. Asosiy azot to&#8217;plovchi mikroorganizmlar tuganak bakteriyalardir. Ularga dukkaklilarda va boshqa o&#8217;simliklar bilan simbioz yashab, atmosfera azotini o&#8217;zlashtiruvchi bakteriyalar hamda ko&#8217;k-yashil suvo&#8217;tlar, azotobakter, aktinomisetlar, klostridiyalar vakillari va boshqa tuproq bakteriyalaridan iborat erkin yashovchi mikroorganizmlar kiradi. Molekulyar azotni biologik o&#8217;zlashtiruvchilardan ratsional foydalanish hosilni oshirishga va mineral o&#8217;g&#8217;itlardan tejamli foydalanishga imkoniyat yaratadi. Frantsuz olimi J. Bussengo yuksak o&#8217;simliklar, masalan, dukkaklilar bilan simbioz holatda yashovchi azot to&#8217;plovchilar ustida birinchi aniq tajribalar o&#8217;tkazgan (1838). Ingliz olimlari G. Gelriger va G. Vilfart o&#8217;z ilmiy ishlarida dukkakli o&#8217;simliklar ildizidagi so&#8217;galsimon o&#8217;simtalar bilan o&#8217;simlikning erkin azotni to&#8217;plashi o&#8217;rtasida bog&#8217;liqlik borligini isbotlab berdilar (1888). 1866 yilda rus olimi M. S. Voronin tuganak to&#8217;qimalaridagi mikroskop tanachalarni tavsiflab bergan. Golland mikrobiologi M. Beyerink 1888 yilda tuganak bakteriyalarni toza holda ajratib olgan. U tuganak bakteriyalar molekulyar azotni o&#8217;zlashtirib, tuganaklar hosil qilishini asoslab berdi. Rus olimi S. N. Vinogradskiy 1893 yilda birinchi bo&#8217;lib azot to&#8217;plovchilarni toza holda ajratib olishga muvaffaq bo&#8217;ldi. Bu Clostridium pasteurianum deb atalgan spora hosil qiluvchi anaerob tayoqchalar edi. M. Beyerink 1901 yilda molekulyar azotni o&#8217;zlashtirish qobiliyatiga ega bo&#8217;lgan aerob bakteriya \u2014 Azotobakterni kashf qiladi. Toza bakteriyalar gazsimon azotni o&#8217;zlashtirmaydi. Bu jarayon faqat yuksak o&#8217;simliklar bilan simbioz holatda yuz beradi. Bakteriyalar o&#8217;simlik sintez qilgan organik birikmalar bilan, o&#8217;simliklar esa o&#8217;z navbatida tuganaklardagi bog&#8217;langan azot birikmalari bilan oziqdanadi. Bog\u2019langan azot tuganaklardan aminokislota shaklida o&#8217;simlikning yer ustki qismiga o&#8217;tadi. O&#8217;zlashtirilgan azotning bir qismi ildiz orqali tuproqqa o&#8217;tadi. Unumli azot to&#8217;planishini ta&#8217;minlovchi dukkakli o&#8217;simliklar bilan tuganakli bakteriyalar o&#8217;rtasidagi munosabat ma&#8217;lum tadbirlar majmuasi (optimal namlik, yaxshi aeratsiya, temperatura, rn, harakatchan fosfor, kaliy, mikroelementlarning bo&#8217;lishi va boshqalar) yordamida amalga oshadi. G&#8217;o&#8217;za \u2014 beda almashlab ekishda beda tuganak bakteriyalari har gektarda 100-150 kilogramm azot to&#8217;playdi. Ergash Ziyamuhamedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AZOTFIKSATSIYA, azot to&#8217;plash \u2014 mikroorganizmlarning molekulyar azotni o&#8217;zlashtirib, undan azotli birikmalar hosil qilish jarayoni. Asosiy azot to&#8217;plovchi mikroorganizmlar tuganak bakteriyalardir. Ularga dukkaklilarda va boshqa o&#8217;simliklar bilan simbioz yashab, atmosfera azotini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/azotfiksatsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5911","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5911","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5911"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5911\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5912,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5911\/revisions\/5912"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5911"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5911"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5911"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}