{"id":5961,"date":"2021-10-27T08:25:01","date_gmt":"2021-10-27T05:25:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5961"},"modified":"2021-10-27T08:25:02","modified_gmt":"2021-10-27T05:25:02","slug":"ayyor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ayyor\/","title":{"rendered":"AYYOR"},"content":{"rendered":"\n<p>AYYOR, ayyorlar (Arabcha \u2014 mug&#8217;ombir, daydi, yalangoyoq, maxfiy ish olib boruvchi) \u2014 1) Iroq va Eron shaharlarida 9-11-asrlarda diniy va siyosiy tusdagi g&#8217;alayonlarda faol ishtirok etgan g&#8217;oziylarning bir tabaqasi. Masalan, safforiylar qo&#8217;shinining tarkibiy qismini al-mutatavvi&#8217;a (&#171;ko&#8217;ngillilar&#187;) tashkil qilgan, ularni kamsitib Ayyor deb (&#171;muttahamlar&#187; ma&#8217;nosi ham bor) atashgan. Ayyor tabaqasi yersiz va qochoq dehqonlar hisobiga safini to&#8217;latib borgan. Ayyor mamlakat siyosiy hayotida muhim rol o&#8217;ynaganlar. Jangda alohida jasorat, shijoat ko&#8217;rsatgan Ayyor yuqoriroq tabaqaga \u2014 sarhanglar qatoriga o&#8217;tkazilgan; 2) o&#8217;rta asrlarda o&#8217;zaro jang qiluvchi ikki mamlakatning biridan ikkinchisining orqa tomoniga, shuningdek dushman qo&#8217;shini orasiga maxfiy ravishda yuborilib, unda hiyla nayrang ishlatib qutqu solish, qo&#8217;shinning orasini buzish, eng kerakli kishilarni aldab yo&#8217;ldan urish yoki qo&#8217;lga tushirish kabi ishlar bilan shug&#8217;ullanuvchi shaxs. O&#8217;tmishda xon (bek)liklar o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro nizo-janjallarda Ayyorlar katta xizmat qilgan. Masalan, Mehtarbodi Yaldoyi Samarqandiy, Chor Zo&#8217;lobiy, Dog&#8217;uli, Xavoriq (&#171;Abomuslim&#187; dostonida), Kamak Kayyoniy (&#171;Jamshid&#187; dostonida), Yosuman (A. Navoiyning &#171;Farhod va Shirin&#187; dostonida) va boshqalar; 3) Mug&#8217;ombir, &#171;Tulki&#187;, o&#8217;z foydasi uchun zimdan ish qiluvchi shaxs; 4) badiiy adabiyotda sho&#8217;x, Dilrabo, Nozli, sehrgar, o&#8217;ziga rom etuvchi yor (ma&#8217;shuqa).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AYYOR, ayyorlar (Arabcha \u2014 mug&#8217;ombir, daydi, yalangoyoq, maxfiy ish olib boruvchi) \u2014 1) Iroq va Eron shaharlarida 9-11-asrlarda diniy va siyosiy tusdagi g&#8217;alayonlarda faol ishtirok etgan g&#8217;oziylarning bir tabaqasi. Masalan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ayyor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5961","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5961","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5961"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5961\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5962,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5961\/revisions\/5962"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5961"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5961"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5961"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}