{"id":5980,"date":"2021-10-27T10:36:14","date_gmt":"2021-10-27T07:36:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5980"},"modified":"2021-10-27T10:36:15","modified_gmt":"2021-10-27T07:36:15","slug":"ayiqlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ayiqlar\/","title":{"rendered":"AYIQLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>AYIQLAR (Ursidae) \u2014 yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Eng yirik yirtqichlar, boshi katta, bo&#8217;yni qisqa va yo&#8217;g&#8217;on. Panjalari kuchli rivojlangan, tovonida yuradi. Dumi kalta, qalin juni orasida deyarli sezilmaydi. Ko&#8217;pchilik Ayiqlar o&#8217;simlikxo&#8217;r yoki aralash oziqlanadi. Ayiqlar odamga tegmaydi. Faqat oziq tanqis bo&#8217;lganida, keksa va yarador ayiqlar odam uchun xavfli hisoblanadi. Oq ayiq esa haqiqiy yirtqich bo&#8217;lib, odam uchun xavfli. Ayiqlarning 4 uruqqa mansub 7 turi mavjud. Qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq (Ursus arctos) Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Amerikaning o&#8217;rmonli o&#8217;lkalarida tarqalgan. Tanasining uzunligi 2,5 metr, og&#8217;irligi ba&#8217;zan 750 kilogrammga yetadi. O&#8217;zbekistonning tog&#8217; o&#8217;rmonlarida oqtirnoqli qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq (U. arctos leuconyx) uchraydi. Qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq oktabr \u2014 noyabrdan mart \u2014 aprelgacha daraxtlar kovagi, toshlarning ostidagi kovaklarda, tabiiy chuqur joylar yoki o&#8217;zi qazigan iniga tushib qishki uyquga ketadi. Urg&#8217;ochilari uyada 2-3 ta, ba&#8217;zan 1 yoki 4 ta nimjon bola tug&#8217;adi. Qora ayiq, Himolay ayig&#8217;i (U. thibetanus) ning tanasi birmuncha kichik va xipcharoq, quloklari yirik, juni qora, faqat ko&#8217;kragining oldingi tomonida tasmaga o&#8217;xshash oq juni bo&#8217;ladi. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoning aralash va keng bargli subtropik o\u2019rmonlarida yashaydi. Qora ayiq ham qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq singari mevalar, o&#8217;simliklarning barglari va yosh novdalari, turli hasharotlar va hayvonlarning murdalari bilan oziqlanadi. Oq ayiq (U. maritimus) Arktika muzliklarida yashaydi, asosan tyulenlar, hayvonlarning murdalari bilan oziqlanadi. Qishda uxlamaydi. Tanasining uzunligi 3 metr, og&#8217;irligi 750 kilogrammgacha keladi. Baribal (Euarctos americanus) shimoliy Amerikada tarqalgan, juni silliq, tanasining uzunligi 1,5\u20141,8 metr, og&#8217;irligi 120\u2014 150 kilogrammga yetadi. Janubiy Osiyoning tropik va subtropik o&#8217;rmonlarida Malayziya ayig&#8217;i (Helarctos malayanos), Hindiston va Tseylonda labdor ayiq (Melursus ursinus), Janubiy Amerikada ko&#8217;zoynakli ayiq (Tremaratus ornatus) uchraydi. Ko&#8217;pchilik ayiqlar mo&#8217;ynasi va yog&#8217;i uchun ovlanadi. Lekin barcha turlarining soni keskin kamayib ketayotganligi tufayli aksari mamlakatlarda muhofaza qilinadi. Ayiqlarning 5 turi xalqaro qizil kitobga, qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq O&#8217;zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Ad.: Bogdanov O. P., Redkie jivotnie Uzbekistana, T., 1991; Naumov S. P., Umurtqali hayvonlar zoologiyasi, T., 1995.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AYIQLAR (Ursidae) \u2014 yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Eng yirik yirtqichlar, boshi katta, bo&#8217;yni qisqa va yo&#8217;g&#8217;on. Panjalari kuchli rivojlangan, tovonida yuradi. Dumi kalta, qalin juni orasida deyarli sezilmaydi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ayiqlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5980","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5980","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5980"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5980\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5981,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5980\/revisions\/5981"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5980"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5980"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5980"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}