{"id":6134,"date":"2021-10-27T17:40:06","date_gmt":"2021-10-27T14:40:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6134"},"modified":"2021-10-27T17:40:07","modified_gmt":"2021-10-27T14:40:07","slug":"akademiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/akademiya\/","title":{"rendered":"AKADEMIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>AKADEMIYA (Yunoncha \u2014 Akademos \u2014 afsonaviy qahramon akadem nomidan)\u2014 ko&#8217;pgina ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlari, o&#8217;quv yurtlarining nomi. Miloddan avvalgi 4 &#8212; asrda Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi, Afina yaqinidagi joy ham uning nomi bilan atalgan. Sharq mamlakatlarida Akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar 8-9-asrlarda tarkib topa boshlagan. Xususan, Arab xalifaligida Horun ar-Rashid hukmronligi davri (786-809) da &#171;Bayt ul-hikmat&#187; (&#171;Hikmat xonasi&#187;)ga asos solinib, xalifa Ma&#8217;mun hukmronligi davri (813\u2014 833)da &#171;Bayt ul-hikmat&#187;ning faoliyati yanada rivoj topgan, uning rasadxonasi va katta kutubxonasi bo&#8217;lgan (buyuk matematik Muso Xorazmiy va astronom Ahmad Farg&#8217;oniy shu yerda ishlagan). Mashhur olim va shoir Ibn Xamdon (935 yil vafot etgan) Mosul shahrida kutubxonali &#171;Dor ul-ilm&#187; (&#171;Ilm uyi&#187;) ochgan va bu joy ilmga intilganlarning kirishi uchun bemalol bo&#8217;lgan. Bunday Alar Bag&#8217;dodda, shuningdek Misrda ham ochilgan. 1010 yilda Urganchda Mamun akademiyasiga asos solingan. Abu Rayhon Beruniy shu Akademiyaning rahbari bo&#8217;lgan (bu Akademiya doirasida Abu Ali ibn Sino, faylasuf Abu Saxl Masihiy, tabib Abulhasan Hammor va boshqalar ish olib borishgan). Amir Temur tomonidan Samarqandda to&#8217;plangan olim, yozuvchi va me&#8217;morlar 15 &#8212; asr fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo&#8217;shganlar. Ulug&#8217;bek madrasasi va rasadxonasi ham o&#8217;z davrining Akademiyasidir; bu Akademiya Qozizoda Rumiy, G&#8217;iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk matematik hamda astronomlarni birlashtirgan. 15- asrning 2 &#8212; yarmida ilmiy va madaniy markazga aylangan Hirotda, Navoiy atrofida olim, yozuvchi, rassom, sozanda va boshqalardan tarkib topgan o&#8217;ziga xos ilmiy va badiiy jamiyat yuzaga kelgan. Hirot miniatyura maktabini o&#8217;rta asr sharqida davlat tomonidan ta&#8217;sis etilgan birinchi badiiy Akademiya deb hisoblash mumkin (Behzod shu Akademiyaning eng yirik vakilidir). 15 16-asrlarda Yevropada (Italiyada) turli ilmiy jamiyatlar Akademiya deb atala boshlagan; ularning faoliyati asosan ijtimoiy fanlar yo&#8217;nalishida bo&#8217;lgan. 17-asrda bir qancha ilmiy jamiyatlar \u2014 Akademiyalar tuzilib, ular asosan tabiatshunoslik masalalari bilan shug&#8217;ullangan. 17-asrning 2 &#8212; yarmidan davlat hokimiyati yordami bilan bir qancha mamlakatlarda milliy ilmiy markaz sifatidagi Akademiyalar tuzildi; masalan, Londondagi Qirollik jamiyati (1660), Parij Fanlar Akademiyasi (1666), Berlindagi Prussiya Fanlar Akademiyasi (1700), Peterburg Fanlar Akademiyasi (1724). Hozirgi vaqtda kompleks turdagi Fanlar Akademiyasi yoki ularga o&#8217;xshash muassasalar ko&#8217;p mamlakatlarda bor; bu mamlakatlarning ko&#8217;plarida fan yoki madaniyatning biror tarmog&#8217;ini qamragan soha Akademiyalari ham mavjud. O&#8217;zbekistonda O&#8217;zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti hisoblanadi; O&#8217;zbekistonda O&#8217;zbekiston Respublikasi badiiy akademiyasi ham mavjud. O&#8217;zbekiston va ba&#8217;zi mamlakatlardagi ayrim oliy o&#8217;quv yurtlari ham Fanlar Akademiyasi deb ataladi (masalan, O&#8217;zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining Harbiy Akademiyasi, O&#8217;zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Rossiyadagi K. A. Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo&#8217;jalik Akademiyasi). Shuningdek respublikamizda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi ham faoliyat yuritadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AKADEMIYA (Yunoncha \u2014 Akademos \u2014 afsonaviy qahramon akadem nomidan)\u2014 ko&#8217;pgina ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlari, o&#8217;quv yurtlarining nomi. Miloddan avvalgi 4 &#8212; asrda Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi, Afina &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/akademiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6134","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6134","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6134"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6134\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6135,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6134\/revisions\/6135"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6134"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6134"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6134"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}