{"id":6154,"date":"2021-10-27T19:51:55","date_gmt":"2021-10-27T16:51:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6154"},"modified":"2021-10-27T19:51:57","modified_gmt":"2021-10-27T16:51:57","slug":"akbarnoma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/akbarnoma\/","title":{"rendered":"&#171;AKBARNOMA&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;AKBARNOMA&#187;, &#171;Tarixi Akbarshohiy&#187; (&#171;Akbarshoh tarixi&#187;), &#171;Tarixi Akbariy&#187; (&#171;Akbar tarixi&#187;) \u2014 tarixiy asar; boburiylardan Akbar topshirig&#8217;iga ko&#8217;ra uning vaziri va yaqin safdoshi Abulfazl Allomiy tomonidan 1589-1601 yillarda yozilgan. &#171;Akbarnoma\u201d 3 jilddan iborat. Birinchi jildida Akbarning tug&#8217;ilishi, uning shajarasi hikoya qilinadi, Bobur, Humoyun davrida Afg&#8217;oniston va shimoliy Hindistonda yuz bergan siyosiy vaziyat tasvirlanadi. Bulardan tashqari Akbar hukmronligining ilk 17 yili (1556-72) da ro&#8217;y bergan voqealar bayon etiladi. Ikkinchi jild Hindiston va shimoliy Afg&#8217;oniston tarixini (1573-1601\/02 yil), uchinchi jild esa Akbar shaxsi, uning saroyi, Boburiylar saltanatining tuzilishi, mamlakatning ma&#8217;muriy bo&#8217;linishi, soliq va boshqalardan keladigan tushumlar, dinlar, hindlarning dunyoqarashi va boshqalar haqidagi ma&#8217;lumotlarni o&#8217;z ichiga oladi. Uchinchi jild &#171;Oyini Akbariy&#187; (&#171;Akbar qonunlari&#187;) nomi bilan mustaqil asar sifatida ham mashhur. Muallif vafotidan so&#8217;ng Akbar hukmronligining so&#8217;nggi davrlari yozilmay qolgan. Ammo, keyinchalik bu davrlar &#171;Akbarnoma\u201d asosi (tartibi)da yoritiladi (unda voqealar yilma-yil bayon etiladi) va u &#171;Takmilaiy Akbarnoma&#187; nomi bilan tarixga kiradi. &#171;Akbarnoma\u201dga qo&#8217;shimcha qilingan so&#8217;nggi qismlari muallifi aniq ma&#8217;lum emas. Ba&#8217;zi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, u lahorlik yozuvchi va tarixchi Inoyatullo ibn Muhibb Ali deyilsa, boshqa ma&#8217;lumotlarda Shoh Jahonning mashhur tarixchisi Muhammad Solih Kambo (&#171;Shoh Jahonnoma&#187;ning muallifi) deyiladi, uchinchi bir ma&#8217;lumotda esa Abulfazl Allomiy maktublarini to&#8217;plagan jiyani tomonidan yozilgan deb ko&#8217;rsatiladi. &#171;Akbarnoma\u201d da tarixiy voqealar yilma-yil tadrijiy suratda bayon etiladi. Ma&#8217;lumotlar esa rasmiy hujjatlardan olinadi va sodir bo&#8217;lgan voqealarning bevosita ishtirokchisi, guvohi bo&#8217;lganlarning yozishmalari va xotiralariga asoslaniladi. Shunga ko&#8217;ra &#171;Akbarnoma\u201d qimmatli va ishonchli tarixiy asar hisoblanadi. &#171;Akbarnoma\u201d nusxalari Angliya, Frantsiya, Hindiston, Rossiya va boshqa mamlakatlarda saqlanmoqda. 19-asrda &#171;Akbarnoma\u201d Beverij, Elliot va Dousonlar (I\u2014 II jild), shuningdek Glodvin, Bloshman, Jarretlar (III jild) tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Ad.: Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI\u2014XVIII vv., T., 1985.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;AKBARNOMA&#187;, &#171;Tarixi Akbarshohiy&#187; (&#171;Akbarshoh tarixi&#187;), &#171;Tarixi Akbariy&#187; (&#171;Akbar tarixi&#187;) \u2014 tarixiy asar; boburiylardan Akbar topshirig&#8217;iga ko&#8217;ra uning vaziri va yaqin safdoshi Abulfazl Allomiy tomonidan 1589-1601 yillarda yozilgan. &#171;Akbarnoma\u201d 3 jilddan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/akbarnoma\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6154","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6154","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6154"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6154\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6155,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6154\/revisions\/6155"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6154"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6154"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6154"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}