{"id":6288,"date":"2021-10-28T14:45:45","date_gmt":"2021-10-28T11:45:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6288"},"modified":"2021-10-28T14:45:46","modified_gmt":"2021-10-28T11:45:46","slug":"akrobatika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/akrobatika\/","title":{"rendered":"AKROBATIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>AKROBATIKA (Yunoncha akrobotes \u2014 oyoq uchida yuraman, yuqoriga chiqaman) \u2014 1) gimnastika shaklidagi jismoniy mashqlar turi; 2) sakrash, sport uskunalariga tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlab bajariladigan, kuch, epchillik namoyish qilinadigan va boshqa maxsus jismoniy mashqlar majmuasi, sport turi. Sport Akrobatikasi 20-asr 30 &#8212; yillarida paydo bo&#8217;ldi. Bu sport turida sakrash mashqlari quyidagicha bajariladi: aylanishlar, do&#8217;mbaloq oshishlar, salto. Bu harakatlarni bajarganda sportchi avvalo o&#8217;z muvozanatini, so&#8217;ng sheriklarining muvozanatini saqlashi zarur. Akrobatika musobaqalari kuyidagi turlarga bo&#8217;linadi: akrobatik sakrashlar (erkak va ayollar); aralash juftliklar mashqi (erkak va ayol); erkaklar juftlik mashklari; ayollar guruhli mashqlari; erkaklar guruhli mashqlari (ikki yoki to&#8217;rt kishi); batut (sakragich) ustida (erkaklar va ayollar) mashklari. Xalqaro sport Akrobatikasi federatsiyasiga (1973 yil asos solingan) 29 mamlakat a&#8217;zo (1987). 1974 yildan jahon, 1978 yildan Yevropa chempionati o&#8217;tkaziladi. Akrobatika sporti O&#8217;zbekistonda 1936 yildan rivojlana boshladi. O&#8217;zbekiston Respublikasida N. Lakiza, M. Teshaboyev, M. Tojiyev, D. Kostin, R. Isyanov, V. Babich, M. Qodirova, Ya. Muhamedov mashhur akrobatchilardir; 3) tsirk san&#8217;ati janri. Misr, Yunoniston, Rim, Vizantiya, Xitoy, Yaponiyada qadimdan ma&#8217;lum. O&#8217;rta asrlarda Akrobatika Turkiston masxarabozlik san&#8217;atidan o&#8217;rin egallab, dorbozlikda keng qo&#8217;llanilgan. Boshqa mamlakatlarda mim janrida chiquvchilar (Italiyada), jonglyorlar (Frantsiyada) faoliyatida namoyon bo&#8217;lgan. 18-asr oxirlaridan tsirkda keng tarqaldi. Asosan, dinamik va statik mashqlarga bo&#8217;linadi. Dinamik mashqlar umbaloq oshish, to&#8217;ntarilish, salto (turgan joyda muallaq holda umbaloq oshib, yana o&#8217;z vaziyatiga qaytish) harakatlaridan; statik mashqlar turli vaziyatda muvozanat saqlash, chalqanchasiga ag&#8217;darilib, gavdani &#171;ko&#8217;prikcha&#187; qilish kabi mashqlardan iborat. Kuch Akrobatikasi (qo&#8217;lda yoki boshda turish, muvozanat saqlash), sakrash Akrobatikasi (ikki yoki undan ortiq kishining sakrashi, Flik-Flyak, saltomortale, g&#8217;ildiraksimon sakrash va boshqalar), yelka Akrobatikasi (3 kishidan kam bo&#8217;lmagan holda, ulardan biri yelkadan yelkaga sakraydi), komik Akrobatika (masxarabozlar grimda chiqib tasodifan qoqilib ketgandek bo&#8217;lib, tomoshabinlarni kuldiradi, dor, to&#8217;rnik, batut va manej ustida kulgili mashklar bajaradi) va boshqa Akrobatika o&#8217;yinlari bor. Ot ustida Akrobatika (chopib ketayotgan ot ustida mashqlar bajarish) zamonaviy tsirkda asosiy janrlardan biri. O&#8217;zbekiston tsirk va estrada dasturlarida Akrobatikadan keng foydalaniladi. Maxsus (tsirk, teatr) o&#8217;quv yurtlarida Akrobatika alohida daryo sifatida o&#8217;qitiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AKROBATIKA (Yunoncha akrobotes \u2014 oyoq uchida yuraman, yuqoriga chiqaman) \u2014 1) gimnastika shaklidagi jismoniy mashqlar turi; 2) sakrash, sport uskunalariga tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlab bajariladigan, kuch, epchillik namoyish qilinadigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/akrobatika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6288","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6288","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6288"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6288\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6289,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6288\/revisions\/6289"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6288"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6288"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6288"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}