{"id":64435,"date":"2023-04-07T15:15:04","date_gmt":"2023-04-07T12:15:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=64435"},"modified":"2023-04-07T15:15:05","modified_gmt":"2023-04-07T12:15:05","slug":"tannarx-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tannarx-2\/","title":{"rendered":"TANNARX"},"content":{"rendered":"\n<p>TANNARX &#8212; korxonalar mahsulot tayyorlashga qiladigan sarflarning pul shaklida ifodalanishi. Mahsulot tannarxini hisoblash iqtisodiyotning har bir tarmog&#8217;ida o&#8217;z xususiyatiga ega. Shuning uchun ham amalda mahsulot birligi tannarxi, yuk tashish tannarxi, qurilish-montaj ishlari tannarxi kabi tarmoq hisob-kitob usullari qo&#8217;llaniladi. Birlik tannarxi qilingan sarf-xarajatlarni tayyorlangan mahsulot yoki bajarilgan ishlarning miqdoriga bo&#8217;lish orqali hisoblanadi. Sanoatda tovar mahsuloti tannarxi qo&#8217;llanilib, o&#8217;z navbatida 3 ta turga &#8212; sex, korxona va to&#8217;la yoki tijorat tannarxiga bo&#8217;linadi. Sex tannarxi shu sex doirasida, korxona tannarxi korxona doirasidagi tovar ishlab chiqarish xarajatlarini o&#8217;z ichiga oladi. To&#8217;la tannarx esa barcha ishlab chiqarish xarajatlaridan tashqari, tovarni iste\u2019molchiga yetkazib berish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;Igan xarajatlarni o&#8217;z ichiga oladi. Mahsulot tannarxiga quyidagilar kiradi: a) xomashyo va materialiar; b) yoqilg&#8217;i va moylash materiallari; d) elektr energiya xarajatlari; e) amortizatsiya ajratmasi; f) ish haqi; g) ijtimoiy sug&#8217;urta ajratmalari; h) umumiy ishlab chiqarish xarajatlari; i) umumiy xo&#8217;jalik xarajatlari. Bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tilishi munosabati bilan \u201cKorxonalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to&#8217;g&#8217;risida\u2019 gi O&#8217;zbekiston Respublikasi qonuniga binoan tibbiyot sug&#8217;urtasiga to&#8217;lov, majburiy sug&#8217;urta to&#8217;lovi, qisqa muddatli bank kreditiga foiz ajratmasi to&#8217;lovlari joriy etilishi tannarx tarkibiga qo&#8217;shimcha xarajatlar kiritdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab chiqarish va sotish tannarx miqdoriga bog&#8217;liqdir. Zero, ishlab chiqarish uchun eng asosiy masala shuki, yuqori foyda olish va raqobatda yutish tannarxini qanchalik kamaytira olishga bog&#8217;liq bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TANNARX &#8212; korxonalar mahsulot tayyorlashga qiladigan sarflarning pul shaklida ifodalanishi. Mahsulot tannarxini hisoblash iqtisodiyotning har bir tarmog&#8217;ida o&#8217;z xususiyatiga ega. Shuning uchun ham amalda mahsulot birligi tannarxi, yuk tashish tannarxi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tannarx-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[288],"tags":[],"class_list":["post-64435","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfiga-oid-iqtisodiy-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/64435","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=64435"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/64435\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":64436,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/64435\/revisions\/64436"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=64435"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=64435"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=64435"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}