{"id":6454,"date":"2021-10-29T06:49:46","date_gmt":"2021-10-29T03:49:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6454"},"modified":"2021-10-29T06:49:47","modified_gmt":"2021-10-29T03:49:47","slug":"aktsiyadorlar-jamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/aktsiyadorlar-jamiyati\/","title":{"rendered":"AKTSIYADORLAR JAMIYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>AKTSIYADORLAR JAMIYATI &#8212; daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aktsiyadorlik jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko&#8217;rsatilgan aktsiyalar chiqarish va uni sotish yo&#8217;li bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aktsiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aktsiyadorlik jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi ko&#8217;rinishlari bor: a) yopiq Aktsiyadorlik jamiyati \u2014 aktsiya egalari ma&#8217;lum guruh, mas, ta&#8217;sischilarning o&#8217;zi bilan cheklanadi. Aktsiyalar faqat ularning o&#8217;rtasida tarqatiladi; b) ochiq Aktsiyadorlik jamiyati \u2014 jamiyat aktsiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aktsiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aktsiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning a&#8217;zosi bo&#8217;la oladi. Aktsiyadorlik jamiyati pulni bir yerga to&#8217;plab biznesga qo&#8217;yish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari ta&#8217;sischilar deb yuritiladi. Ta&#8217;sischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar bo&#8217;lishi mumkin. Aktsiyadorlik jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni to&#8217;plab yirik pulga aylantirish, ya&#8217;ni kapital bo&#8217;la oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qo&#8217;yishdan iborat. Aktsiyadorlik jamiyatini boshqarishning oliy organi \u2014 aktsiyadorlar Majlisi, so&#8217;ngra \u2014 direktorlar kengashi va quyi bo&#8217;g&#8217;ini \u2014 bo&#8217;linmalar boshqarmasidan iborat. Aktsiyadorlar Majlisi Aktsiyadorlik jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi o&#8217;zgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foydazarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini ko&#8217;rib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Dastlab Aktsiyadorlik jamiyati 17-asrda paydo bo&#8217;lgan, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olgan. O&#8217;zbekistonda Aktsiyadorlik jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo bo&#8217;ldi, davlat korxonalarini Aktsiyadorlik jamiyati aylantirish mulkiy o&#8217;zgarishlarning yo&#8217;nalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiqturdagi Aktsiyadorlik jamiyati tashkil topdi. Uning 2 &#8212; bosqichida ochiq turdagi Aktsiyadorlik jamiyati shakllana boshladi. O&#8217;zbekistonda 1995 yil 2255, 1996 yil 5500 Aktsiyadorlik jamiyati ishladi. O&#8217;zbekistonda Aktsiyadorlik jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aktsiyadorlik jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish ko&#8217;radi. Ularning faoliyati O&#8217;zbekiston Respublikasining &#171;Aktsiyador jamiyatlar va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to&#8217;g&#8217;risida&#187; (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AKTSIYADORLAR JAMIYATI &#8212; daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aktsiyadorlik jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko&#8217;rsatilgan aktsiyalar chiqarish va uni sotish yo&#8217;li bilan tarqatish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/aktsiyadorlar-jamiyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6454","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6454","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6454"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6454\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6455,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6454\/revisions\/6455"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6454"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6454"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6454"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}