{"id":6530,"date":"2021-10-29T18:46:31","date_gmt":"2021-10-29T15:46:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6530"},"modified":"2021-10-29T18:46:39","modified_gmt":"2021-10-29T15:46:39","slug":"alash-orda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/alash-orda\/","title":{"rendered":"ALASH O&#8217;RDA"},"content":{"rendered":"\n<p>ALASH O&#8217;RDA \u2014 qozoq xalqining milliy ozodlik, mustaqillik uchun kurashiga rahbarlik qilgan milliy partiyasi va Muxtor hukumati (1917 yil aprel \u2014 1920 yil mart). 1917 yil 27 aprel &#8212; 7 may kunlari Semey viloyati qozoq vakillarining kengashi bo&#8217;lib, unda bo&#8217;lajak Butunqozoq vakillari qurultoyida Qozog&#8217;istonning muxtoriyatini tuzish masalasi ko&#8217;rildi. 1917 yil 21-26 iyul kunlari Orenburgda Butunqozoq vakillari qurultoyi bo&#8217;lib, unda Oqmo&#8217;la, Semey, To&#8217;rg&#8217;ay, O&#8217;rol, Yettisuv, Sirdaryo, Farg&#8217;ona viloyatlari, shuningdek ichki Bukey o&#8217;rdasi vakillari ishtirok etishdi. Qurultoyda mamlakatni boshqaruv shakli, qozoq viloyatlari muxtoriyati, yer masalasi, xalq militsiyasi, zemstvo, xalq ta&#8217;limi, qozilik, diniy masalalar ko&#8217;rildi. Qozoq demokratii hokimiyatini tuzish, islohotlar, xalqning o&#8217;zini-o&#8217;zi boshqaruvi uchun zaruriy muzoqaralar uyushtirish masalalari muhokama qilindi. Qurultoyda qozoqlarning Alash partiyasini tuzish masalasi Ko&#8217;rildi. Alash partiyasi joylarda mahalliy xalq hokimiyatini o&#8217;rnatishga kirishdi. 1917 yil 19 dekabrda Yettisuvda hokimiyat mahalliy xalq vakillari qo&#8217;liga o&#8217;tdi. 1917 yilning 5-13 dekabr kunlari Orenburgda Alash partiyasining navbatdagi uchinchi qurultoyi bo&#8217;lib o&#8217;tadi. Qurultoy 13 dekabrda poytaxti Semipalatinsk shahri bo&#8217;lgan Alash O&#8217;rda muxtoriyatini e&#8217;lon qiladi. Alixon Bukeyxon o&#8217;g&#8217;li hukumat boshlig&#8217;i etib saylanadi. Tez orada bu hukumat 27 ming nafarlik milliy qo&#8217;shin va tartibni saqlash bo&#8217;linmalarini tashkil etdi. Qurultoyda Alash partiyasining dasturi loyihasi qabul qilinib, umumxalq muhokamasi uchun &#171;qozoq&#187; gazetasida e&#8217;lon qilinadi. O&#8217;n bo&#8217;limdan iborat bu hujjatda partiyaning mamlakat bo&#8217;yicha tuzilishi, mudofaa, din, ilm-fan yo&#8217;lidagi faoliyati, agrar masala bo&#8217;yicha vazifalar belgilandi. 1918 yil martida O&#8217;rol viloyatida o&#8217;tkazilgan saylovlarda mustaqillik kuchlari g&#8217;olib chiqdi. Ammo, 29 martga o&#8217;tar kechasi teskari kuchlar va bolsheviklar harbiy to&#8217;ntarish o&#8217;tkazdilar. O&#8217;rol viloyati ijroqo&#8217;mining 60 nafar vakili qamaldi va azoblab o&#8217;ldirildi. Yettisuv viloyatida 1918 yilning 2-3 martida bolsheviklar Alash partiyasi vakillarini qamoqqa oldilar. Orenburgda To&#8217;rg&#8217;ay viloyati Sho&#8217;rolarining 1-qurultoyi (1918 yil 21 mart \u2014 3 aprel) da ham bolsheviklar g&#8217;olib chiqdi. Shu kunlari Oqmo&#8217;la uezdi qozoq vakillari Sho&#8217;rolari qurultoyida bolsheviklar tazyiqi bilan Alash O&#8217;rda muxtoriyatiga qarshi qaror qabul qilindi. Alash O&#8217;rda partiyasining Orenburgda chiqib turgan &#171;qozoq&#187; gazetasi yopildi. Uning egallab turgan binosi va mulki musodara qilindi. Alash O&#8217;rda siyosiy partiyasi tashkilotchilaridan Alixon Bukeyxon (1869-1937) va Mirjaqib Davlat o&#8217;g&#8217;li (1885-1935) kabilar quvg&#8217;in qilinib, ta&#8217;qib ostiga olindi. Oqgvardiyachilar deb atalgan Sibir hukumatini rasmiy tarzda tan olgan Alash O&#8217;rda hukumati ataman Dutov bilan til biriktirib Sho&#8217;ro hukumatiga qarshi chiqdi. Dutov tor-mor keltirilgach, Umumqozoq Revkomi qarori bilan Alash O&#8217;rda 1920 yilning martida tugatildi. Naim Norqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ALASH O&#8217;RDA \u2014 qozoq xalqining milliy ozodlik, mustaqillik uchun kurashiga rahbarlik qilgan milliy partiyasi va Muxtor hukumati (1917 yil aprel \u2014 1920 yil mart). 1917 yil 27 aprel &#8212; 7 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/alash-orda\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6530","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6530","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6530"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6530\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6531,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6530\/revisions\/6531"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6530"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6530"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6530"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}