{"id":6668,"date":"2021-10-30T06:57:11","date_gmt":"2021-10-30T03:57:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6668"},"modified":"2021-10-30T06:57:12","modified_gmt":"2021-10-30T03:57:12","slug":"ali-ibn-abu-tolib","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ali-ibn-abu-tolib\/","title":{"rendered":"ALI IBN ABU TOLIB"},"content":{"rendered":"\n<p>ALI IBN ABU TOLIB (taxminan 600-661, Ko&#8217;fa) \u2014 Islomda &#171;Xulafo ar-roshidin&#187; (&#171;to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;ldan borgan xalifalar&#187;), dindorlar o&#8217;rtasida &#171;choryorlar&#187; deb atalgan dastlabki 4 xalifadan to&#8217;rtinchisi. Quraysh qabilasining Hoshimiylar xonadonidan. Muhammad (sav)ning amakivachchasi va kuyovi (Fotimaning eri). Islomda vujudga kelgan shialik harakati bevosita Ali ismi bilan bog&#8217;liqdir. 7 &#8212; asr o&#8217;rtalarida xalifa Usmon siyosatidan norozilik ommaviy tus oldi. Muhammad (sav)ning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qo&#8217;rqmas va sodiq jangchi, o&#8217;ta taqvodor inson, mohir notiq Ali xalifalikka munosib nomzod sifatida ko&#8217;pchilikka ma&#8217;qul edi. 656 yil iyunida Usmon o&#8217;ldirildi va Ali xalifa deb e&#8217;lon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda Aliga nisbatan adovatda bo&#8217;lgan payg&#8217;ambarning bevasi Oysha tarafdorlari unga qarshi bosh ko&#8217;tardilar. Qatl etilgan Usmonning qarindoshi Suriya hokimi Muoviya ham Aliga qarshi urush e&#8217;lon qildi. 657 yil Furot daryosi o&#8217;ng qirg&#8217;og&#8217;idagi Siffin degan joyda yuz bergan jangda Ali qo&#8217;li baland kelgan bo&#8217;lsada, u raqiblari bilan kelishishga ko&#8217;ndi. Bundan norozi bo&#8217;lgan Ali askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etdilar va xorijiylar deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkil qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qo&#8217;llay boshladilar. 661 yil 19 yanvarda Ali Ibn Muljam degan shaxs tomonidan masjiddan chiqish paytida jarohatlandi va ikki kundan so&#8217;ng vafot etdi. Islomda Ali shaxsiga munosabat turlichadir. Xorijiylar unga o&#8217;ta salbiy munosabat bildirgan bo&#8217;lsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborganlar. Ahli sunna Ali shaxsiga mo\u2019tadil va to&#8217;g&#8217;ri baho beradi. Shubhasiz, Ali Umar ibn al-Xattob singari Islom g&#8217;alabasi yo&#8217;lida katta xizmat ko&#8217;rsatgan arbob, Islom ahkomlari, Qur&#8217;on va uning tafsirlari hamda hadis rivoyatlari bilan bog&#8217;liq ko&#8217;p masalalarning chuqur bilimdoni bo&#8217;lgan. Ali tarafdorlari keyinchalik islomdagi shialik (Arabcha \u2014 &#171;shia&#187; \u2014 guruh, bu o&#8217;rinda &#171;Ali tarafdorlari&#187; mazmunida) oqimini tashkil etganlar. Ali shialarning 1-imomi va shia imomlari shajarasini boshlab beruvchi hisoblanadi. Shialar o&#8217;rtasida Alining qahramonliklari va sarguzashtlarini tasvirlovchi juda ko&#8217;p rivoyatlar to&#8217;qilgan va bu sunniylar o&#8217;rtasida ham keng yoyilgan. Shia yo&#8217;nalishining ba&#8217;zi ashaddiy firqalari Ali shaxsini ilohiylashtirib, uni Muhammad payg&#8217;ambardan ham yuqori qo&#8217;yadilar. O&#8217;rta Osiyo, xususan, O&#8217;zbekistonda bir necha qadamjo va mozorlar Ali nomi bilan bog&#8217;lanib, muqaddaslashtirilgan. Haqiqatda esa Ali O&#8217;rta Osiyo va Eronda hech qachon bo&#8217;lmagan. Ahadjon Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ALI IBN ABU TOLIB (taxminan 600-661, Ko&#8217;fa) \u2014 Islomda &#171;Xulafo ar-roshidin&#187; (&#171;to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;ldan borgan xalifalar&#187;), dindorlar o&#8217;rtasida &#171;choryorlar&#187; deb atalgan dastlabki 4 xalifadan to&#8217;rtinchisi. Quraysh qabilasining Hoshimiylar xonadonidan. Muhammad (sav)ning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ali-ibn-abu-tolib\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6668","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6668","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6668"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6668\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6669,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6668\/revisions\/6669"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6668"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6668"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6668"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}