{"id":67366,"date":"2023-04-11T14:50:20","date_gmt":"2023-04-11T11:50:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=67366"},"modified":"2023-04-11T14:50:21","modified_gmt":"2023-04-11T11:50:21","slug":"daryo-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daryo-2\/","title":{"rendered":"Daryo"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>Daryo <\/strong>&#8212; tabiiy o`zandan oqayotgan suv. Yog`in-sochin, buloq, muz va boshqa suvlarning to`planib oqishidan hosil bo`ladi. Daryoning paydo bo`lishi uchun muayyan iqlimiy va geomorfologik sharoit bo`lishi kerak. Masalan, o`rta kenglikda 250 mm, subtropiklarda 500 mm va tropiklarda 700-1000 mm yog`in yoqqanda daryolar hosil bo`ladi. Daryoda uzluksiz suv oqib turishi uchun suv yig`iladigan havza va qiyalik bo`lishi shart. Odatda, daryo nishabi yuqori oqimida kattaroq bo`lib, tez otsadi. Natijada daryo yuqori oqimida o`zanining tagini, o`rta va quyi oqimlarida yon tomonlarini yemirib boradi. Quyi oqimida suv keltirgan oqiziqlar qisman o`zan ostiga cho`ka boshlaydi. Daryoda o`zan, qayir, terrasa (ko`hna qayir), vodiy va boshqalar bo`ladi. Daryolar, odatda, suvayirg`ichdan ancha berida, yetarli miqdorda suv hosil bo`lgan joydan boshlanadi, yo`l-yo`lakay o`ziga irmoqlarni qo`shib olib daryo sistemasini hosil qiladi va biror ko`l yoki dengizga quyilib tugaydi. Ko`pincha daryoning boshlanish joyi buloqlar, ko`llar, botqoqliklar va muzliklardan iborat bo`ladi. Masalan, O`rta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi daryolar muzliklardan, Rossiyadagi Neva, Svir va Angara singari daryolar, ko`llardan, Belorussiya, Ukraina, G`arbiy Sibirdagi ko`pgina daryolar botqoqliklardan boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli o`lkalardagi daryolar ko`pincha suvi bug`lanib va qumlarga singib tugaydi yoki hamma suvi sug`orishga sarf bo`ladi, jumladan, O`rta Osiyodagi daryolarning ko`pchiligi ma\u2019lum bir joyga quyilmasdan tugab qoladi (Zarafshon, Qashqadaryo, Chu va Turkmanistondagi daryolar). Faqat o`lkaning eng yirik daryolari &#8212; Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga yetib boradi. Biror dengiz yoki ko`lga quyiladigan daryo bosh daryodir. Daryo sistemasida bosh daryoga quyilgan daryo &#8212; soylar daryoning irmoqlaridir. Havzasining relyefi, o`zan va vodiysining tuzilishiga ko`ra tog` daryolari va tekislik daryolari bo`ladi. O`rta Osiyodagi daryolar, asosan, tog` daryolaridir; tez oqadi, serostona, vodiylari chuqur, tog`, juda nishab, yirik-yirik xarsanglar, tosh va shag`allarni ko`chirib ketadi. Bahorgi qissa, shiddatli yomg`irlarda, qor tez eriganda toshqinlar bo`ladi, sel keladi. Tekislik daryolari keng o`zanda, sokin va ko`pincha ilon izi bo`lib oqadi, tarmoqlarga bo`linib ketadi, o`zan va qayirlarda qum, gil yotqiziqlar qoldiradi, marza, sayozlik tirsaklar hosil qiladi (masalan, Amudaryo va Sirdaryo o`rta va quyi oqimlarida). Daryolarni gidrologiya fani o`rganadi. Xalq xo`jaligi uchun daryolarning ahamiyati juda katta. Ulardan kema qatnovi, yog`och oqizish, suv omborlari, GES qurish, sug`orish, sanoat va aholini suv bilan ta\u2019minlash, botqoq, sho`r yerlarning ortiqcha sho`r suvlarini oqizish kabi maqsadlarda foydalaniladi. Daryo yotqiziqlari ustidagi tuproqlar unumdor bo`ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Daryo &#8212; tabiiy o`zandan oqayotgan suv. Yog`in-sochin, buloq, muz va boshqa suvlarning to`planib oqishidan hosil bo`ladi. Daryoning paydo bo`lishi uchun muayyan iqlimiy va geomorfologik sharoit bo`lishi kerak. Masalan, o`rta kenglikda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/daryo-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55935,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[316],"tags":[],"class_list":["post-67366","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfiga-oid-geografiyaga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/67366","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=67366"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/67366\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":67367,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/67366\/revisions\/67367"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55935"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=67366"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=67366"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=67366"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}