{"id":6772,"date":"2021-10-30T10:42:30","date_gmt":"2021-10-30T07:42:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6772"},"modified":"2021-10-30T10:42:32","modified_gmt":"2021-10-30T07:42:32","slug":"alimqul","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/alimqul\/","title":{"rendered":"ALIMQUL"},"content":{"rendered":"\n<p>ALIMQUL (to&#8217;liq ismi Mulla Alimqul Husaynboy o&#8217;g&#8217;li) (1831\/32\u2014 1865) \u2014 Qo&#8217;qon xonligining muvaqqat xoni (Regenti), mingboshisi, amiri lashkari (1863-65). Mallaxon hukmronligi davri (1858-62) da Alimqul xonlikni idora etishda faol qatnashib, eshik og&#8217;aboshi va vazir darajasiga ko&#8217;tarildi, Mallaxonning eng ishonchli va yaqin kishilaridan biri bo&#8217;lib qoldi. Bu davrda Alimqul qipchoqlarning xonlikdagi siyosiy mavqeini tiklashga va mustahkamlashga harakat qildi. Mallaxon o&#8217;ldirilgach (1862), uning o&#8217;rniga Sarimsoqxonning 17 yoshli o&#8217;g&#8217;li Shohmurod xon deb e&#8217;lon qilindi. U taxtga o&#8217;tirgach, otasining qotillarini topib o&#8217;ldirtira boshladi. Qotillikda qo&#8217;li bor Toshkent hokimi Qanoatning buyrug&#8217;i bilan Shohmurodni o&#8217;g&#8217;irlab ketadilar. So&#8217;ng qanoat Xudoyorxonni xon deb e&#8217;lon qiladi. Alimqul esa taxtga uning birodari Sulton Murodni o&#8217;tqazmoqchi bo&#8217;lib, Xudoyorxonga qarshi kurash boshlaydi. Nihoyat, 1863 yil 9 iyulda Alimqul Mallaxonning o&#8217;g&#8217;li Sulton Sayyidxonni Qo&#8217;qon xoni deb e&#8217;lon qiladi. Xudoyorxon Buxoroga ketishga majbur bo&#8217;ladi. Buning evaziga Alimqul &#171;Amiri lashkar&#187; unvoniga sazovor bo&#8217;ldi. Shunday bo&#8217;lsada, Alimqul amalda xonlikni o&#8217;zi idora qila boshladi. Podsho Rossiyasi qo&#8217;shinlari Qo&#8217;qon xonligi tasarrufidagi Toshkent va bo&#8217;lak shaharlarga taxdid qila boshlagach, Alimqul va Sulton Sayyidxon qo&#8217;shin bilan Toshkentga kelishdi (1864 yil 25 noyabr). Alimqul 10 ming kishilik qo&#8217;shin bilan Aris daryosi bo&#8217;ylariga chiqib, Turkiston va Chimkent oralig&#8217;idagi rus qo&#8217;shinlari egallagan qo&#8217;rg&#8217;onlarni qaytarib olishga harakat qildi. Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog&#8217;ida ruslarning qo&#8217;shinini yengib Toshkentga qaytdi. 1864 yil dekabr oxirida Alimqul va Sulton Sayyidxon Toshkentni tark etib, Qo&#8217;qonga kelishdi. Chernyaev boshliq rus qo&#8217;shinlari Toshkentga yaqinlashganligi haqida xabar topgach, ular qo&#8217;shin bilan Qo&#8217;qondan chiqib, 1865 yil 7 mayda ertalab Toshkentga yetib kelishdi. Alimqul va xon qarorgohi Afrosiyob tepaligida joylashdi. Shu kuni Mingo&#8217;rik mavzesida shahar himoyachilari ishtirokida katta mashvarat o&#8217;tkazilib, g&#8217;azavot e&#8217;lon qilindi. Qashqar hokimi Valixon to&#8217;raning qashqarliklar ham bu g&#8217;azavotga qo&#8217;shilajaklari haqidagi maktubini Alimqul shahar himoyachilariga shaxsan o&#8217;zi o&#8217;qib eshittirdi. So&#8217;ng, Salor kanali bilan Darxon arig&#8217;i oralig&#8217;i (hozirgi Pushkin ko&#8217;chasi) da Alimqul qo&#8217;shinlari va shahar himoyachilari bilan rus qo&#8217;shinlari o&#8217;rtasida qattiq jang bo&#8217;ldi. Rus qo&#8217;shinlari yengilib, Sho&#8217;rtepaga chekindi. 1865 yil 9 mayda Alimqul qo&#8217;mondonligidagi qo&#8217;qonlik askarlar va shahar himoyachilari Sho&#8217;rtepadagi rus qo&#8217;shinlariga qarshi hujumga o&#8217;tdi. Nihoyatda qattiq jang bo&#8217;lib, Alimqul og&#8217;ir yaralandi va o&#8217;sha kuni vafot etdi. 1865 yil 10 mayda u Toshkentdagi Shayxontohur qabristoniga dafn etildi. Haydarbek Bobobekov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ALIMQUL (to&#8217;liq ismi Mulla Alimqul Husaynboy o&#8217;g&#8217;li) (1831\/32\u2014 1865) \u2014 Qo&#8217;qon xonligining muvaqqat xoni (Regenti), mingboshisi, amiri lashkari (1863-65). Mallaxon hukmronligi davri (1858-62) da Alimqul xonlikni idora etishda faol qatnashib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/alimqul\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6772","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6772","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6772"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6772\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6773,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6772\/revisions\/6773"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6772"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6772"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6772"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}