{"id":68479,"date":"2023-04-19T17:03:42","date_gmt":"2023-04-19T14:03:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=68479"},"modified":"2023-04-19T17:03:43","modified_gmt":"2023-04-19T14:03:43","slug":"vegetatsiya-davri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vegetatsiya-davri\/","title":{"rendered":"Vegetatsiya davri"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>Vegetatsiya davri <\/strong>&#8212; 1) yilning o`simlik o`sishi va rivojlanishi uchun qulay davri. Mo\u2019tadil iqlimli hududlarda vegetatsiya davri bahorning oxirgi sovuq kunidan kuzda tushadigan birinchi qora sovuq o`rtasidagi vaqtga to`g`ri keladi, tropik va subtropik iqlimga ega bo`lgan yerlarda esa bu davr yilning deyarli hamma faslini o`z ichiga oladi; 2) biologiyada bir va ikki yillik o`simliklarda urug`ning o`nishidan o`simlik umrining tugashigacha yoki ko`p yillik o`simliklarda erta bahorda o`ygonishdan, qishda \u00abuyqu\u00bbga kirishgacha bo`lgan davr. Sovuqqa chidamliligi turlicha bo`lgan o`simliklarda vegetatsiya davri bir joyning o`zida har xil: issiqsevar o`simliklarda qisqa, sovuqda chidamli o`simliklarda uzun bo`lishi mumkin. Vegetatsiya davri ketma-ket o`tuvchi bir qator fazalarga bo`linadi: g`o`zada &#8212; shonalash, gullash, ko`sak tugish va ochilish, g`alla o`simliklarida to`planish (chaylash), boshoq tortish, gullash, sut (dumbul) pishish va to`liq pishish fazalari. O`simliklarda vegetatsiya davrining uzun-qisqaligini hisobga olib, sovuq erta tushadigan shimoliy hududlarda ertapishar navlar, sovuq kech tushadigan janubiy hududlarda kechpishar navlar ekiladi. Vegetatsiya davri tashqi sharoitga va navning irsiy xususiyatlariga ham bog`liq. Bir sharoitda ertapishar deb hisoblangan nav ikkinchi bir sharoitda kechpishar bo`lishi mumkin. Masalan, o`rtacha uzun tolali g`o`zalarning vegetatsiya davri shimoliy hududlarda qisqa (110-130 kun), janubiy hududlarda uzun (120-150 kun) bo`ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vegetatsiya davri &#8212; 1) yilning o`simlik o`sishi va rivojlanishi uchun qulay davri. Mo\u2019tadil iqlimli hududlarda vegetatsiya davri bahorning oxirgi sovuq kunidan kuzda tushadigan birinchi qora sovuq o`rtasidagi vaqtga to`g`ri keladi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vegetatsiya-davri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55935,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[336],"tags":[],"class_list":["post-68479","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfiga-oid-geografiyaga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/68479","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=68479"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/68479\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":68480,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/68479\/revisions\/68480"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55935"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=68479"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=68479"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=68479"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}