{"id":6915,"date":"2021-10-31T09:29:13","date_gmt":"2021-10-31T06:29:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6915"},"modified":"2021-10-31T09:29:14","modified_gmt":"2021-10-31T06:29:14","slug":"alloh","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/alloh\/","title":{"rendered":"ALLOH"},"content":{"rendered":"\n<p>ALLOH (Arabcha, &#171;al-iloh&#187; \u2014 ilohiy kuch, Xudo), Olloh \u2014 Islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy ilohiy kuch; Xudoning nomi. Keyingi yillardagi adabiyotlarda mahalliy talaffuzga moslab Olloh shaklida ham qo&#8217;llanib kelingan. Odatda Allohga taolo (ulug&#8217;, oliy) sifati qo&#8217;shib aytiladi. Shimoliy Arabistonda istiqomat qilgan Samud qabilasining ibodatgohidan topilgan mil. 2-3-asrlarga tegishli yozuvda aytilishicha, o&#8217;sha paytda ularning bosh xudosi \u2014 Alloh bo&#8217;lgan. Boshqa shimoliy Arab (Safoviy) yozuvida &#171;Hollo&#187; so&#8217;zi uchraydiki, bu yerda &#171;ho&#187; hozirgi zamon Arab adabiy tilidagi aniqlik yuklamasi &#171;al&#187; ning o&#8217;rnini bosadi. Alloh Islom yoyilishi arafasida ba&#8217;zi arablarning, xususan, Makka axlining xudolaridan biri bo&#8217;lgan, degan fikr ham bor. Dastlab Alloh so&#8217;zi ma&#8217;no jihatidan &#171;Iloh&#187; (Xudo) va &#171;Rabb&#187; (Parvardigor, ega) so&#8217;zlaridan farq qilmagan. Bunga Muhammad (sav)ning otalari Abdulloh ismida bo&#8217;lganlari dalildir. Qadimgi rimliklarda Yupiter, yunonlarda Zevs, yahudiylarda Yaxve, slavyanlarda perun, turkiy tilli xalqlarda esa Tangri bosh Xudo hisoblangan. Binobarin yakka Xudoga e&#8217;tiqod qilish islomdan ancha ilgari boshlangan. Bevosita Islom yoyilishi arafasida o&#8217;zlarini Ibrohim (as)ga mansub deb bilgan haniflar Arab qabilalarini o&#8217;z sanamlaridan voz kechishga va yagona Alloh (Iloh)ga e&#8217;tiqod qilishga da&#8217;vat etganlar. Ko&#8217;pxudolikni rad etib, aynan shu Ibrohim(as) va boshqa ulug&#8217;-ajdodlarning yakkaxudolik diniga qaytishni arablar orasida astoydil targ&#8217;ib qilishga kirishish Muhammad payg&#8217;ambar(sav)ga birinchi bor vahiy kelgan yil \u2014 610 yildan boshlangan. Islom diniga binoan Alloh \u2014 yakkayuyagona Xudo, olamning yaratuvchisi va qiyomat kunining egasi. U Muhammad payg&#8217;ambar(sav)ni insoniyatga o&#8217;zining so&#8217;nggi elchisi sifatida yuborgan. Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodat &#171;Lo iloha illalohu Muhammadun Rasululloh&#187; (&#171;Allohdan boshqa iloh yo&#8217;q, Muhammad \u2014 Allohning payg&#8217;ambari&#187;), deb uqtiradi. Islomga ko&#8217;ra, Qur&#8217;on Muhammad (sav)ga nozil qilingan Allohning so&#8217;zidir. Qur&#8217;oni karimda Allohning yagonaligi va buyukligi juda ko&#8217;p bor ta&#8217;kidlanadi. Shuningdek Qur&#8217;onda doimo Allohning mukammalligi, qodirligi va ulug&#8217;ligi haqida gapiriladi. Alloh &#171;Alim&#187;, ya&#8217;ni biluvchidir, u bo&#8217;lib utgan ishlarni, endi bo&#8217;ladigan ishlarni, xoh katta, xoh kichik, barchasini biladi; Alloh &#171;murid&#187;, ya&#8217;ni xohlaguvchidir \u2014 dunyodagi ishlarning har biri Alloh taoloning irodasi va xohishi ila bo&#8217;ladi, u xohlagan ish bo&#8217;lmay qolmas va xoxlamagan ish aslo bo&#8217;lmas; Alloh &#171;qadir&#187;, ya&#8217;ni har ishga qudrati etuvchidir; Alloh &#171;basir&#187;, ya&#8217;ni ko&#8217;ruvchi \u2014 yer va osmondagi, qorong&#8217;u va yorug&#8217;dagi, katta va kichik narsalarning barchasini ko&#8217;radi; Alloh &#171;Sami'&#187;, ya&#8217;ni eshituvchi \u2014 qattiq bo&#8217;lsin, sekin bo&#8217;lsin har qanday ovozlarni eshitadi; Alloh &#171;mutakallim&#187;, ya&#8217;ni so&#8217;zlaguvchi \u2014 Qur&#8217;oni karimdagi barcha oyatlar, shuningdek Tavrot, Injil, Zabur kitoblari Alloh taoloning so&#8217;zidir; Alloh &#171;Mukavvin&#187;, ya&#8217;ni bo&#8217;ldirguvchi \u2014 dunyodagi barcha narsalar uning bo&#8217;ldirmog&#8217;i ila bo&#8217;lgandir; Alloh &#171;Rabbun&#187;, ya&#8217;ni tarbiya qiluvchi \u2014 barcha jonli va jonsiz narsalarni tarbiya qiladi; Alloh taolo &#171;Odil&#187;, ya&#8217;ni to&#8217;g&#8217;rilik qiluvchi \u2014 har bir hukmni va har bir ishni to&#8217;g&#8217;rilik ila qiladi, hech kimga jabr va zulm qilmaydi. U rahmdil, mehribon va kechirimli. Odamlar butunlay unga itoat etishlari (Islomga kirishlari), Xudodan qo&#8217;rqib vijdonli bo&#8217;lishlari, barcha narsada Allohga va uning irodasiga ishonishlari lozim. Alloh o&#8217;zi xohlagan paytda yerdagi barcha narsani barbod etadi, o&#8217;liklarni tiriltiradi va ularni o&#8217;z huzuriga hukm qilish uchun yig&#8217;adi; u yerda har kishining qilgan amaliga ko&#8217;ra jahannam (do&#8217;zax) azobiga duchor qiladi yoki jannat bilan mukofotlaydi. Alloh haqidagi ta&#8217;limot musulmon dini va ilohiyot fanining asosi bo&#8217;lib qoldi. Alloh tabiatining turli qirralari hadislarda, tafsir va ilohiyotga oid maxsus asarlarda tilga olinib, tushuntirildi. Shunga ko&#8217;ra, uning sifatlari inson sifatlaridan tubdan farq qiladi. Ba&#8217;zi ulamolar fikricha, Alloh taoloning zoti va sifatlari to&#8217;g&#8217;risida chuqur baxs yuritish shar&#8217;an man etiladi. Alloh biror narsaga o&#8217;xshatilmaydi va biror narsa ham Allohga o&#8217;xshatilmaydi. Allohning ilohiy sifatlari Qur&#8217;oni karimda tilga olingan 99 ismida yaqqol ko&#8217;rinadi. Alloh bilan odamlarning o&#8217;zaro munosabatlari muammosi islomdagi ikki oqim \u2014 sunniylik va shialik o&#8217;rtasidagi farklanishning asosini tashkil etadi. Sunniylar Muhammad (sav) vafotidan so&#8217;ng Alloh bilan odamlar o&#8217;rtasidagi bevosita aloqa to&#8217;xtab qolgan deb hisoblaydilar. Shialar esa bu aloqa imomlar orqali davom etmoqda, deb biladilar. Hamidulla Karomatov, Abdulaziz Mansur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ALLOH (Arabcha, &#171;al-iloh&#187; \u2014 ilohiy kuch, Xudo), Olloh \u2014 Islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy ilohiy kuch; Xudoning nomi. Keyingi yillardagi adabiyotlarda mahalliy talaffuzga moslab Olloh shaklida ham qo&#8217;llanib kelingan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/alloh\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6915","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6915","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6915"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6915\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6916,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6915\/revisions\/6916"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6915"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6915"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6915"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}