{"id":70797,"date":"2023-04-22T16:03:00","date_gmt":"2023-04-22T13:03:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=70797"},"modified":"2023-04-22T16:03:01","modified_gmt":"2023-04-22T13:03:01","slug":"akkreditatsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/akkreditatsiya\/","title":{"rendered":"AKKREDITATSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>AKKREDITATSIYA (lot. ishonch bildirmoq) \u2014 vakil qilish, vakolat berish. Konstitutsiyaviy, ma\u2018muriy va xalqaro huquqda qo\u2019llaniladigan tushuncha. 1) Diplomatiya va boshqa xalqaro munosabatlarga tatbiqan olganda Akkreditatsiya shaxsning boshqa davlatda yoki xalqaro tashkilotda muayyan davlatning vakili etib tayinlanganini bildiradi. Tayinlash jarayoni (akkreditatsiya qilish) bir necha bosqichni o\u2019z ichiga oladi: davlatning tashqi siyosiy idorasi tomonidan diplomatik vakil nomzodini tanlash; bu nomzodni davlatning diplomatik vakilni tayinlashga vakolatli organi yoki mansabdor shaxsiga (O\u2019zbekiston Respublikasida \u2013 O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidentiga) tavsiya etish (taqdim etish); mazkur organ (mansabdor shaxs) tomonidan tavsiya etilgan nomzodni parlamentning tegishli qo&#8217;mitalari, komissiyalari bilan kelishib olish (O\u2019zbekiston Respublikasida Prezident O\u2019zbekiston Respublikasining chet davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillarini Oliy Majlis Senatiga taqdim etadi \u2013 O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi); qabul qiluvchi davlatning roziligini olish; diplomatik vakilni tayinlash to\u2019g\u2019risidagi huquqiy hujjatni chiqarish; diplomatik vakil tomonidan tegishli davlat boshlig\u2019iga yoki xalqaro tashkilot rahbariga ishonch yorlig\u2017ini topshirish. Chet davlatlarning diplomatik vakillari O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida akkreditatsiya qilinadi, Prezident ularning ishonch va chaqirib olish haqidagi yorliqlarini qabul qiladi (O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 93-moddasi). 2) Jurnalistlarni davlat organlari, tashkilotlar, muassasalar, jamoat birlashmalarining organlarida Akkreditatsiya qilish. Jurnalistlarni Akkreditatsiya qilgan organlar, tashkilotlar, muassasalar ularni majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlar haqida oldindan xabardor qilishlari, stenogrammalar, bayonnomalar va boshqa hujjatlar bilan ta\u2018minlashlari, yozib olishlari uchun qulay shartsharoit yaratishlari shart. Akkreditatsiya qilingan jurnalist o\u2019zini Akkreditatsiya qilgan organlar, tashkilotlar, muassasalar o\u2019tkazadigan majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlarda hozir bo\u2019lish huquqiga ega, yopiq tadbir o\u2019tkazish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qilingan hollar bundan mustasno. 3) \u2015Akkreditatsiya\u2016 tushunchasi ta\u2018lim sohasida ham qo\u2019llaniladi. Ta\u2018lim muassasasining davlat tomonidan Akkreditatsiya qilinganligi to\u2019g\u2019risidagi guvohnoma uning davlat maqomini, amalga oshiriladigan ta\u2018lim dasturlari darajasini, bitiruvchilarni tayyorlash mazmuni va sifatining davlat ta\u2018lim standartlari talablariga muvofiqligini, bitiruvchilarga ta\u2018limning tegishli darajasi haqida davlat namunasidagi hujjatlar berish huquqini tasdiqlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AKKREDITATSIYA (lot. ishonch bildirmoq) \u2014 vakil qilish, vakolat berish. Konstitutsiyaviy, ma\u2018muriy va xalqaro huquqda qo\u2019llaniladigan tushuncha. 1) Diplomatiya va boshqa xalqaro munosabatlarga tatbiqan olganda Akkreditatsiya shaxsning boshqa davlatda yoki xalqaro &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/akkreditatsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[319],"tags":[],"class_list":["post-70797","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70797","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=70797"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70797\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":70798,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70797\/revisions\/70798"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=70797"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=70797"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=70797"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}