{"id":70927,"date":"2023-04-22T19:02:09","date_gmt":"2023-04-22T16:02:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=70927"},"modified":"2023-04-22T19:02:11","modified_gmt":"2023-04-22T16:02:11","slug":"arab-bahori-voqealari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/arab-bahori-voqealari\/","title":{"rendered":"\u00abARAB BAHORI\u00bb VOQEALARI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>\u00abARAB BAHORI\u00bb VOQEALARI <\/strong>\u2014 2010-yil oxirida Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda boshlangan qator e\u2018tirozlarga berilgan umumiy nom. 12 ta arab mamlakatlari: Tunis, Misr, Yaman, Jazoir, Iordaniya, Mavritaniya, Saudiya Arabistoni, Ummon, Sudan, Siriya, Liviya hamda Marokashni qamrab olgan. E\u2018tirozlar inqilob sifatida baholanib kelingan. Maqsadi tuzum o\u2017zgarishi, inson huquqlari, demokratiyani tiklash. Belgilari namoyishlar, tartibsizliklar, fuqarolar itoatsizligi, o\u2019zini yoqish va ish tashlashlar hisoblanadi. E\u2018tirozlar 2010-yil 18-dekabrida Tunisda, Muhammad Buazizining politsiya poraxo\u2019rligi va qattiqqo\u2019lligiga achchiq qilib o\u2019zini yoqib yuborishidan boshlanib ketdi. Tunis to\u2019ntarilishi muvaffaqiyati va mintaqadagi o\u2019xshash vaziyatlar tufayli, namoyishlar to\u2019lqini qo\u2019shni mamlakatlarga o\u2019tdi, jumladan, e\u2018tirozlar Jazoir, Iordaniya, Misr va Yamanda davom etdi, nisbatan kichik miqyosda boshqa arab mamlakatlari ham voqealar silsilasiga tushdi. Ko\u2019pgina vaziyatlarda e\u2018tirozli kunlar \u00abjahl kunlari\u00bb deb ataldi. E\u2018tirozlar natijasida birinchi bo\u2019lib o\u2019zgargan hukumat Tunisniki bo\u2019ldi: sobiq Prezident Zayn al- Abidin ibn Ali Saudiya Arabistoniga qochdi. Keyingi katta e\u2018tirozlar Misrda 2011-yil 25- yanvarida boshlandi. To\u2019rt kunlik namoyishlardan so\u2019ng Prezident Husni Muborak islohotlar o\u2019tkazishga va\u2018da berdi, biroq lavozimidan kechish niyatini bildirmadi. Bundan keyin davom etgan namoyishlardan so\u2019ng Muborak 30 yillik mansabini boshqa egallamasligini, sentabrda bo\u2019lib o\u2019tadigan saylovlardan so\u2019ng iste\u2018foga chiqishini e\u2018lon qildi. Bu paytda Iordaniya qiroli Abdulla II bosh vazirni almashtirdi, Yaman Prezident Ali Abdulloh Solih esa keyingi saylovlarda nomzodini qo\u2019ymaslikka va\u2018da berdi. 2013- yil ma\u2018lumotlariga ko\u2019ra, ushbu voqealarda 500 dan ziyod o\u2019limlar, 4 mingdan ziyod jarohatlar va mingdan ziyod hibsga olishlar ro\u2019y berdi. E\u2018tirozlar butun jahon e\u2018tiborini o\u2019ziga qaratdi. Namoyishchilarni 2011-yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlash takliflari o\u2019rtaga tashlandi. Shunday qilib, arab mamlakatlarida tashqi kuchlar xalqni davlatga qarshi qayrab, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan siyosat mutlaqo noto\u2019g\u2019ri ekanligini oddiy aholi ongiga singdirgan hamda turli namoyishlar, qo\u2019zg\u2019alonlar o\u2019tkazilishini ta\u2018minlashga erishgan. Oqibatda xalq va hukumat o\u2019rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan va ichki urushlar boshlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00abARAB BAHORI\u00bb VOQEALARI \u2014 2010-yil oxirida Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda boshlangan qator e\u2018tirozlarga berilgan umumiy nom. 12 ta arab mamlakatlari: Tunis, Misr, Yaman, Jazoir, Iordaniya, Mavritaniya, Saudiya Arabistoni, Ummon, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/arab-bahori-voqealari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[319],"tags":[],"class_list":["post-70927","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70927","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=70927"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70927\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":70930,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/70927\/revisions\/70930"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=70927"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=70927"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=70927"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}