{"id":7121,"date":"2021-11-01T16:58:54","date_gmt":"2021-11-01T13:58:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7121"},"modified":"2021-11-01T16:58:54","modified_gmt":"2021-11-01T13:58:54","slug":"alpinizm-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/alpinizm-2\/","title":{"rendered":"ALPINIZM"},"content":{"rendered":"\n<p>ALPINIZM (Alp tog&#8217;i nomidan) \u2014 sport turi, turli murakkab to&#8217;siqlardan o&#8217;tib tog&#8217; cho&#8217;qqilariga ko&#8217;tarilish. Alpinizm uch sinfdan \u2014 traverslar (dovon oshish, tog&#8217;tizmalari va etaklaridan o&#8217;tish), murakkab chiqish (tik tog&#8217;larga chiqish) va baland tog&#8217;larga ko&#8217;tarilishdan iborat. Alpinizm sport turi bo&#8217;libgina qolmay, kam o&#8217;rganilgan tog&#8217;larni ilmiy tadqiq etishga ham xizmat qiladi. Alpinizm tarixi 1786 yildan boshlanadi: o&#8217;shanda shveytsariyalik J. Balma va M. Pakkar Alp tog&#8217;ining Monblan cho&#8217;qqisiga ko&#8217;tarilgan edilar. Alpinizm Markaziy Yevropadan boshqa o&#8217;lkalarga, shu jumladan Rossiya va Osiyoga tarqaldi. Alpinistlar birin-ketin Kavkaz, Tyaninan, Pomir, Oltoy tog&#8217;larini zabt etdilar. 19-asrning oxirida Turkiston harbiy topograflari Chimyon tog&#8217;iga \u2014 3309 metr balandlikka ko&#8217;tarildilar. 20 yillarda O&#8217;rta Osiyo davlat universitetida, Toshkent telegrafi, aloqa texnikumi va boshqa joylarda Alpinizm sektsiyalari tashkil qilindi. 1938 yil O&#8217;zbekistonda alpiniada o&#8217;tkazildi, uning 60 qatnashchisi Pskom tog&#8217;ining 8 ta cho&#8217;qqisini zabt etdi. 1970-80 yillarda O&#8217;zbekistonda 1500 ga yaqin kishi Alpinizm bilan shug&#8217;ullandi. Alpinizm ning ommalashuvi va sportchilarning shuhrat qozonishida V. Abalakov, V. Ratsek, V. Elchibekovlarning xizmati katta. Keyingi paytda Toshkent shahri, Toshkent, Farg&#8217;ona, Namangan, Samarqand, Navoiy viloyatlarida Alpinizmga e&#8217;tibor kuchaydi. Birgina Chimyonda o&#8217;tkazilgan alpiniadada 1000 dan ortiq sportchi qatnashdi. Dunyodagi eng baland Everest (Jomolungma) cho&#8217;qqisi (Himolay tog&#8217;ida balandligi 8848 metr) ni zabt etish alpinistlarning ezgu orzusi hisoblanadi. Yangi zelandiyalik Edmund Xillari va Sherp Norgey Tentsing 1953 yil unga birinchi marta ko&#8217;tarilganlar. O&#8217;zbekistonda Everestni zabt etuvchi alpinistlar guruhi tuzildi. Bu guruh 1998 yil mayda cho&#8217;qqiga chiqdi. 22 may kuni Rustam Rajabov birinchi bo&#8217;lib Everestni zabt etdi va u yerga O&#8217;zbekiston davlat bayrog&#8217;ini qadadi. Uning ketidan Oleg Grigorev, Sergey Sokolov, Xanif Balmagambetov, Svetlana Baskakova, Ilyos Tuxvatullin, Andrey Fyodorov, Marat Usaev, Roman mas, Andrey Zaikin, Aleksey Dokukin cho&#8217;qqiga ko&#8217;tarildilar (ekspeditsiya rahbari Anatoliy Shabanov). 1977 yil alpinistlarimiz Markaziy Tyanshanning &#171;Xontangri&#187; (7010 metr) va &#171;G&#8217;alaba&#187; (7439 metr) cho&#8217;qqisini zabt etgandilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ALPINIZM (Alp tog&#8217;i nomidan) \u2014 sport turi, turli murakkab to&#8217;siqlardan o&#8217;tib tog&#8217; cho&#8217;qqilariga ko&#8217;tarilish. Alpinizm uch sinfdan \u2014 traverslar (dovon oshish, tog&#8217;tizmalari va etaklaridan o&#8217;tish), murakkab chiqish (tik tog&#8217;larga chiqish) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/alpinizm-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-7121","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7121","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7121"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7121\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7122,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7121\/revisions\/7122"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7121"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7121"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7121"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}