{"id":71226,"date":"2023-04-23T16:42:02","date_gmt":"2023-04-23T13:42:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=71226"},"modified":"2023-04-23T16:42:04","modified_gmt":"2023-04-23T13:42:04","slug":"davlat-kapitalizmi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/davlat-kapitalizmi-2\/","title":{"rendered":"DAVLAT KAPITALIZMI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>DAVLAT KAPITALIZMI <\/strong>\u2014 davlat (yoki davlatlar birlashmasi) aralashadigan, davlatlashtirilgan, davlat tomonidan boshqariladigan va tartiblanadigan, davlat homiyligi va nazoratida, davlat belgilaydigan yo\u2017nalishlarda rivojlanadigan kapitalizm. Tarixan Davlat kapitalizmini shartli ravishda rivojlangan mamlakatlardagi Davlat kapitalizmi; tarixan muayyan sotsialistik mamlakatlarning kapitalizmdan sotsializmga o\u2019tish davridagi Davlat kapitalizmi; hozirigi bir necha sotsialistik mamlakatlardagi Davlat kapitalizmi; postsotsialistik mamlakatlardagi, ya\u2018ni Sharqiy Yevropa va sobiq SSSRda sotsializmning inqirozi natijasida sotsializmdan voz kechgan va bozor iqtisodiga o\u2019tayotgan mamlakatlardagi Davlat kapitalizmi; mustamlakachilik asoratidan ozod bo\u2019lgan, rivojlanayotgan mamlakatlardagi Davlat kapitalizmi kabi turlarga ajratish mumkin. Davlat tomonidan iqtisodiyotning boshqarilishi korxonalarni bevosita ro\u2019yxatga olish, faoliyatini yo\u2019naltirish, iqtisodiy qonunchilik orqali ularning iqtisodiy huquqlarini va faoliyat me\u2018yorlarini belgilab qo\u2019yish, belgilangan tartib-qoidalarning bajarilishi, ularga rioya qilinishini nazorat qilish, rag\u2019batlantirish va jazo choralarini qo\u2019llash, soliqlar, jarimalar va iqtisodiy imtiyoz kabilardan foydalanish, turli ijtimoiy-qtisodiy va siyosiy-iqtisodiy dasturlar tuzish, ularni bajarish bo\u2019yicha tadbirlar ko\u2019rish orqali amalga oshiriladi. XVIII asr va XIX asrning 70-yillarigacha xorijiy mamlakatlarda yakka xususiy kapital, yollanma mehnat va erkin raqobatga asoslangan sohibkorlik hukmron bo\u2019lib, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi juda past darajada edi. Sohibkorlar faoliyati asosan bozor tomondan boshqarilar edi. Shuning uchun ham bu davr oddiy, sof, erkin raqobatga asoslangan kapitalizm deb ataladi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida korporativ mulkchilik, korporatsiyalar (aksiyali jamiyatlar) va korporativ xo\u2019jalik yuritish hukmron mavqega ega bo\u2019ldi. Korporatsiyalarning bir qismi monopoliyalarga aylana borib, erkin raqobat bilan bir qatorda monopolistik raqobat paydo bo\u2019ldi. Davlatlararo ziddiyatlar kuchayib, ularda monopoliyalarning kuchi va ahamiyati muhim rol o\u2019ynay boshladi. Bu jarayonlarni tahlil etgan olimlar, kapitalizmning yangi jihatlariga ahamiyat berib, uni imperializm, korporativ kapitalizm, monopolistik kapitalizm deb ham atay boshladilar. Ingliz iqtisodchisi J.M.Keyns \u00abIsh bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi\u00bb (1936) kitobida davlatning iqtisodiyotni boshqarishi zarurligi to\u2019g\u2019risidagi g\u2019oyani ilgari surdi va asosladi. Bu g\u2019oyaning hayotga ta\u2018siri juda katta bo\u2019ldi. AQSHda 30-yillardayoq Prezident Ruzveltning \u00abYangi yo\u2019l\u00bb siyosati natijasida, boshqa mamlakatlarda II jahon urushi yillarida va undan keyingi davrda kapitalizm Davlat kapitalizmiga aylandi va shundan beri turli ko\u2019rinishlarga ega bo\u2019lgan Davlat kapitalizmi sifatida rivojlanmoqda. Yevrosiyodagi sobiq SSSR, Markaziy va Sharqiy Yevropada tarixan mavjud bo\u2019lgan sotsialistik mamlakatlar, Osiyodagi sobiq Mo\u2019g\u2019ulistonda kapitalizmdan sotsializmga o\u2019tish davrida hal qiluvchi tarmoqlardagi ishlab chiqarish, transport va mehnat vositalari sotsialistik davlat mulkiga aylantirilgan bo\u2019lib, Davlat kapitalizmi, alohida uklad, xo\u2019jalik shakli tarzida mavjud edi. Boshqa sotsialistik mamlakatlardagi Davlat kapitalizmi xo\u2019jaliklari birmuncha kengroq iqtisodiy erkinlikka ega bo\u2019lgan edi. Biroq sotsialistik xo\u2019jalik mustahkamlanib olgandan keyin ularning deyarli hammasida Davlat kapitalizmiga barham berildi. Bunday qo\u2019l Sharqiy Yevropada va SSSRda sotsializmning qulashigacha davom etdi. Hozirgi davrda o\u2019zini sotsialistik hisoblab kelayotgan mamlakatlar \u2013 Xitoy Xalq Respublikasi, Vetnam Sotsialistik Respublikasi, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Kuba Respublikasida iqtisodiyot asosan umumlashgan mulkchilikka, markazdan boshqarishga va rejalashtirishga asoslangan iqtisodiyot bo\u2019lib qolmoqda. Biroq ularning ba\u2018zilari (Xitoy, Vetnam) da jiddiy iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda, bozor iqtisodiyotini ham shakllantirish siyosati o\u2019tkazilmoqda; mamlakat iqtisodiyotida, ayniqsa, erkin iqtisodiy zonalarda, davlat nazoratida xususiy va xorijiy kapital faoliyatiga, kapital, yollanma mehnat munosabatlariga erkinlik berilmoqda. Natijada ularda Davlat kapitalizmining ko\u2019lami va iqtisodiy hayotga ta\u2018siri o\u2019smoqda. Bozor iqtisodga o\u2019tayotgan sobiq sotsialistik mamlakatlarga xorijiy tovarlar va kapitallar juda erkin, tez kirib kelmoqda, ba\u2018zi tarmoqlarda va bozorlarda katta hukmron mavqelarga ega bo\u2017lmoqda. Mustaqillikka erishib sotsializmdan voz kechgan sobiq sotsialistik davlatlarning ba\u2018zilari, masalan, O\u2019zbekistan mustaqil taraqqiyotning o\u2019ziga xos yo\u2019lini tanlab oldi. O\u2019zbekistonda ijtimoiy yo\u2019naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish yo\u2019li, bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich tarzda shakllantirish yo\u2019li tanlandi. Davlat bosh islohotchi sifatida umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan tamoman yangi umumdemokratik jamiyat qurish siyosatini izchillik bilan amalga oshirmoqda, ko\u2019p ukladli va bozor xo\u2019jaligi tizimini shakllantirish uchun zarur barcha choratadbirlarni ko\u2019rmoqda. Natijada xorijiy kapital ishtirokidagi qo\u2019shma korxonalar, savdo tashkilotlari, banklar va h.k. shakllandi, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning vakolatxonalari ochildi. Pirovardida O\u2019zbekistonda o\u2019ziga xos Davlat kapitalizmi ukladi vujudga keldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DAVLAT KAPITALIZMI \u2014 davlat (yoki davlatlar birlashmasi) aralashadigan, davlatlashtirilgan, davlat tomonidan boshqariladigan va tartiblanadigan, davlat homiyligi va nazoratida, davlat belgilaydigan yo\u2017nalishlarda rivojlanadigan kapitalizm. Tarixan Davlat kapitalizmini shartli ravishda rivojlangan mamlakatlardagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/davlat-kapitalizmi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[344],"tags":[],"class_list":["post-71226","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71226","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=71226"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71226\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":71227,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71226\/revisions\/71227"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=71226"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=71226"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=71226"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}