{"id":71241,"date":"2023-04-23T17:10:33","date_gmt":"2023-04-23T14:10:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=71241"},"modified":"2023-04-23T17:10:34","modified_gmt":"2023-04-23T14:10:34","slug":"dogmatizm-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dogmatizm-2\/","title":{"rendered":"DOGMATIZM"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>DOGMATIZM<\/strong>, aqidaparastlik \u2014 tanqidiy nuqtai nazardan tekshirmay, aniq sharoitni hisobga olmay ko\u2019r-ko\u2019rona fikr yuritish usuli. Dogmatizm Diniy ta\u2018limotda qatiy, hech bir e\u2018tirozga yo\u2019l qo\u2019ymaydigan aqidalarga rioya qilishda, fan sohasida esa, tayin tarixiy sharoitlarni hisobga olmay o\u2019zgarmas qonun va qoidalarni tan olishda namoyon bo\u2019ladi. Dogmatizmga asoslangan tafakkur usuli ilmiy bilishga zid, nazariya bilan amaliyotning bir-biridan ajralib qolishi natijasidir. Dogmatizm hukm surgan joyda turg\u2019unlik, jaholat, karaxtlik, qotib qolish, mutaassiblik paydo bo\u2019ladi. Yaqin o\u2019tmishdagi sho\u2019rolar tuzumi davrida fan, falsafa, iqtisodiyot, adabiyot va san\u2018at sohalarida dogmatik fikrlash usuli hukmronlik qildi. Iqtisodiy, siyosiy tashkilotlar va ular ishidagi buzilishlar ilmda sotsializmning asosiy mohiyatini tashkil etuvchi tomonlar sifatida ko\u2019rsatilar va mutlaqlashtirilar edi. Bu xulosalar esa ijtimoiy fanlarga bahslashib bo\u2019lmaydigan dogma sifatida kiritilib, nazariy fikrlarning ijodiy taraqqiyotiga to\u2019siq bo\u2019lib qolgan edi. Shunday sharoitda kimki yangi ilmiy muammoni ko\u2019tarib chiqsa, ijodiy fikr yuritishga urinsa, u sotsializm dushmani deb e\u2018lon qilinar edi. Natijada ijtimoiy fan vakillari orasida sotsialistik jamiyatni tanqidiy tahlil qilish mumkin emas, degan fikr keng yoyilgan edi. SSSR parchalangandan so\u2019ng ilm-fan va boshqa nazariy hamda amaliy faoliyatda ijodiy fikr yuritish imkoniyati vujudga keldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DOGMATIZM, aqidaparastlik \u2014 tanqidiy nuqtai nazardan tekshirmay, aniq sharoitni hisobga olmay ko\u2019r-ko\u2019rona fikr yuritish usuli. Dogmatizm Diniy ta\u2018limotda qatiy, hech bir e\u2018tirozga yo\u2019l qo\u2019ymaydigan aqidalarga rioya qilishda, fan sohasida esa, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dogmatizm-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[344],"tags":[],"class_list":["post-71241","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71241","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=71241"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71241\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":71246,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71241\/revisions\/71246"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=71241"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=71241"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=71241"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}