{"id":71348,"date":"2023-04-23T18:41:11","date_gmt":"2023-04-23T15:41:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=71348"},"modified":"2023-04-23T18:41:12","modified_gmt":"2023-04-23T15:41:12","slug":"demokratiya-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/demokratiya-3\/","title":{"rendered":"DEMOKRATIYA"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>DEMOKRATIYA <\/strong>(yun. <em>demos <\/em>\u2013 xalq va &#8230;<em>kratus &#8212; <\/em>hokimiyat) \u2014 fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda o\u2019rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari: ko\u2019pchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning bo\u2019linishi, davlat boshlig\u2019i va vakolatli organlarning saylab qo\u2019yilishi. Demokratiyaning bevosita Demokratiya (asosiy qarorlar yig\u2019ilishlarda bevosita barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yo\u2019li bilan qabul qilinadi) va vakillik Demokratiyasi (qarorlar saylab qo\u2019yiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor. Kishilik jamiyati paydo bo\u2019lgandanoq, Demokratiyaning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham o\u2019zining so\u2019nggi cho\u2019qqisiga erishganicha yo\u2019q. Davlat bilan birga vujudga kelgan Demokratiya insoniyat tarixi davomida turli milliy-madaniy shart-sharoitlarga moslasha borgan. Har bir davlatda, millatda o\u2019ziga xos qadriyatlar, mentalitet, an\u2018analar mavjuddir. Ular jamiyatdagi demokratik jarayonlarga katta ta\u2018sir ko\u2017rsatadi, binobarin demokratik muassasalarni shakllantirishda mazkur omillar, albatta, hisobga olinadi. Demokratik davlatda inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti har narsadan yuqori turadi. Bunday davlat o\u2019zini o\u2019zi boshqarish, ko\u2019ppartiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin bo\u2019lishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. Biroq Demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas., qonunga asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir. Demokratiya tartibotlari huquqiy davlatda mukam mal rivojlanib boradi. O\u2019zbekiston mustaqillikka erishgach, demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish yo\u2019lida katta qadam qo\u2019ydi. Demokratik tartibotlarni qayotga olib kiruvchi, demokratik siyosiy tizim tarkibiy tuzilmalarini hamda fuqarolik jamiyati bo\u2019g\u2019inlarini vujudga keltiruvchi, inson huquqlari kafolatlari tizimini qaror toptiruvchi qonunlar qabul qilinib, amalda ishlay boshladi. Hozirgi vaqtda demokratiya \u2013 xalqni hokimiyat manbai, deb e\u2018tirof etuvchi, fuqarolar tengligi, ozchilik huquqlarini himoyalovchi, davlatning asosiy organlari \u2013 saylovlar natijasida shakllanuvchi siyosiy tizim turi sifatida tushuniladi. Demokratiyaning jamiyat hayotini tashkil etish usuli sifatidagi eng muhim afzalliklari unda boshqa boshqaruv usullariga nisbatan hokimiyatni cheklash, uning barqarorligini saqlash va uni bir qo\u2019ldan ikkinchisiga o\u2019tishi mexanizmlarining atroflicha ishlab chiqqilganidir. Mana shu xususiyatlari, hamda jamiyatdagi ixtiloflarni tinch yo\u2019l bilan muhokama, yon bosish, kelishuv orqali hal qilishga asoslanganligi \u2013 bugungi kunda ko\u2019p mamlakatlar uchun demokratiyani jozibali va ma\u2018qul rivojlanish yo\u2019liga aylantirmokda. Demokratiyaning liberal, konservativ, populistik, kommunistik va anarxisik talqinlari, plyuralistik va elitar konsepsiyalari, to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri va vakillik demokratiyasi to\u2019g\u2019risidagi g\u2019oyalar, bir qancha modellari mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>DEMOKRATIYA (yun. demos \u2013 xalq va &#8230;kratus &#8212; hokimiyat) \u2014 fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda o\u2019rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya davlat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/demokratiya-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[344],"tags":[],"class_list":["post-71348","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71348","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=71348"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71348\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":71349,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71348\/revisions\/71349"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=71348"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=71348"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=71348"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}