{"id":71407,"date":"2023-04-24T10:13:54","date_gmt":"2023-04-24T07:13:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=71407"},"modified":"2023-04-24T10:13:55","modified_gmt":"2023-04-24T07:13:55","slug":"ozbekiston-respublikasining-prezidenti-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-respublikasining-prezidenti-2\/","title":{"rendered":"O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI <\/strong>\u2014 O\u2019zbekiston Respublikasida davlat boshlig\u2019i. O\u2017zbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24 martda ta\u2018sis etilgan. O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga binoan, O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo\u2019lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O\u2019zbekiston hududida muqim yashayotgan O\u2019zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O\u2019zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili; O\u2019zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko\u2019radi; mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O\u2019zbekiston Respublikasi nomidan ish ko\u2019radi. O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidenti O\u2019zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo\u2019mondoni hisoblanadi. Qurolli Kuchlarning oliy qo\u2019mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi. O\u2019zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi. Favqulodda vaziyatlar (real, tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta\u2018minlashni ko\u2019zlab, mamlakatning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini 3 kun ichida O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig\u2019iga kiritadi. O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidentining vakolatlari jumlasiga fuqarolik, siyosiy boshpana berish, O\u2019zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash, afv etish to\u2019g\u2019risidagi hujjatlarni qabul qilish va gunohidan kechishni amalga oshirish kabi masalalarni hal etish kiritilgan. O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo\u2019lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Davlat boshlig\u2019i sifatida O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat hokimiyati organlari tizimida muvofiqlashtiruvchi vazifani bajaradi. O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidentining ijro etuvchi hokimiyat organlariga nisbatan vakolatlari avvalo uning O\u2019zbekiston Hukumatini tuzishdagi ishtirokida ko\u2019rinadi. O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidenti O\u2019zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan, O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a\u2018zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi; viloyat hokimlarini hamda Toshkent shahri hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik bu masalalarni tegishli xalq deputatlari Kengashlarining tasdig\u2019iga kiritadi. O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidentining shaxsi daxlsizdir va \u2015O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to\u2019g\u2019risida\u2016gi qonun (2003-yil 25- aprel) bilan muhofaza etiladi. O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o\u2019z vazifasini bajara olmasligi O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qo\u2019shma qaroriga ko\u2019ra tuzilgan davlat tibbiy komissiya xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda O\u2019zbekiston Respublikasi Oly Majlisi Senati raisi 3 oy muddatga O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidenti vazifasini vaqtincha bajarib turadi. Bu holda 3 oy muddat ichida O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidentining umumxalq saylovi o\u2019tkazilishi shart. O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidentining davlat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi munosabati bilan iste&#8217;foga chiqqan Prezident umrbod Senat a&#8217;zosi lavozimini egallashi ko\u2019zda tutilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PREZIDENTI \u2014 O\u2019zbekiston Respublikasida davlat boshlig\u2019i. O\u2017zbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24 martda ta\u2018sis etilgan. O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga binoan, O\u2019zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo\u2019lmagan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-respublikasining-prezidenti-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[353],"tags":[],"class_list":["post-71407","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71407","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=71407"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71407\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":71411,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71407\/revisions\/71411"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=71407"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=71407"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=71407"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}