{"id":71695,"date":"2023-04-24T17:53:29","date_gmt":"2023-04-24T14:53:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=71695"},"modified":"2023-04-24T17:53:30","modified_gmt":"2023-04-24T14:53:30","slug":"shimoliy-atlantika-shartnomasi-tashkiloti-nato","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shimoliy-atlantika-shartnomasi-tashkiloti-nato\/","title":{"rendered":"SHIMOLIY ATLANTIKA SHARTNOMASI TASHKILOTI, NATO"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>SHIMOLIY ATLANTIKA SHARTNOMASI TASHKILOTI, NATO <\/strong>(<em>North Atlantic Treaty Organisation &#8212; NATO<\/em>) \u2014 xalqaro davlatlararo harbiy-siyosiy tashkilot. 1949-yil 4-aprelda Vashingtonda 12 davlat: AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Kanada, Italiya, Portugaliya, Norvegiya, Daniya, Islandiya vakillari tomonidan Shimoliy Atlantika shartnomasi imzolangan. Tashkilotga 1952-yil Gretsiya va Turkiya; 1955-yil GFR, 1982-yil Ispaniya, 1999-yil Vengriya, Polsha va Chexiya, 2004-yil Latviya, Litva, Estoniya, Slovakiya, Sloveniya, Bolgariya va Ruminiya qabul qilindi; 1966-yil Fransiya NATOning harbiy tuzilmalaridan chiqqan. Shartnoma dastlab Sovet Ittifoqi tomonidan agressiya xavfiga qarshi birgalikda himoyalanish va jamoaviy xavfsizlikni nazarda tutgan. Bu ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh tomonidan tuzilgan birinchi uyushma bo\u2019lib, u G\u2019arb mamlakatlarining ittifoqini anglatardi. Bunday shartnoma tuzilishiga \u2015sovuq urush\u2016ning tobora keng tus olgani sabab bo\u2019lgan. Shartnoma BMT Ustavining 51-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan bo\u2019lib, bu moddada mustaqil davlatlar yakka tartibda yoki jamoa bo\u2019lib o\u2019z mudofaasini tashkil etish huquqiga egaligi ko\u2019rsatilgan. Shartnoma NATOga kiruvchi mamlakatlarga G\u2019arbiy Yevropa va Shimoliy Atlantikani himoya qilish vazifasini yuklagan. Shimoliy Atlantika Kengashi NATO ning oliy siyosiy organi hisoblanadi. U ittifoqqa a&#8217;zo mamlakatlar hukumatlari o\u2019rtasida maslahatlashib olinadigan va ishlarni muvofiqlashtiruvchi asosiy forumdir. Harbiy masalalar Mudofaani rejalashtirish komiteti (MRK) majlislarida muhokama qilinadi. \u2015Sovuq urush\u2016 tugagandan so\u2019ng NATOni dunyoda yuzaga kelgan yangi vaziyatga moslashtirish boshlandi. 1991-yil Shimoliy Atlantika hamkorlik kengashi tuzildi. U Yevroatlantika hamkorlik kengashi (YEAHK)ga aylantirildi (1997). 1994-yildan NATOning \u2015Tinchlik yo\u2019lida hamkorlik\u2016 (TYH) dasturi amalga oshirila boshlandi. Bu dastur Yevroatlantika hududi xavfsizligining asosiy tarkibiy qismiga aylandi va NATOda markaziy o\u2019rinni egallab kelmoqda. YEAHKga 46 mamlakat a\u2018zo (2004). O\u2019zbekiston 1992-yil 10-martda Shimoliy Atlantika hamkorligi kengashiga a&#8217;zo bo\u2019lib kirdi. \u2015Tinchlik yo\u2019lida hamkorlik\u2016 dasturiga qo\u2019shilish to\u2019g\u2019risidagi hujjatning O\u2019zbekiston tomonidan imzolanishi (1994) respublikaning xalqaro tuzilmalarga integratsiyalashuvi jarayonida yangi bosqichni boshlab berdi. 1995-yil 16- avgustda O\u2019zbekiston NATO bilan xavfsizlik to\u2019g\u2019risidagi bitimni imzoladi. O\u2019zbekistonning NATO bilan o\u2019zaro aloqalari har yili ikkala tomondan tasdiqlanadigan individual hamkorlik dasturi orqali amalga oshiriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SHIMOLIY ATLANTIKA SHARTNOMASI TASHKILOTI, NATO (North Atlantic Treaty Organisation &#8212; NATO) \u2014 xalqaro davlatlararo harbiy-siyosiy tashkilot. 1949-yil 4-aprelda Vashingtonda 12 davlat: AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Kanada, Italiya, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shimoliy-atlantika-shartnomasi-tashkiloti-nato\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[351],"tags":[],"class_list":["post-71695","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71695","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=71695"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71695\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":71696,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71695\/revisions\/71696"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=71695"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=71695"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=71695"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}