{"id":71705,"date":"2023-04-24T18:01:54","date_gmt":"2023-04-24T15:01:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=71705"},"modified":"2023-04-24T18:01:55","modified_gmt":"2023-04-24T15:01:55","slug":"ozbekiston-respublikasi-oliy-majlisi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-respublikasi-oliy-majlisi-2\/","title":{"rendered":"O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI <\/strong>\u2014 O\u2019zbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng, to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. I chaqiriq Oliy Majlis ko\u2019ppartiyaviylik asosida 1994-yildan beri 5 marotaba saylovlar bo\u2019lib o\u2019tdi. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat bo\u2019lib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qo\u2019shimcha va o\u2019zgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, o\u2019z konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish bo\u2019yicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, o\u2019tish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega bo\u2019ldi. 2002-yil 27-yanvarda o\u2019tkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi O\u2019zbekiston xalqi tomonidan qo\u2019llab-quvvatlandi. O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini O\u2019zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, \u2015Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari to\u2019g\u2019risida (2002-yil 4-aprel), \u2015O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2019g\u2019risida (2002-yil 12-dekabr), \u2015O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2019g\u2019risida (2002-yil 12- dekabr)gi Konstitutsiyaviy qonunlar, \u2015O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to\u2019g\u2019risida (2003-yil 29-avgust), \u2015O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to\u2019g\u2019risida (2003-yil 29-avgust) kabi qonunlar tashkil etadi. O\u2019zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi hududiy, bir mandatli saylov okruglari bo\u2019yicha ko\u2019p partiyalilik asosida saylanadigan 150 (shundan, 15 deputatlik o\u2019rni O\u2019zbekiston Ekologik harakati tomonidan shakllantiriladi.) deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy, teng va to\u2019g\u2019ridan to\u2019g\u2019ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo\u2019li bilan saylanadi. O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo\u2019lib, Senat a\u2018zolari (senatorlar)dan tarkib topadi. Senat a\u2018zolari Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda &#8212; 6 kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi Jo\u2019qorg\u2019i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo\u2019shma majlislarida mazqur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo\u2019li bilan o\u2019tkaziladi. Senatning 16 nafar a&#8217;zosi fan, san\u2018at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo\u2019lgan hamda alohida xizmat ko\u2019rsatgan eng obro\u2019li fuqarolar orasidan O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Har ikkala palataning vakolat muddati \u2013 5 yil. O\u2019zbekiston parlamenti keng, ko\u2019p qirrali vakolatlarga ega. U hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo\u2019linish prinsipiga asoslanib, davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qonunchilik, davlat boshqaruvining muhim masalalarini ko\u2019rib chiqishda va hal etishda ishtirok etadi, davlat budjetini tasdiqlaydi, parlament nazoratini amalga oshiradi hamda qator davlat organlarini shakllantirishda qatnashadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2019ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI \u2014 O\u2019zbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng, to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. I &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-respublikasi-oliy-majlisi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[353],"tags":[],"class_list":["post-71705","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71705","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=71705"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71705\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":71706,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/71705\/revisions\/71706"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=71705"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=71705"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=71705"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}