{"id":7253,"date":"2021-11-02T20:33:44","date_gmt":"2021-11-02T17:33:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7253"},"modified":"2021-11-02T20:33:46","modified_gmt":"2021-11-02T17:33:46","slug":"amaliy-sanat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amaliy-sanat\/","title":{"rendered":"AMALIY SAN&#8217;AT"},"content":{"rendered":"\n<p>AMALIY SAN&#8217;AT, amaliy bezak san&#8217;ati \u2014 bezak san&#8217;ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, o&#8217;yinchoqlar va boshqalar) ni badiiy ishlash bilan bog&#8217;liq ijodiy mehnat sohalarini o&#8217;z ichiga oladi. Amaliy san\u2019at asarlari ko&#8217;z bilan ko&#8217;rish, his etish va anglashga mo&#8217;ljallangan. Amaliy san\u2019at asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini go&#8217;zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o&#8217;zining ko&#8217;rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta&#8217;sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati bo&#8217;lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning go&#8217;zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining ko&#8217;pligi Amaliy san\u2019atda estetik ta&#8217;sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir. Amaliy san\u2019atda narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli oddiy, jo&#8217;n buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzilishi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol o&#8217;ynaydi. Xom ashyoning go&#8217;zalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining maromi buyumning ta&#8217;sirchan umumlashma qiyofasini ifodalovchi yagona vositalardir. Ta&#8217;sirchan mazmunli shakllar ko&#8217;pincha taqlidan yaratilganda mazmuni ortadi. Buyumda hosil bo&#8217;layotgan bezak uning obraz tuzilishiga ham sezilarli ta&#8217;sir etadi. Bezagi tufayli buyum Amaliy san\u2019at asariga aylanadi. Amaliy san\u2019atda bezak yaratishda naqsh bilan tasviriy san&#8217;at (haykaltaroshlik, rangtasvir, ayrim hollarda grafika) qismlari (alohida yoki turlicha birikuvlari) keng qo&#8217;llaniladi. Ba&#8217;zan naqsh yoki tasvir buyumlarni shakllantiruvchi asosga aylanadi (panjara guli, to&#8217;r; gilam, mato gullari va hokazolar). Amaliy san\u2019at asarining uyg&#8217;unligi avvalo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bezakning o&#8217;zaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon bo&#8217;ladi. Bezakning shakl, tasvirning buyum ko&#8217;lami va xususiyati, uning amaliy va badiiy vazifasi bilan uyg&#8217;unlashtirishning zarurligi tasviriy bo&#8217;laklarni o&#8217;zgarishiga, talqinda shartlilikka va narsa qismlarini o&#8217;xshatib yaratishga olib keladi. 19 &#8212; asr 2 &#8212; yarmidan ilmiy adabiyotlarda Amaliy san\u2019at asarlari foydalanilgan xom ashyosi (yog&#8217;och, sopol, ganch, tosh, metall, suyak va boshqalar) va ijro usuli (bo&#8217;yash, o&#8217;yib-kesib ishlash, quyish, kashta tikish, to&#8217;qish va boshqalar) ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa o&#8217;z navbatida buyumlarga ishlov berishni loyihalash (dizayn) va uni ishlab chiqarish bilan bog&#8217;lanishi (badiiy sanoat)ga zamin yaratdi. Amaliy san\u2019at asarlari yaratilgan davrining maishiy qatlamiga mos mahalliy va milliy xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar bilan yaqin munosabatda bo&#8217;lgan uning moddiy madaniyatini ifoda etadi. Asrlar mobaynida xalq, ijodiyotining sohasi sifatida amaliy bezak san&#8217;ati. yuzaga kelgan. Uning rivojida xalq yashagan joyning jug&#8217;rofiy sharoiti, xalqining mashg&#8217;uloti, etnik va milliy jihatlari, turmush tarzi, madaniy darajasi, qo&#8217;shni xalqlar bilan aloqalari va boshqa muhim rol o&#8217;ynagan. Kulollikka yaraydigan tuproq mavjud joylarda kulollik, chorvachilik rivoj topgan yerlarda jundan mato to&#8217;qish, mo&#8217;ynado&#8217;zlik, kigiz bosish, gilamchilik va shu kabilar rivojlangan, Amaliy san\u2019at asarlarining ma&#8217;lum joyga xos uslublari shakllangan. O&#8217;zbekiston hududidan mezolit davriga oid qad. san&#8217;at yodgorliklari topilgan. Neolit davri sopol idishlari qo&#8217;lda yasalib, chiziqcha, nuqta va ilonizi tasvirlar (tirnoq, qo&#8217;l bilan chizib) tushirib bezatilgan. Farg&#8217;ona vodiysidan miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri \u2014 2-ming yillikka oid jez davri quyma badiiy buyumlari (jez va kumush buyumlar xazinasi) topilgan. Sopol idishlarga keyinchalik handasiy bezaklar ishlana boshlangan. Farg&#8217;ona vodiysi, Surxondaryo viloyati o&#8217;troq dehqon aholisi idishlari shu davrda uchburchak, rombsimon yoki kataksimon qizil-qora chiziqchalar bilan bezalgan; Amudaryo bo&#8217;yi vohasidan topilgan buyumlarda ham shunday tasvirlar jigarrang, oq zaminga chizilgan. Jez davri dasht qabilalari foydalangan sopol idishlardagi uchburchak, ilonizi, archasimon yoki yo&#8217;l-yo&#8217;l tasvirlar qolip bilan bosilgan (Xorazmdagi Tozabog&#8217;yop madaniyati, Buxoro vohasidagi Qizilqir qabristoni). Miloddan avvalgi 4 \u2014 2- asrlar yodgorliklariga oid sopol idish va haykalchalarga hayvonlar shakli ishlangan (Qovunchi madaniyati idish dastasidagi hayvon shakli; Afrosiyob va Xolchayondan topilgan taqinchoqlardagi bo&#8217;rtma tasvirlar). Ilk o&#8217;rta asr (5 \u2014 8 &#8212; asrlar) amaliy bezak san&#8217;ati Sug&#8217;d, Toxariston, Xorazm va Farg&#8217;onadagi davlatlar madaniyati bilan bog&#8217;liq ravishda rivojlangan. Ganch o&#8217;ymakorligi (Samarqand, Varaxsha) va yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi (Surxondaryo viloyati)da naqshga mavzuli mujassamotlar aralashtirib berilgan, yassi bo&#8217;rtma bezaklar o&#8217;rnini hajmli shakllar egallagan. Handasiy va uslublashtirilgan o&#8217;simliksimon naqsh asoslari yanada mukammallashtirilgan. Afrosiyob, Bolaliktepa va Varaxsha rasmlarida tasvirlangan rang-barang kiyimlar shu davrda badiiy to&#8217;qimachilik taraqqiy etganidan darak beradi. Surxondaryo viloyatining Termiz shahri yaqinida joylashgan qabristondan, Pop tumani Munchoqtepa manzilgohidan 4 \u2014 6-asrlarga oid qadimgi ajoyib kiyimlarning o&#8217;ziga xos namunalari topilgan, bundan qadimgi farg&#8217;onaliklar kiyimi ancha murakkab qilib tiqilganligi ma&#8217;lum bo&#8217;ladi. Samarqand viloyatidan qadimgi mahsi, Farg&#8217;ona vodiysidan qolip va charm kesadigan maxsus pichoq topilishi O&#8217;zbekistonda, umuman butun Turkistonda deyarli bir vaqtda, ya&#8217;ni 5 \u2014 6-asrlarda bu oyoq kiyimning urf bo&#8217;lganini ko&#8217;rsatadi. Farg&#8217;ona vodiysi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo va Qashqadaryoda pichoqchilikning qadimgi markazlari bo&#8217;lgan. Pichoqlar faqat uy-ro&#8217;zg&#8217;or buyumi emas, balki harbiy qurol, hunarmandlik asbobi sifatida qo&#8217;llanilib kelingan. 6 \u2014 12 &#8212; asrlarga oid pichoq namunalari metall tarkibining, pichoq yasash usuli va bezaklarining o&#8217;zgarib, taraqqiy eta borganini tasdiqlaydi. Navoiy, Bobur asarlariga ishlangan miniatyuralarda (15 \u2014 17 &#8212; asrlar) yonga osib yuriladigan pichoqlarning turli xil namunalari tasvirlangan. 7 \u2014 9 &#8212; asrlarda to&#8217;qimachilik taraqqiy etgan, ip, ipak matolardan tashqari qimmatbaho parchalar ham ishlab chiqarilgan. O&#8217;simlik va handasiy naqsh-bezaklariga boy, jonzodlar tasviri tushirilgan &#171;zandonachi&#187; matosi bizgacha saqlanib kelingan. Zandonachi matosining mujassamoti taqsim usulida tushirilgan; bir me&#8217;yorda almashinib turgan turunj bezaklari ichiga bir juft qarama-qarshi turgan Arslon, fil va boshqa hayvonlar tasviri joylashtirilgan. 5 \u2014 10 &#8212; asrlarda sopol buyumlarning maxsus turi \u2014 ostadonlar tayyorlash rivoj topdi. Ostadonlarni bezashda tasviriy mavzulardan keng foydalanilgan: ajdodlar, homiylar va xudolar, parrandalar, shuningdek daraxt va boshqa o&#8217;simliklar o&#8217;yma, bo&#8217;rtma va boshqa usullarda ishlangan. 6 \u2014 10 &#8212; asrlardan shisha idishlar ko&#8217;plab ishlandi; ko&#8217;zacha, qadaxlar, siyoxdon, turli idishlar rangli (qizil, olcha rang, sariq, ko&#8217;k, yashil), rangsiz shishalardan tayyorlanib, bo&#8217;rtma, bosma, chizma, qadama usullarda bezatilgan. Ko&#8217;plab rang-barang shisha munchoqlar ishlab chiqarilgan. Marmar qabr toshlari usti girih naqshlar bilan bezatilgan, yog&#8217;och va marmardan panjaralar ishlangan. Me&#8217;morlikda an&#8217;anaviy ganch, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi bilan bir qatorda g&#8217;isht qalab naqsh hosil qilish san&#8217;ati rivoj topdi. 12-asrda me&#8217;morlikda o&#8217;yma terrakotadan, sirlangan g&#8217;ishtdan foydalanildi, mahobatli binolarning devor, gumbazlari koshin bilan qoplab, bino ichi ganch o&#8217;ymakorligi, bo&#8217;yama naqshlar bilan bezatilgan. Islom dini qaror topishi bilan Amaliy san\u2019at ning turli sohalarida badiiy bezak asarlari, mavxum naqsh-bezaklar yaratishga intilish kuchaydi. 9 \u2014 10 &#8212; asrlar me&#8217;moriy naqqoshlikda handasiy (yulduzsimon shakllarning turli ko&#8217;rinishlari) va Arab yozuvlari ishlash etakchi o&#8217;rinda turgan. Girih san&#8217;ati yuksaldi. Rangli sirning ixtiro qilinishi (8-asr) bilan badiiy kulollik taraqqiy etdi. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda sopol idishlarga naqshbezaklar ishlab, bo&#8217;yab, ustidan sirlash usuli o&#8217;zlashtirildi. Dastlab sodda yashil bezak ustidan xira sir qoplangan yoki 2-3 xil rangda sir dog&#8217;lari oqizilgan idishlar ishlangan bo&#8217;lsa, 10-11-asrlarda idishning oq yoki g&#8217;isht rang kizil zaminiga rangli angob bilan aniq naqsh mujassamoti tushirilib, ustidan tiniq (shaffof) qo&#8217;rgoshin sir qoplangan. Shu davr kulolligi (ayniqsa Afrosiyob idishlari)ga bezak bilan badiiy shaklning bir-biriga mos ravishda ishlanishi xosdir, keskin rangli bezakning aniq ishlanishi va tasvirlarning mahalliyligi (&#171;kufiy&#187; yozuvlari, novda, lola, anor, tok barglari tasvirlanishi) bilan ajralib turadi. Keyingi davr idishlariga uslublashtirilgan o&#8217;simliksimon naqshlar, yozuvlar va ba&#8217;zi hayvonlar shakli tushirilgan: yashil, yorqin havorang sirli idishlar, sirsiz bosma usulda tasvir tushirilgan, naqshli sopol idishlar ham ko&#8217;p ishlangan. 12 &#8212; asrdan koshindan noziq yupqa idishlar ko&#8217;plab ishlana boshlandi. Badiiy metall buyumlar o&#8217;rta asr uslubida yaratilgan. Idishlar (ko&#8217;za, qozoncha, shamdon va boshqalar) bronzadan yasalib, hoshiya va turunj naqshlar bilan bezatilgan, yozuvlar uslublashtirilgan o&#8217;simliksimon naqshlar bilan, ba&#8217;zan qush va hayvonlar tasvirlari ham aralashtirilgan, chizma, kandakori va boshqa usullarda ishlov berilgan. Xo&#8217;ja Ahmad Yassaviy maqbarasida saqlangan ulkan qozon (1390) bezaklari, o&#8217;yib naqshlangan eshik (1397), kumush qadab nafis ishlangan Shamdonlar o&#8217;sha davr Amaliy san\u2019atining nodir namunalaridir. Shishasozlik (turli-tuman rangli qadah, piyola, likobcha va ko&#8217;zachalar) va badiiy to&#8217;qimachilik rivojlangan. 13 \u2014 14 &#8212; asrlarda mo&#8217;g&#8217;ullar istilosi va undan keyingi davrlarda badiiy sopol idishlar mayda o&#8217;simlik va chizma naqshlar bilan bezalgan; yashil-qora va feruza-havorang bo&#8217;yoqlar oq angob ustiga tushirilgan, ustidan rangsiz yoki shaffof sir bilan qoplangan. Amir Temur va Temuriylar davrida badiiy xunarmandlik yanada ravnaq topdi; nafis matolar, gulli kashtalar, zeb-ziynat buyumlari, badiiy bezatilgan qurollar, ot abzallari, idishlar ishlab chiqarilgan. Registon, Shog&#8217;izinda, Oqsaroy kabi yirik me&#8217;moriy ansambllar yaratilib, bino tarzi rang-barang koshin va parchinlar bilan bezatilgan, bino ichi halli naqsh va bo&#8217;yama naqshlar bilan, 15 &#8212; asr 2 &#8212; yarmidan tilla halli bo&#8217;rtma &#171;kundal&#187; naqshi bilan bezatilgan. Yozma manbalarda Amir Temur saroylariga mavzuli tasvirlar, bo&#8217;yama naqshlar ishlanganligi qayd qilingan. Shayboniylar hukmronligi (1500\u2014 1601) va Ashtarxoniylar (1601 \u2014 1753) davrida O&#8217;zbekiston hududida tinimsiz urushlar bo&#8217;lib turgan. Shuning uchun ham badiiy hunarmandlik poytaxt \u2014 Buxoro va qisman boshqa yirik shaharlarda \u2014 Samarqand, Toshkent, Xivada to&#8217;plangan, xattotlik, kitobat san&#8217;ati, muqovasozlik, kitob miniatyurasi, qo&#8217;lyozmalar yaratish san&#8217;ati rivojlangan. Ustalar qo&#8217;lyozma kitob sahifalarini zarhal berib, noziq o&#8217;simlik va handasiy naqshlar bilan to&#8217;ldirib bezashgan. O&#8217;zbekistonning barcha markazlarida ip, ipak, jun matolar (atlas, zandonachi, baxmal, bo&#8217;z, shohi, olacha, parcha) va tayyor buyumlar (ro&#8217;mol, dasturxon, salla, belbog&#8217;, qiyiq va boshqalar) ishlab chiqarilgan. 18- asrlarda to&#8217;qimachilik markazlari Buxoro, Marg&#8217;ilon, Andijon, Samarqand, Xiva, Toshkentda joylashgan. Shahrisabzda popur (popop) chokli so&#8217;zanalar, Buxoro, Samarqand, Toshkentda xon va ulamolar uchun zardo&#8217;zi buyumlar tayyorlangan. 18 \u201419 &#8212; asrlarda mahobatli binolarni ayniqsa ichki qismini koshin, tosh, ganch, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi bilan bezatish davom etdi. Kulollik va kandakorlik san&#8217;ati yuksak darajaga ko&#8217;tarildi. Kandakorlikning Buxoro, Qarshi, Xiva, Shahrisabz uslublari vujudga keldi. Amaliy bezak san&#8217;atining boshqa turlarining mahalliy uslublari shakllandi. Yozma manbalardan 18 &#8212; asrda iroqi do&#8217;ppilar ko&#8217;plab tiqilgani ma&#8217;lum. 19- asr 1 &#8212; yarmi va o&#8217;rtalariga oid kashtalarda (Buxoro, Samarqand, Nurota) chamanzorlar tasvirlangan. Shaxrisabzda &#171;abr&#187; bezakli matolar to&#8217;qila boshlangan. Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda, Xorazm, Farg&#8217;ona vodiysida ko&#8217;nchilik qadimdan rivojlangan. Turli xil ko&#8217;n mahsulotlari: charm, xrom, amirkon va boshqalardan poyabzal, telpak, ustki kiyim. ot-ulov abzallari, qayish, qin kabi buyumlar tayyorlangan. Teriga badiiy ishlov berish rivojlangan; dastlab oshlangan, ustidan pardozlangan, ba&#8217;zilari bo&#8217;yalgan. Buyumlar usti muraqqa usulida rangli charm, baxmal parchalari qo&#8217;yib, popuklar, qo&#8217;ng&#8217;iroqchalar qo&#8217;shib tikilib buyumning badiiyligi oshirilgan. Ayniqsa qog&#8217;oz-hujjatlar solib yuriladigan juzdon (juzgirlar)ga turunj naqshlari bosma usulda tushirilib, hoshiyasiga noziq o&#8217;simliksimon naqshlar berib bezatilgan. 18-19 &#8212; asrlar zargarlari qadimgi zargarlik san&#8217;ati an&#8217;analarini davom ettirishdi. Yozma manbalarga ko&#8217;ra 18-asr zargarlari oltin va kumushga qimmatbaho toshlar qadab toj va kamarlar, qurollar, ot abzallari, zeb-ziynat buyumlari ishlagan. 19-asr zargarlari zumrad, durru marvarid, yoqut, feruza, aqiq, sadaf kabi qimmatbaho toshlarni oltin va kumushga qadab serjilo, jozibali zeb-ziynat buyumlari yaratishgan. Ularga bolg&#8217;alab (zarb berib), hallab o&#8217;yib, bo&#8217;rttirib naqsh yasab, bosib (siqib), qoliplash usullarida ishlov berilgan. 19 &#8212; asr o&#8217;rtalarida Rishton qishlog&#8217;i kulollari elga mashhur bo&#8217;ldi. Shu davrda Abdujalil, To&#8217;xta, Abdulla kabi ustalar ishlab o&#8217;ziga xos Rishton kulollik uslubini yaratishdi. Rishton sopol idishlarining oq zaminiga ko&#8217;k bo&#8217;yoq bilan bezak chizilgan. Bezak mujassamoti doira shaklida tushirilib, idishning tubi va chetlari ajratilgan. Asosiy bezagi yirik serbarg gullardan iborat bo&#8217;lib, orasi noziq pechak singari novdalar bilan to&#8217;ldirilgan. To&#8217;rsimon hoshiya naqshlar orasiga an&#8217;anaviy ko&#8217;zchalar qo&#8217;yilgan. Rishton buyumlari qatori Vardonze, G&#8217;ijduvon, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on, Shahrisabz, Toshkent kulollarining buyumlari o&#8217;ziga xos shakli, bezak mujassamotlari, naqshlari bilan ajralib turgan. 20-asr boshlarida O&#8217;zbekiston amaliy bezak san&#8217;ati qadimiy an&#8217;analarga asoslangan holda, yangi zamonaviy mavzular bilan boyitib rivojlantirildi. Aksariyat badiiy qunarmandlik sohalari tiklandi. Farg&#8217;ona an&#8217;anaviy to&#8217;qimachilik san&#8217;ati o&#8217;rganilib, abr gulli kiyimli ipak matolar (A. Axmedov), Buxoro yirik gulli matolaridan bino ichini bezaydigan badiiy buyumlar: deraza-eshik pardalar, choyshablar, dasturxonlar ishlab chiqarildi. An&#8217;anaviy chitgarlik (A. Abdug&#8217;afurov, K. Qo&#8217;ziyev, G&#8217;. Qo&#8217;ziyev), gilamchilik va palos to&#8217;qish (G. Abdullayev) da mavzuli tasvirlar berishga, kishilar siymosini yaratishga harakat kuchaydi. Kandakori buyumlarga ham tasviriy bezaklar berish rasm bo&#8217;ldi. 19 &#8212; asr an&#8217;analarini kashtachi K. Musajonov, opa-singil Rajabovalar (Chust &#171;tus&#187; do&#8217;ppilari, Shahrisabz &#171;iroqi&#187;larini yaratishgan), kulol T. Miraliyev, U. Shermatov, M. Ismoilov va boshqalar davom ettirdi. Zargarlik buyumlari shakl jihatdan ancha soddalashtirilsa ham qadimgi an&#8217;anaviy usullarda ishlandi. 30 &#8212; yillar o&#8217;rtalaridan sanoatda badiiy matolar ishlab chiqarish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Toshkent to&#8217;qimachilik kombinati satin, chit, urushdan keyingi yillarda Marg&#8217;ilon shoyi to&#8217;qish kombinati sun&#8217;iy va ipak matolari ishlab chiqara boshladi. 60-70 &#8212; yillarda Marg&#8217;ilon &#171;Atlas&#187; birlashmasi, Namangan shoyi to&#8217;qish fabrikasi abr gulli ipak matolar chiqardi. Taqsim usulida yirik gulli kilib ishlangan &#171;Arabi&#187; xilidagi, sidirg&#8217;a va mayda gulli &#171;terma&#187; paloslar (T. Jo&#8217;raev, B. Mirzayeva, O. Xolmatova), zardo&#8217;zi do&#8217;ppi, nimcha, yirik namoyonlar (A. Aminov, M. Ahmedova, V. P. Stolyarov), so&#8217;zana, palak, gulko&#8217;rpa va turli qiyiqlar, mayda haykaltaroshlikda an&#8217;anaviy sopol ushpulaklar (U. Jo&#8217;raqulov, H. Rahimova) qatori beg&#8217;ubor hazil ruhi aks etgan haykalchalar (A. Muxtorov) yaratildi. Asosan so&#8217;nggi 80 \u2014 90 &#8212; yillar ichida quyidagi asosiy yo&#8217;nalishlarda rivojlandi: 20 dan ortiq xalq hunarmandligini o&#8217;z ichiga olgan xalq Asosan yengil (chinni buyumlar, badiiy matolar) va mahalliy (sopol, yog&#8217;och buyumlar, gilamchilik, kashtachilik, zardo&#8217;zlik va boshqalar) sanoatni o&#8217;z ichiga olgan badiiy sanoat; ko&#8217;rgazma, interyer va manzarali kulollik buyumlari, gobelen, shisha, chinni va zargarlik san&#8217;atida an&#8217;anaviy bo&#8217;lmagan buyumlar yaratuvchi rassomlik ijodi bilan bog&#8217;liq malakali yakka tartibdagi mualliflik bezak san&#8217;ati. Xalq Amaliy san\u2019atini rivojlantirish, uning unutilgan turlarini qayta tiklash va taraqkiy ettirishda &#171;Usto&#187; birlashmasi (1978) muhim rol o&#8217;ynadi. Kulollik, kandakorlik, tosh, yog&#8217;och va ganch o&#8217;ymakorligi, naqqoshlik, zargarlik san&#8217;ati, zardo&#8217;zlik, gilamchilik va kigizchilik, lok miniatyurasi, badiiy to&#8217;qimachilik, nosqovoq, to&#8217;qima ro&#8217;zg&#8217;or buyumlari, chinni, shisha buyumlar tayyorlash va boshqa Amaliy san\u2019at turlari rivojlanmoqda. Ganch o&#8217;ymakorligini me&#8217;moriy bezaklarda qo&#8217;llash bu to&#8217;rning barcha maktablari an&#8217;analarini rivojlantirishga e&#8217;tiborni oshirdi. Ustalar turli maktab an&#8217;analarini uyg&#8217;unlashtirib, o&#8217;ta ehtiyotkorlik bilan me&#8217;moriy bezaklar mujassamotiga kiritmoqda. Badiiy hayotda ro&#8217;y berayotgan jarayonning ta&#8217;siri hamda mahalliy badiiy an&#8217;analarning boyligi badiiy tajribada an&#8217;anaviy bo&#8217;lmagan yakka tartibdagi mualliflik bezak san&#8217;atini rivojlantirmoqda. Badiiy to&#8217;qimachilik, chinni, shisha, kulollik buyumlari ko&#8217;rgazmalarda tez-tez namoyish ztilmoqda, ayni paytda shahar maishiy, me&#8217;moriy va boshqa muhitini boyitish vositasiga aylanmoqda. Jumladan an&#8217;anaviy bo&#8217;lmagan kulollik, gobelen tayyorlash rivojlanmoqda, ustalarning ishlari ko&#8217;rgazmalarda namoyish etilmoqda. 70- yillardan kulollik asarlari Toshkent va boshqa shaharlardagi jamoat binolarini bezamoqda: xalqlar do&#8217;stligi saroyi, &#171;Chorsu&#187; mehmonxonasi, Toshkent metropoliteni bekatlari va boshqalar. O&#8217;zbekiston Respublikasi mustaqilligi Amaliy san\u2019atning barcha shakllarini rivojiga mustahkam zamin yaratdi. Shuningdek, O&#8217;zbekiston hududida qadimdan shakllangan, jahonga mashhur nafis san&#8217;atlar maktablarining noyob an&#8217;analarini avaylab asrash, o&#8217;rganish, boyitib borish, millim tasviriy, amaliy, miniatyura san&#8217;atining nodir durdonalarini dunyoga olib chiqish va targ&#8217;ib qilish, nafis san&#8217;atlar sohasidagi ilmiy izlanishlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, zamon talablariga mos badiiy ta&#8217;lim tizimini barpo etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, akademik ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish maqsadida O&#8217;zbekiston badiiy akademiyasi tashkil etildi (1997 yil 23 yanvar qarori). &#171;Xalq badiiy hunarmandchiliklarini va amaliy san&#8217;atini yanada rivojlantirishni davlat yo&#8217;li bilan qo&#8217;llab-quvvatlash chora-tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi (1997 yil 31 mart) qarori milliy madaniyatni rivojlantirishda xalq badiiy hunarmandchiliklari va Amaliy san\u2019atning ahamiyatini oshirish, qo&#8217;lda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash asriy an&#8217;analarini va o&#8217;ziga xos turlarini qayta tiklash hamda xalq hunarmandlariga davlat tomonidan madad ko&#8217;rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq an&#8217;anaviy Amaliy san\u2019atning yangidan tiklanishi va rivojlanishi har yili Navro&#8217;zda o&#8217;tkaziladigan Amaliy san\u2019at asarlari ko&#8217;rgazmasida namoyon bo&#8217;lmoqda. Amaliy san\u2019atning hamma sohalarida professional rassom, haykaltaroshlar o&#8217;rtasida hamkorlik mavjud. Amaliy san\u2019atning shakllanishi, taraqqiyoti jarayonida badiiy uslublar almashinuvi san&#8217;atning boshqa turlari bilan bog&#8217;liq ravishda davom etadi. Akbar Hakimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AMALIY SAN&#8217;AT, amaliy bezak san&#8217;ati \u2014 bezak san&#8217;ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amaliy-sanat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-7253","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7253","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7253"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7253\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7254,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7253\/revisions\/7254"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7253"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7253"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7253"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}