{"id":73563,"date":"2023-05-02T07:32:50","date_gmt":"2023-05-02T04:32:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=73563"},"modified":"2023-05-02T07:32:51","modified_gmt":"2023-05-02T04:32:51","slug":"hokimiyatlar-bolinishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hokimiyatlar-bolinishi\/","title":{"rendered":"HOKIMIYATLAR BO\u2019LINISHI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>HOKIMIYATLAR BO\u2019LINISHI <\/strong>\u2014 davlat nazariyasining asosiy prinsiplaridan biri bo\u2019lib, unga ko\u2019ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga bo\u2019ysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo\u2017linadi (ular bilan bir qatorda ba\u2018zan ta\u2018sis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham ajratiladi). Ushbu prinsipning vazifasi davlat hokimiyati to\u2019laligicha bir shaxs yoki organ qo\u2019lida jamlanishiga yo\u2019l qo\u2019ymaslikdan iborat. Zero, hokimiyatning to\u2019liq bir shaxs yoki organ qo\u2019lida jamlanishi demokratiyaga inson huquq va erkinliklariga bevosita xavf tug\u2019diradi, avtoritar tuzum o\u2019rnatilishiga olib keladi. Hokimiyatlar bo\u2019linishi prinsipi birinchi marta 1787-yil AQSH Konstitutsiyasida o\u2019z ifodasini topgan. Bu yerda uch hokimiyat nafaqat ajratilgan, balki \u00abo\u2019zaro muvozanat va cheklovlar tizimi\u00bb orqali bir-birini nazorat qiladi. Hokimiyatlar bo\u2019linishi \u2013 siyosiy hokimiyatning markazlashuviga yo\u2019l qo\u2019ymaslikka, uni cheklash va nazorat etishga qaratilgan tamoyil. G\u2019arbiy Yevropa siyosatchilari va olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va amalda qo\u2019llaniladi. U ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlarining bir-biridan mustaqilligi, bir-biriga ta\u2018sir ko\u2019rsatish mexanizmlarining mavjudligi (veto huquqi, impichment, hukumatning amalda kimga tobeligi va h.k..) hamda nazorat mexanizmlari borligi bilan xarakterlanadi. Hokimiyatlar bo\u2019linishi \u2013 Konstitutsiyaviy, huquqiy davlatning bosh belgilaridan biri. Hokimiyatlar bo\u2019linishining Lokk modeli, Monteske modeli, Sun-Yatsen modellari mavjud. Lokk \u00abkelishuvli\u00bb modelni asoslaydi. Uning modelida qonunchilik hokimiyati boshqalardan ustun va, shu bilan birga, hokimiyatlar o\u2019rtasida doimiy o\u2019zaro hamkorlik va o\u2019zaro ta\u2018sir mavjud. Lokk modeli zamonaviy parlament monarxiyalari yoki respublikalarida rivojlantirildi. shaharL.Monteske hokimiyatlar bo\u2019linishi nazariyasining bugungi kunda amal qilayotgan ikkinchi, teng, mustaqil va bir-birini nazorat etuvchi hokimiyatlar modelining muallifidir: hokimiyatlar o\u2019rtasidagi munosabatlar shunday qurilishi kerakki, ular davlat vazifalarini mustaqil hal qilgani holda, har biri o\u2019z huquqiy vositalari bilan bir-birini muvozanatga solishi va biror organ hokimiyatni bir tomonlama egallab olishining oldini ola bilishi lozim. Bugungi kunda bu model AQSH Konstitutsiyasining negizini tashkil etadi. Tarixiy tajriba hokimiyatlar bo\u2019linishi tamoyili izchil va uyg\u2019un holda aynan prezidentlik boshqaruvida namoyon bo\u2019lishi tasdiqlandi. XX asrning boshlarida hitoy siyosiy arbobi Sun Yatsen hokimiyatni uchga emas., mamlakat an\u2018analaridan kelib chiqqan holda, beshga bo\u2017lishni taklif etgan. Qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlari qatoriga nazorat va imtihon hokimiyatlarini kiritgan. Hokimiyatlar bo\u2019linishi nazariyasining asosiy tamoyillarini qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin: hokimiyatning yagona manbai (xalq) mavjudligi; hokimiyatlar bo\u2019linishi Konstitutsiyada belgilab beriladi; har bir hokimiyat tarmog\u2019i o\u2019z faoliyati sohasiga ega va shu tariqa uning faoliyati cheklanadi. Konstitutsiyaga ko\u2019ra qonunchilik, ijro va sud hokimiyati turli odamlarga va turli organlarga topshiriladi; har bir organ boshqa organ faoliyatini tiyib va muvozanatga solib turish mexanizmlariga ega, lekin uning qarorini bekor qila olmaydi; barcha hokimiyatlar mustaqil va biri ikkinchisini hokimiyatdan chetlata olmaydi; hech bir hokimiyat boshqasiga berilgan vakolatlardan foydalana olmaydi; sud siyosiy hokimiyat emas va shu tariqa siyosiy ta\u2018sirlardan holi \u2013 u faqat qonun asosida faoliyat yuritadi. hokimiyatlar bo\u2019linishi nazariyasi bilan birga va unga qarama-qarshi ravishda yagona davlat hokimiyati nazariyasi ham rivojlangan. Uning mohiyati davlat hokimiyatining yagonaligi, markazlashganligi, bo\u2019linmasligi va qudratliligi tushunchalarida bayon etiladi. Qadimgi Sharq davlatlari \u2013 Misr, Fors davlatlari, O\u2019rta asr xristian davlatlari, mualliflardan Makiavelli, Gobbs, nemis huquqshunosi Samuel Puffendorf, Russo, Marks, Lenin, Stalin, fashizm mafkurasida ana shunday davlatchilik g\u2019oyasi mukammal ishlab chiqilgan edi. Hokimiyatlar bo\u2019linishi prinsipi parlamentar davlatlarda kamroq darajada amal qiladi, chunki ularda parlament ijro etuvchi hokimiyat organlaridan ustun turadi. Hokimiyatlar bo\u2019linishi O\u2019zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri sifatida mustahkamlab qo\u2019yilgan bo\u2019lib, unga ko\u2019ra \u2015O\u2019zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo\u2017linishi prinsipiga asoslanadi. Ushbu prinsip mahalliy o\u2019zini o\u2019zi boshqarish organlariga nisbatan qo\u2019llanilmaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>HOKIMIYATLAR BO\u2019LINISHI \u2014 davlat nazariyasining asosiy prinsiplaridan biri bo\u2019lib, unga ko\u2019ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga bo\u2019ysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo\u2017linadi (ular bilan bir qatorda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hokimiyatlar-bolinishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[348],"tags":[],"class_list":["post-73563","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-h-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73563","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=73563"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73563\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":73564,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73563\/revisions\/73564"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=73563"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=73563"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=73563"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}