{"id":73565,"date":"2023-05-02T07:49:42","date_gmt":"2023-05-02T04:49:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=73565"},"modified":"2023-05-02T07:49:43","modified_gmt":"2023-05-02T04:49:43","slug":"ijro-etuvchi-hokimiyat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ijro-etuvchi-hokimiyat\/","title":{"rendered":"IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT <\/strong>\u2014 davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Ya\u2018ni davlat apparatining ijro etuvchi organlari tizimi. Joriy qonunlar va boshqa me\u2018yoriy hujjatlarga asoslanib, boshqaruv vazifalarini bajaradi (davlat boshlig\u2019i, hukumat). Qonun chiqaruvchi hokimiyat hujjatlarini ijro etish maqsadida o\u2019z qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat boshlig\u2019i (prezident)ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish ko\u2019radi. Ijro etuvchi hokimiyat mintaqaviy va mahalliy darajada mahalliy o\u2019zini-o\u2019zi boshqarish organlari (hokim, oqsoqol, gubernator, mer, prefekt) tomonidan amalga oshiriladi. Ijro etuvchi hokimiyatning asosi \u2013 boshqaruv apparati va hukumat. Ushbu tizimning boshi \u2013 hukumat boshlig\u2019i. Zamonaviy ijro etuvchi hokimiyat mohiyati \u2013 yagona umumiy davlat hokimiyatini bo\u2019lish zarurligidan kelib chiqadi. Bu tamoyil XVII-XVIII asrlarda Yevropa, AQSH mutafakkirlari va siyosatchilari tomonidan nazariya va amaliyotda chuqur ishlab chiqilgan. Ijro organlari hokimiyatni malakaviy-professional tarzda amalga oshiradilar va davlatning ma\u2018muriy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy, ishlab chiqarish va mehnat faoliyatini boshqaradilar. Davlat xizmatchilari qatlami bu hokimiyatni ichki tomonidan tavsiflaydi. Ijro hokimiyati qonunlarni amalga oshira olishi uchun unga ma\u2018muriy hokimiyat vakolatlari berilgan. Bunda ijro organlari ikki model asosida o\u2019z faoliyatlarini tashkil etadi. Birinchi modelga ko\u2019ra qonun ijro organlari bajarishi lozim bo\u2019lgan tadbirlar va vakolatlar kengligini aniq ifodalagan bo\u2019ladi va shu tariqa ijro organlarini tashabbus ko\u2019rsatishdan cheklaydi (\u2015bog\u2019liq model). Ikkinchi modelga ko\u2019ra (\u00aberkin\u00bb model) ijro organlariga ma\u2018muriy aktlar qabul qilish huquqi beriladi va shu tariqa ularning tashabbusi va erkinligi ko\u2019lami cheklanmaydi. Ijro organlari doirasida ma\u2018muriy jazolash va nazorat instituti amal qiladi. Unga ko\u2019ra ijro organlari ma\u2018muriy hibsda saqlash, militsiya, armiya xizmatidan foydalanish kabi huquqlarga ega. Ijro organlari hokimiyatning boshqa tarmoqlari ega bo\u2019lmagan resurslar (hudud, fuqarolar, moliyaviy va ahborot, rag\u2019batning turli resurslari, armiya, ichki ishlar, davlat xavfsizligi xizmati) ustidan nazoratga ega. Shuningdek, qonunchilik hokimiyatidan farqli o\u2019laroq, ijro organlari doimiy asosda faoliyat ko\u2019rsatadilar va siyosatdagi o\u2019zgarishlarga deyarli bog\u2019liq emaslar. Ijro hokimiyatining funksiyalari: hamjamiyat va millatning bir butunligini ta\u2018minlash (umumiy til, me\u2018yorlar, umumiy afsonalar, ramzlar yaratish, milliy birlik, fuqarolik hissini tarbiyalash, umumiy ta\u2018lim tizimini yaratish, bir turdagi siyosiy madaniyatni shakllantirish orqali); ichki va tashqi xavfsizlik, tartib, qonun ustivorligini ta\u2018minlash; xususiy mulk va boshqa huquqlarni himoya qilish; iqtisodiy samaradorlik va iqtisodiy o\u2019sishni ta\u2018minlash; ijtimoiy adolatni himoyalash (soliqlar va boshqa dasturlar orqali); zaiflarni himoya qilish (bolalar, qariyalar, atrof muhit). Qonunchilik hokimiyati deputatlarning rasmiy tengligi tamoyiliga tayansa, ijro hokimiyati faoliyatida pog\u2019onaviylik tamoyili ustun turadi. Monteske fikriga ko\u2019ra \u2015hokimiyatning bu tarmog\u2019i ijroning tezkorligiga asosiy e\u2018tiborni qaratgani uchun bir kishi tomonidan yaxshiroq boshqariladi\u2016. Ierarxiyasiga ko\u2019ra ijro hokimiyatida uning siyosiy bo\u2019g\u2019imi ajratiladi: prezident, premer-ministr, oliy mansabdor shaxslar. O\u2019zbekiston Respublikasida hukumat &#8212; O\u2019zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyatining oliy ijrochi va boshqaruvchi organi hisoblanadi. U iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma\u2018naviy sohaning samarali faoliyat ko\u2019rsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni ta\u2018minlaydi. Mahalliy Ijro etuvchi hokimiyat organlari O\u2019zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda Ijro etuvchi hokimiyatni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT \u2014 davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Ya\u2018ni davlat apparatining ijro etuvchi organlari tizimi. Joriy qonunlar va boshqa me\u2018yoriy hujjatlarga asoslanib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ijro-etuvchi-hokimiyat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[349],"tags":[],"class_list":["post-73565","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73565","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=73565"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73565\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":73566,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/73565\/revisions\/73566"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=73565"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=73565"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=73565"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}