{"id":74196,"date":"2023-05-03T16:11:37","date_gmt":"2023-05-03T13:11:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=74196"},"modified":"2023-05-03T16:11:39","modified_gmt":"2023-05-03T13:11:39","slug":"votum","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/votum\/","title":{"rendered":"VOTUM"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>VOTUM <\/strong>(lot. <em>votum <\/em>&#8212; iroda, xohish) \u2014 1) vakillik organi tomonidan hukumatga, uning alohida a\u2018zosiga, boshqa ijro etuvchi organga, ijro etuvchi hokimiyatning mansabdor shaxsiga ishonch yoki ishonchsizlik bildirish. Votumning bir necha turlari mavjud: Ishonch Votumi \u2013 parlament boshqaruv tizimi amalda bo\u2019lgan davlatlar parlament amaliyotida qoida tariqasida hukumat yoki ayrim vazirning siyosiy yo\u2019li, muayyan tadbiri yoki qonun loyihasining quyi palata tomonidan ma\u2018qullanishi. Ishonch Votumi to\u2019g\u2019risidagi masalani qo\u2019yish tashabbusi bilan hukumatning o\u2019zi, parlament fraksiyalari yoki deputatlar guruhlari chiqishi mumkin. Ishonchsizlik Votumi \u2013 parlament boshqaruv tizimi amalda bo\u2019lgan davlatlar parlament amaliyotida qoida tariqasida hukumat yoki ayrim vazirning siyosiy yo\u2019li, muayyan tadbiri yoki qonun loyihasining quyi palata tomonidan noma\u2018qul deb topilishi. Mazkur Votum to\u2019g\u2019risidagi masala hukumatning o\u2019zi, parlament fraksiyalari yoki deputatlar guruhlarining tashabbusi bilan qo\u2019yiladi. Hukumatga ishonchsizlik Votumi bildirilishi amalda hukumatning iste\u2018foga chiqishiga va yangi hukumat tuzilishiga (ya\u2018ni siyosiy tanglikka) yoxud parlament (quyi palata) tarqatib yuborilishiga hamda muddatidan avval parlament saylovlari o\u2019tkazilishiga sabab bo\u2019ladi. Majburiy Votum \u2013 ayrim mamlakatlarda muomalaga layoqatli barcha fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga saylovlarda, albatta, qatnashishini talab etuvchi yuridik majburiyat. Plyural Votum \u2013 ayrim mamlakatlarda saylovchilarning muayyan toifalari saylovlarda ikki yoki undan ortiq ovozga ega bo\u2019lishini taqozo etadigan tartib. Saylov Votumi \u2013 parlament, prezident, munitsipalitetga saylovlar bo\u2019yicha yakuniy natijalar. Ishonch yoki ishonchsizlik bildirish hukumat, hukumat a\u2018zosi, boshqa organ uchun ham, vakillik organining o\u2019zi uchun ham muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ba\u2018zi mamlakatlarda hukumat tomonidan taqdim etilgan uning faoliyati dasturini qo\u2019llab-quvvatlab parlament ovoz berishi ishonch bildirishga tenglashtiriladi. Bu dasturni qo\u2019llab-quvvatlashni rad etish parlamentning ishonchsizlik bildirishi tariqasida hukumatning iste\u2018foga chiqishini nazarda tutadi. Yoki ikkala masala bir vaqtda qo\u2019yiladi. Masalan, Armaniston Konstitutsiyasining 74-moddasiga muvofiq, Hukumat yangi saylangan Milliy Majlis yoki o\u2019zi shakllantirilgandan keyin yigirma kunlik muddatda Milliy Majlis yig\u2019ilishida ishonch bildirish to\u2019g\u2019risidagi masalani qo\u2019yib, o\u2019z faoliyati dasturini ma\u2018qullash uchun Milliy Majlisga taqdim etadi. O\u2019z navbatida, deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi Hukumatga ishonchsizlik bildirish to\u2019g\u2019risida qaror loyihasini kiritishi mumkin. Agar bunday qaror loyihasi kiritilmagan yoki u qabul qilinmagan bo\u2019lsa, Hukumatning dasturi ma\u2018qullangan hisoblanadi. Agarda ishonchsizlik bildirish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qilingan bo\u2019lsa, Bosh vazir Hukumatning iste\u2018fosi to\u2019g\u2019risida Respublika Prezidentiga ariza taqdim etadi. Ayrim chet mamlakatlarda, shuningdek RF tarkibidagi respublikalarda umuman hukumatgagina emas, balki hukumatning alohida a\u2018zosiga ishonch (ishonchsizlik) bildirish imkoniyati nazarda tutilgan. Masalan, Dog\u2019iston Xalq Majlisi Respublika Hukumatiga va (yoki) Hukumat a\u2018zosiga ishonchsizlik bildirishi mumkin. Biroq RF Konstitutsiyasi bo\u2019yicha Davlat Dumasida bunday imkoniyat yo\u2019q. Parlament yoki parlament palatasi tomonidan hukumatga ishonchsizlik bildirish hamisha ham hukumatning iste\u2018foga chiqishiga, parlamentning, palataning tarqatib yuborilishiga olib kelavermaydi. Bir qator konstitutsiyalarda masala parlament foydasiga hal qilinadi: hukumatga ishonchsizlik bildirilgan taqdirda parlamentni tarqatib yuborish masalasi mavjud bo\u2019lmaydi, hukumat iste\u2018foga chiqishi kerak bo\u2019ladi yoxud prezident uni iste\u2018foga chiqarishi lozim. Masalan, Udmurtiya Davlat Kengashi tomonidan Respublika Hukumatiga ishonchsizlik bildirilishi uning to\u2019liq tarkibi iste\u2018foga chiqishiga sabab bo\u2019ladi. Tatariston Davlat Kengashi Vazirlar Mahkamasiga ishonchsizlik bildirishi ham shunday oqibatlarga olib keladi. Ba\u2018zi mamlakatlarda hukumat rahbariga ishonchsizlik bildirish hukumatning yangi boshlig\u2019ini saylash va avvalgisini ishdan ozod qilish to\u2019g\u2019risida mamlakat prezidentiga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. Bu mamlakat muayyan vaqt hukumatsiz bo\u2019lib qoladigan hukumat tangligining oldini olish imkonini beradi. Bunday tartib, masalan, Germaniyada qo\u2019llaniladi va konstruktiv (amaliy) ishonchsizlik bildirish deb ataladi. 2) Saylov yoki vakolatli muassasada saylovchilar ko\u2019pchiligi tomonidan ifodalangan yoki qabul qilingan fikr (qaror). \u2015Votum\u2016 tushunchasi ovoz berish natijasini ham anglatishi mumkin. Bunda ovoz berish natijasida biror organ saylangan yoxud saylanuvchilar yoki organning ko\u2019pchiligi tomonidan qaror qabul qilingan bo\u2019ladi. Masalan, \u2015konstitutsiya referendumda saylovchilar votumini oldi\u2016 degan jumlani umumxalq ovoz berishida (referendumda) ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining ko\u2019pchiligi mazkur konstitutsiyani yoqlab berilgan deb tushunmoq kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>VOTUM (lot. votum &#8212; iroda, xohish) \u2014 1) vakillik organi tomonidan hukumatga, uning alohida a\u2018zosiga, boshqa ijro etuvchi organga, ijro etuvchi hokimiyatning mansabdor shaxsiga ishonch yoki ishonchsizlik bildirish. Votumning bir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/votum\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[367],"tags":[],"class_list":["post-74196","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74196","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=74196"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74196\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":74197,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74196\/revisions\/74197"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=74196"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=74196"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=74196"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}