{"id":7438,"date":"2021-11-03T15:41:04","date_gmt":"2021-11-03T12:41:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7438"},"modified":"2025-10-30T10:40:42","modified_gmt":"2025-10-30T07:40:42","slug":"amin-umariy-1913-1942-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amin-umariy-1913-1942-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Amin Umariy (1913-1942) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Sho\u2018ro davri o\u2018zbek adabiyotining ko\u2018zga ko\u2018ringan vakili Amin Umariy 1913 yili Qo\u2018qonda xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Umar aka eski maktablarda muallimlik qilgan. Onasi Nisobibi didli, zukko ayol hisoblangan. Shu sabab Amin Umariy oilada yaxshi tarbiya ko\u2018rgan, xatli-savodli bo\u2018lib voyaga yetgan. Uning bolaligi o\u2018lkada inqilobiy ko\u2018tarilishlar avjga minayotgan davrga to\u2018g\u2018ri kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>U o\u2018rta maktabni tugatib, 1930 yilda Samarqand Davlat pedakademiyasiga o\u2018qishga kirib, uni 1935 yilda a\u2019lo baholar bilan yakunlaydi. Bu yerda u H. Olimjon, Uyg\u2018un, Oydin kabi iste\u2019dodli adiblar bilan hamnafas bo\u2018ladi. 1937 yilda Samarqanddan Toshkentga ko\u2018chib keladi va shu yili O\u2018zbekiston Yozuvchilari a\u2019zoligiga qabul qilinadi. Shoirning maktab yillarida boshlangan ijodi xuddi shu davrga kelib gullay boshlaydi. Uning \u00abSalom, maktab!\u00bb ilk she\u2019ri 1930 yilda, \u00abYangroq sadolar\u00bb nomli birinchi to\u2018plami esa 1932 yilda nashr etiladi. To\u2018plamdagi ko\u2018pgina she\u2019rlarda o\u2018sha davr uchun dolzarb bo\u2018lgan mavzular yetakchilik qiladi. Jumladan, \u00abQaynayotgan tseximiz\u00bb she\u2019rida sanoat mavzui, \u00abBolshevik homiysi\u00bbda paxtakor dehqon mehnati va \u00abZarbachi erlar\u00bb she\u2019rida ma\u2019rifat mavzui o\u2018z aksini topadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1938 yilga kelib, Amin Umariyning \u00abDavr tantanasi\u00bb nomli ikkinchi she\u2019riy to\u2018plami yuzaga keladi. Mazkur to\u2018plamdagi she\u2019rlar ancha puxta, mavzui jihatidan juda boy edi. Uning \u00abYoshlik\u00bb (1935) nomli to\u2018plami shoir ijodidagi ko\u2018tarilishdan darak beradi. \u00abFarzand\u00bb (1937), \u00abSadoqat\u00bb (1938), \u00abQo\u2018shiqlar\u00bb, \u00abIjod bog\u2018ida\u00bb kabi to\u2018plamlari ketma-ket yaratildi. Shoir bu yillarda Toshkent Davlat pedagogika institutida muallimlik qildi. \u00abGuliston\u00bb jurnalida, O\u2018zbekiston Davlat nashriyotida faollik ko\u2018rsatdi, tarjimon va munaqqid sifatida qalam tebratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amin Umariy \u00abShe\u2019rlar\u00bb, \u00abBolalik qo\u2018shiqlari\u00bb, \u00abOvozim\u00bb, \u00abQuyosh jarchisi\u00bb (1939\u20141941 yillar) kabi to\u2018plamlar yaratdi, bolalar shoiri sifatida \u00abBolalik qo\u2018shiqlari\u00bb (1938) kitobini chop ettirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amin Umariy urush yillarida yana ham jonbozlik ko\u2018rsatdi. Uning \u00abQasamyod\u00bb (1942) nomli she\u2019riy to\u2018plami o\u2018sha davrning jangovar ruhi bilan to\u2018la.<\/p>\n\n\n\n<p>U dramaturg sifatida K. Yashin bilan birga \u00abHamza\u00bb (1941), Tuyg\u2018un bilan birga \u00abQasos\u00bb dramalarini yozdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nosir sifatida \u00abAsad\u00bb (1932), \u00abQozon yo\u2018lida\u00bb (1938), \u00abToshotar\u00bb (1939) kabi hikoya va ocherklar to\u2018plamlarini yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoir va dramaturg, nosir va tarjimon Amin Umariy avji ijodi qaynagan davrda \u2014 1942 yil 14 noyabrda Bekobod metallurgiya zavodi qurilishidan qaytgach, betoblikdan vafot etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sho\u2018ro davri o\u2018zbek adabiyotining ko\u2018zga ko\u2018ringan vakili Amin Umariy 1913 yili Qo\u2018qonda xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Umar aka eski maktablarda muallimlik qilgan. Onasi Nisobibi didli, zukko ayol hisoblangan. Shu &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/amin-umariy-1913-1942-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7439,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7438","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7438","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7438"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7438\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163330,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7438\/revisions\/163330"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7439"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7438"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7438"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7438"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}