{"id":74582,"date":"2023-05-04T16:36:23","date_gmt":"2023-05-04T13:36:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=74582"},"modified":"2023-05-04T16:36:24","modified_gmt":"2023-05-04T13:36:24","slug":"parlament-nazorati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/parlament-nazorati\/","title":{"rendered":"PARLAMENT NAZORATI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>PARLAMENT NAZORATI <\/strong>\u2014 davlat nazorati shakllaridan biri. Asosan umuman siyosiy, ba\u2018zi holda ma\u2018muriy tusda bo\u2019ladi. Parlamentar davlatlarda va prezidentlik respublikalarida hukumat faoliyati ustidan Parlament nazorati alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday nazoratning asosiy metod va shakli ishonch to\u2019g\u2019risidagi masala, tanbeh rezolyutsiyasi, interpellyatsiya, hukumatga og\u2019zaki va yozma savollar (parlament savollari) parlament tekshirishidir. Prezidentlik respublikalarida hukumat faoliyati ustidan Parlament nazoratining ahamiyati kamroq: uning asosiy vositasi parlament tekshiruvi hisoblanadi, u istisno hollardagina impichment taomilini qo\u2019llashga olib kelishi mumkin. Keyingi o\u2019n yillikda inson huquqlariga rioya qilinishi ustidan Parlament nazorati borgan sari ko\u2019proq ahamiyat kasb etmoqda, bu turli mamlakatlarda inson huquqlari bo\u2019yicha parlament vakili instituti (tartiboti)ning keng yoyilishida o\u2019z ifodasini topmoqda. Parlamentning maxsus organlari: hisob palatasi, hisob sudlari va boshqalar orqali amalga oshiriladigan moliyaviy va moliyaviy-iqtisodiy nazorat Parlament nazoratining alohida turi hisoblanadi. Parlament nazoratining bu turi endi siyosiy emas, balki ma\u2018muriy tusga ega bo\u2019ladi. O\u2019zbekiston Respublikasida parlament nazorati O\u2019zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, uning qo\u2018mita va komissiyalari, Qonunchilik Palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhlari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a\u2018zolari, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo\u2018yicha vakili tomonidan amalga oshiriladi. 2016-yil 11-apreldagi \u2015Parlament nazorati to\u2018g\u2018risidagi O\u2017zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Bu nazorat quyidagi shakllarda amalgam oshiriladi: davlat budjetini qabul qilish, uning ijrosining borishini ko\u2018rib chiqish; O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma\u2018ruzasini ko\u2018rib chiqish; O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish; Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat a\u2018zolarining o\u2018z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish; O\u2018zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish; O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish; O\u2018zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo\u2018mitasi raisining hisobotini eshitish; O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish; parlament so\u2019rovi; Qonunchilik palatasi, Senat a\u2018zosining so\u2018rovi; Qonunchilik palatasi, Senat qo\u2018mitalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining axborotini eshitish; qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo\u2018llash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qo\u2018mitalari tomonidan o\u2018rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringini amalga oshirish; parlament tekshiruvi orqali amalga oshiriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>PARLAMENT NAZORATI \u2014 davlat nazorati shakllaridan biri. Asosan umuman siyosiy, ba\u2018zi holda ma\u2018muriy tusda bo\u2019ladi. Parlamentar davlatlarda va prezidentlik respublikalarida hukumat faoliyati ustidan Parlament nazorati alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/parlament-nazorati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[361],"tags":[],"class_list":["post-74582","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74582","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=74582"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74582\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":74583,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74582\/revisions\/74583"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=74582"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=74582"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=74582"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}