{"id":74584,"date":"2023-05-04T16:46:24","date_gmt":"2023-05-04T13:46:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=74584"},"modified":"2023-05-04T16:46:25","modified_gmt":"2023-05-04T13:46:25","slug":"proporsional-saylov-tizimi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/proporsional-saylov-tizimi\/","title":{"rendered":"PROPORSIONAL SAYLOV TIZIMI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>PROPORSIONAL SAYLOV TIZIMI <\/strong>\u2014 saylov tizimi ko\u2017rinishlaridan biri. Proporsional qismlarning butunga nisbatan to\u2019g\u2019ri nisbatga egaligini bildiradi. U partiyaviy ro\u2019yxatlar asosida ovoz berishni ko\u2019zda tutadi. Saylovchilar nomzodlarning partiyaviy a\u2018zoligiga ko\u2019ra tuzilgan bir necha ro\u2019yxat ichidan o\u2019zi istagan ro\u2019yxatni (ayrim hollardagi o\u2019zi ma\u2018qul topgan nomzodlarni) belgilaydi. Ovozlarni sanash jarayonida partiyalar parlamentda egallagan joylar soni ushbu partiyalarga berilgan ovozlar soniga proporsional bo\u2019ladi. U yoki bu partiyaning mandatlari sonini aniqlash uchun \u00absaylov metri\u00bb, ya\u2018ni bir deputat saylanishi uchun kerak bo\u2019lgan eng kam ovozlar soni belgilanadi. Shuningdek, partiyaviy fragmentatsiyaning oldini olish maqsadida deyarli barcha mamlakatlar qonunchiligida parlamentga kirish uchun partiya yengib o\u2019tishi kerak bo\u2019lgan chegara belgilab beriladi (odatda, saylovchilarning 5 % ovozi miqdorida). Proporsional saylov tizimi ovoz berish natijalarini aniqlashning birmuncha murakkab tartibi bo\u2019lib, bunda mandatlar o\u2019z nomzodlarini vakillik organlariga qo\u2019ygan siyosiy partiyalar va boshqa ommaviy harakatlar o\u2019rtasida ular tomonidan olgan ovozlarning soniga mos ravishda taqsimlanadi. Proporsional saylov tizimida katta &#8212; katta saylov okruglari tuzilib, ularda har bir partiya o\u2019z vakillarining ro\u2019yxatini ilgari suradi, saylovchilar esa tegishli partiyalar yoki ommaviy harakatlar tomonidan ko\u2019rsatilgan vakillarning ruyxati uchun ovoz beradi. Ovoz berish natijalarini aniqlash uchun saylov mezoni (yoki kvota), ya\u2018ni bir deputatlik mandatini olish uchun zarur bo\u2019lgan ovozlar miqdori (odatda, kamida 4-5% qilib) o\u2019rnatiladi. Bunda, shartga ko\u2019ra, muayyan jamoat birlashmalarining nomzodlari ana shu belgilangan ovozlarni olgandan keyingina mandatlarni taqsimlashda qatnashadi. Avvalo saylovchilar bergan ovozlar miqdori deputatlik o\u2017rinlarining soniga bo\u2019linadi. Shunda bitta mandat doirasidagi ovozlar soni ma\u2018lum bo\u2019ladi. Keyin har bir partiya olgan ovozlar alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Bu miqdor deputatning bir mandati uchun zarur bo\u2019lgan ovozlar miqdoriga bo\u2019linadi. Shunda mazkur siyosiy partiya yoki ommaviy harakatga berilgan deputatlik o\u2019rinlari soni kelib chiqadi. Bunday tizimda saylovchi amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya ro\u2019yxati uchun ovoz beradi. Saylovchilarning ovozi belgilangan me\u2018yor doirasida va mutanosib ravishda deputatlar mandatlari sonini keltirib chiqaradi. Bu o\u2019rinlar partiya rahbar organlari tomonidan partiyaviy ro\u2019yxatning bosh qismidan joy olgan nomzodlarga beriladi. Proporsional saylov tizimi Isroil, Vengriya, Avstriya, Daniya, Ispaniya, Polsha va boshqa mamlakatlarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>PROPORSIONAL SAYLOV TIZIMI \u2014 saylov tizimi ko\u2017rinishlaridan biri. Proporsional qismlarning butunga nisbatan to\u2019g\u2019ri nisbatga egaligini bildiradi. U partiyaviy ro\u2019yxatlar asosida ovoz berishni ko\u2019zda tutadi. Saylovchilar nomzodlarning partiyaviy a\u2018zoligiga ko\u2019ra tuzilgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/proporsional-saylov-tizimi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[361],"tags":[],"class_list":["post-74584","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74584","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=74584"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74584\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":74585,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74584\/revisions\/74585"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=74584"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=74584"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=74584"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}