{"id":74649,"date":"2023-05-05T10:43:50","date_gmt":"2023-05-05T07:43:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=74649"},"modified":"2023-05-05T10:43:51","modified_gmt":"2023-05-05T07:43:51","slug":"parlament-fraksiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/parlament-fraksiyasi\/","title":{"rendered":"PARLAMENT FRAKSIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>PARLAMENT FRAKSIYASI <\/strong>\u2014 parlament yoki uning palatasida bir partiyaga mansub deputatlar birlashmasi. Odatda Parlament fraksiyasi tarkibiga partiyaning yetakchilari va ko\u2019zga ko\u2019ringan arboblari kiradi. Parlament fraksiyasi partiyaviy intizom bilan bog\u2019langan bo\u2019ladi. Partiya fraksiyasiga maxsus organlar boshchilik qiladi. Alohida muhim ovoz berishlardan oldin Parlament fraksiyalari kengashib oladi. Parlament fraksiyalarini tashkil etish va ular faoliyati masalalarini parlament va uning palatalari reglamentlari, shuningdek, konstitutsiyaviy odatlar boshqarib turadi. O\u2019zbekiston Respublikasida 2002-yil 12-dekabrdagi \u2015O\u2019zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi to\u2019g\u2019risidagi qonunining 23-moddasiga muvofiq, deputatlar fraksiyasi quyidagi tartibda tuziladi: Qonunchilik palatasi deputatlari siyosiy, professional va boshqa asosda fraksiyalar va deputatlar guruhlari shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkin. Fraksiya siyosiy partiyadan ko\u2019rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro\u2019yxatdan o\u2019tkazilgan deputatlar birlashmasidir. Qonunning 24-moddasiga muvofiq, Qonunchilik palatasining kamida to\u2019qqiz nafar deputati fraksiya yoki deputatlar guruhini tuzish huquqiga ega. Fraksiyalar va deputatlar guruhlari ro\u2019yxatdan o\u2019tishi kerak. Qonunchilik palatasining majlisida fraksiya va deputatlar guruhining rahbari yoki boshqa vakili fraksiya yoki deputatlar guruhi tuzilgani haqida palataga axborot beradi. Hozirgi kunda O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida to\u2018rta kraksiya va bitta deputatlik guruhi o\u2018z faoliyatini olib bormoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>PARLAMENT FRAKSIYASI \u2014 parlament yoki uning palatasida bir partiyaga mansub deputatlar birlashmasi. Odatda Parlament fraksiyasi tarkibiga partiyaning yetakchilari va ko\u2019zga ko\u2019ringan arboblari kiradi. Parlament fraksiyasi partiyaviy intizom bilan bog\u2019langan bo\u2019ladi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/parlament-fraksiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[361],"tags":[],"class_list":["post-74649","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74649","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=74649"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74649\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":74650,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74649\/revisions\/74650"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=74649"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=74649"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=74649"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}