{"id":7465,"date":"2021-11-03T15:51:49","date_gmt":"2021-11-03T12:51:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7465"},"modified":"2025-10-30T10:38:49","modified_gmt":"2025-10-30T07:38:49","slug":"asqad-muxtor-1920-1997-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/asqad-muxtor-1920-1997-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Asqad Muxtor (1920-1997) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Atoqli shoir, nosir va dramaturg Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrida Farg\u2018ona shahrida temir yo\u2018l ishchisi oilasida tug\u2018ilgan. U 11 yoshida otadan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad Muxtor O\u2018zbekiston Davlat universitetiga (1938) kirib o\u2018qiydi. So\u2018ng Andijon pedagogika institutida o\u2018zbek adabiyoti kafedrasining mudiri bo\u2018lib ishlaydi. Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi uning faoliyatida yangi sahifa ochdi.&nbsp; U \u00abYosh leninchi\u00bb (1945), so\u2018ngra \u00abQizil O\u2018zbekiston\u00bb gazetalarining muharririyatlarida bo\u2018lim mudiri, mas\u2019ul kotib, \u00abSharq yulduzi\u00bb jurnalida bosh muharrir (1960\u20141965), O\u2018zbekiston Yozuvchilari uyushmasida kotib (1957) bo\u2018lib ishlaydi. \u00abGuliston\u00bb jurnaliga, \u00abO\u2018zbekiston adabiyoti va san\u2019ati\u00bb haftaligiga muharrirlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Asqad Muxtor \u00abTilak\u00bb, \u00abTong edi\u00bb, \u00abTotli damlar\u00bb singari ilk she\u2019rlari (1935\u20141938)da she\u2019riyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniqlab olishga intiladi. U she\u2019riyatga \u00abQalbga qanot\u00bb, \u00abDardga davo\u00bb beruvchi deb qaraydi. Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan \u00abG\u2018alaba ishonchi\u00bb, \u00abJangchining bayram kechasi\u00bb, \u00abTug\u2018ishganlar qaytdi\u00bb, \u00abSog\u2018inish\u00bb singari qator she\u2019riy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undaydi. Vatan go\u2018zalliklarini, tuganmas boyliklarini, xalq hayotidagi katta o\u2018zgarishlarni tasvirlovchi \u00abPo\u2018lat quyuvchi\u00bb (1947), \u00abHamshaharlarim\u00bb (1949), \u00abRahmat, mehribonim\u00bb (1954), \u00abChin yurakdan\u00bb (1956) she\u2019riy kitoblarini yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Asqad Muxtor \u00abMardlik cho\u2018qqisi\u00bb (1948), \u00abYaxshilikka yaxshilik\u00bb (1949), \u00abSamandar\u00bb kabi pesalar ham yozgan. Yozuvchining \u00abDaryolar tutashgan joyda\u00bb (1950), \u00abQoraqalpoq qissasi\u00bb (1958), \u00abBuxoroning jin ko\u2018chalari\u00bb kabi qissalarida, \u00abOpa-singillar\u00bb (1955), \u00abTug\u2018ilish\u00bb (1963), \u00abDavr mening taqdirimda\u00bb (1964), \u00abChinor\u00bb (1973), \u00abAmu\u00bb kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari o\u2018z ifodasini topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abChin yurakdan\u00bb (1956) she\u2019riy kitobi, \u00abHayotga chaqiriq\u00bb (1956), \u00abDunyo bolalari\u00bb (1962) hikoyalar to\u2018plamlari o\u2018zbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoirning \u00ab99 miniatyura\u00bb, \u00abKarvon qo\u2018ng\u2018irog\u2018i\u00bb she\u2019riy kitoblari 60\u201470- yillar o\u2018zbek she\u2019riyatida katta voqea bo\u2018lgan. Ularda inson qalbining toblanishlari chuqur intellektual his-tuyg\u2018u vositasida talqin etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, M. Gorkiy, T. Shevchenko, Blok, Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida o\u2018zbek kitobxonlarining ma\u2019naviy mulkiga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Asqad Muxtor lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida o\u2018zbek madaniyati tarakqiyotiga katta hissa qo\u2018shgan. U O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1980), Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga &nbsp;(1972) sazovor bo\u2018lgan. \u00abDo\u2018stlik\u00bb ordeni bilan mukofotlangan (1995).<\/p>\n\n\n\n<p>1997 yil 17 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Atoqli shoir, nosir va dramaturg Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrida Farg\u2018ona shahrida temir yo\u2018l ishchisi oilasida tug\u2018ilgan. U 11 yoshida otadan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/asqad-muxtor-1920-1997-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7467,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7465","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7465","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7465"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7465\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163315,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7465\/revisions\/163315"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7467"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7465"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7465"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7465"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}